Texnologiyalar va pedagogik mahorat


Tadbirkorlik o‘yinlarining bir necha modifikasiyalari mayjud


Download 5.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/188
Sana13.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1769758
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   188
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N

Tadbirkorlik o‘yinlarining bir necha modifikasiyalari mayjud:
Imitasion o‘yinlar.
Bunday o'yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari 
faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilaming biror faoliyati (ish bitirish 
majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o'tkazish va b;), faoliyat holati 
Va shartlari andoza qilib olinishi ham mumkin.
Ssenariyda bunday o‘yin tuzilmasi to‘la yozib chiqiladi va imitasiya 
qilinadigan obyektlar va jarayonlar belgilanadi.
Operasion (voqeiy) o‘yinlar. 
Bunday o‘yinlarda aniq o‘ziga xos voqea- 
hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operasion o'yinlar ish jarayoniga xos 
modellashtiriladi.
Rol ijro etish o‘yinlari. 
Unda konkret shaxsning xulqi, xatti-harakati, 
o‘z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
Tadbirkorlik teatri. 
Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi 
o‘ynaladi. Bu o'yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo‘ljalni to‘g‘ri 
baholay olishni o‘rgatish, o'zining xulqiga to‘g‘ri baho berish, boshqa 
kishilaming imkoniyatlarini baholay olish va ular bilan muloqot o‘rnata 
olishga o‘rgatishdir.
Psixodrama va sosiodrama. 
Bu ham o ‘ziga xos «teatr», lekin ijtimoiy 
psixologik maqsadni ko‘zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni 
his qila olish, boshqa kishining holatini o'zgartirish va unga baho berish, u 
bilan samarali muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.
97


Tadbirkoriik o ‘yinlari texnologiyasi 
4-02 jadvalda tasvirlangan 
(G.K.Selevko variant!).
Bu texnologiya tayyorgarlik davrini ham o‘z ichiga oladi. U ssenariyni 
yozib chiqish, vaziyat va obyektlami shartli belgilar asosida tasvirlashdan 
boshlanadi. Ssenariy mashg‘ulotning o‘quv maqsadi, o‘rganilayotgan 
muammoning tavsifi, qo'yilgan vazifani asoslash, o‘yinning rejasi, vaziyatning 
mazmuni va qatnashuvchi shaxslaming tavsifini o‘z ichiga oladi.

Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling