Texnologiyalar va pedagogik mahorat


Kasbiy — pedagogik muloqot


Download 5.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/188
Sana13.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1769758
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   188
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N

Kasbiy — pedagogik muloqot 
— pedagog va tarbiyalanuvchining o‘zaro 
zich ijtimoiy — psixologik aloqasi tizimi bo‘lib, uning mazmuni axborotlar 
ayriboshlash, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish, kommunikativ vositalar yordamida 
o‘zaro munosabatlami tashkil etish hisoblanadi.
Kasbiy tayyorgarlik 
— bo'lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, 
jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.
Kasbiy bilimdonlik 
— pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan 
nazariy va amaliy tayyorlik birligi.
Kibernetika 
— axborotlar almashish, ulami qayta ishlashni boshqarish 
haqidagi fan.
Kognltiv 
— bilish jarayoni.
Kollektiv 
— jamoa. Umumiy maqsad yo‘lida shaxslaming o ‘zaro 
munosabatlari, tashkiliyligi va intilishlari bilan bir-biriga monand turg‘un 
sotsial (ijtimoiy) guruh.
Kommunikatsiya 
— kishilarning o ‘zaro muloqotlarida axborotlar 
almashish tavsifi.
Kommunikativ ko‘nikma 
— muomala qila olish, pedagogik texnika malaka 
va ko‘nikma tushunchasi.
Kommunikativ faoliyat 
pedagogning tarbiyalanuvchilar, boshqa
151


pedagoglar, jamoatchilik vakillari, ota-onalar bilan maqsadga muvofiq tarzda 
o‘matgan munosabatlari.
Konstruktiv faoliyat 
— o‘qituvchi faoliyatinig asosligini va puhtaligini 
o‘zida konstruktiv mazmun (o‘quv materiallarim tanlash va joy-joyiga qo‘yish, 
pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv — operativ 
(o‘zining va talabaning xatti-harakatlarini rejalashtirish), konstruktiv — 
material (pedagogik jarayonning o ‘quv-material bazasini loyihalashtirish) 
ni birlashtiradi.
Konflikt 
— zid qarashlar, fikrlar to‘qnashuvi, jiddiy qarshilik, qizg‘in 
bahs.

Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling