Texnologiyalar va pedagogik mahorat
Download 5.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N
«masla.ha.tchi»;
• mazoratchi» va b. Shundan so‘ng quyidagilar tuzib chiqiladi: • har birining egallaydigan vazifalari va xatti-harakatlari bahosi boiyicha yo'riqnoma; • o'yin jarayonining asosiy davriyligi boiyicha dastur ishlab chiqiladi. 0 ‘yin jarayonida tortishish, musobaqalashish (bahs-munozara yuritish), ruhiyatining bo‘lishini ta’minlash zarur. 0 ‘yin o‘tkazish chog‘ida «buyurtmachi» rolini bajaruvchi rahbar u yoki bu tadbirlaming bajarilish sifatiga va bu tadbirlarda rol ijro etgan (qatnashgan, ishtirok etgan) talabalarga baho beradi. Shu baholar asosida butun guruhning hamda alohida talabalaming rol ijro etishi bahosi chiqariladi. Bunday o‘yinlami tashkil etish bo‘lg‘usi mutaxassis qobiliyatini diagnostika qilishni taqozo qiladi. Shu maqsadda talabalarni rol ijro etishlarini almashtirib turish ham tavsiya etiladi. Chunki har bir talaba u yoki bu rolda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘ra oisin, ya’ni «oddiy»dan «КВ boshiig‘i» darajasidagi rollami ijro etishga imkoniyat berilsin. 2. Ijodiy faoliyatning biror bosqichida muayyan strategiya, taktikava metodlami qo‘llash maiakasini shakllantirishga qaratilgan tadbirkoriik va rol oVinlari. Masalan, «Ilmiy-tadqiqot ishlarida ma'ruza, munozara» tarzidagi o‘yin. Bu o‘yindagi asosiy rollar quyidagicha bo‘lishi mumkin: «Boshlovchilar» - o‘qituvchi, ishlab chiqarish mutaxassisi; «Peshqadamlar» - muhokama qilinadigan muammoning muayyan masalasi bo‘yicha vaziyatni tasawur qila oladigan ma' ruzachilar; «Bezakchilar» - peshqadamlarning m a'ruzalari va chiqishlarini ko‘igazmali tasawur etishlari va tushuntirishlarini ta’miniovchi o‘yin ishtirokchilari. «Assistentlar» peshqadamlar yordamchilari bo‘lib, ular peshqadamlaiga va opponentlarga ko‘rgazmali chiqishlariga yordam beruvchi o‘yin ishtirokchilari. «Rasmiy opponentlar» - peshqadamlarning ma'ruzasi va boshqa materiallar bo‘yicha rasmiy tanqidiy ruhda chiqish qiluvchilar; «Norasmiy opponentlar* - muammo bo‘yicha guruh bo‘lib yoki mustaqil ilmiy-tadqiqot olib boruvchi barcha boshqa talabalar — o‘yin ishtirokchilari; «Chalg‘ituvchilar» - korxona yoki ilmiy muassasada qo‘shimcha salbiy hodisa, faktlami bayon qilish asosida о‘yin ishtirokchilarining faolligiga sabab bo‘ladigan savollar qo‘yishi lozim bo‘lgan o‘yin ishtirokchilari. Korxona yoki ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, aspirant, talabalari bu «vazifa»ni bajarishlari mumkin. «Registratorlar* - munozaralami yozib oluvchi o‘yin ishtirokchilari; 100 «Ekspertlar» - ma' ruza muhokamasidagi chiqishlar va yechimning guruh bo‘lib qabul qilinishi bo‘yicha obyektiv baho beruvchi o‘yin ishtirokchilari. Bu vazifada korxona va ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari, aspirant va talabalar qatnashishlari mumkin. Bunday o‘yinlarda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi: • Download 5.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling