kirishib keta olish,
san ’atkorlik, quvnoqlik, yaxshi did va
boshqalar.
Yuqorida sanab o‘tilganlar, pedagog shaxsiga xos bo‘lgan tug‘ma xislatlar
emas, balki ular pedagogning o‘z ustida muntazam va betinim mehnati,
ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi.
5.2.2. Pedagogik qobiliyat
0
‘qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy
qobiliyatlami talab qiladi.
Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik
qobiliyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlaming quyidagi guruhlari
farqlanadi:
•
obyektga (talabaga) nisbatan sezgirlik;
•
kommunikativlik — insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, xushmuomalalik;
•
perseptiv qobiliyatlar — kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuygu;
• shaxs dinarriikasi — irodaga ta ’sir eta olish va mantiqiy ishontira olish
qobiliyati;
•
hissiy barqarorlik
-
oizini boshqara olish;
•
kreativlik — ijodiy ish qobiliyati.
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni
egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir.
0 ‘qitish, o‘iganish va o‘rgatish bo‘yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi:
•
talabani tushunishini ko'rish va sezish hamda bunday tushunishning
darajasini va xarakterini oimatish qobiliyati;
• o‘quv materialini mustaqil tanlab olish hamda of’qitishning samara
beruvchi usul va metodlarini belgilash qobiliyati;
•
materialni yetarli bayon qilish hamda uning barcha talabalarga
142
tushunarliligini ta ’minlash qobiliyati;
•
Do'stlaringiz bilan baham: |