Texnologiyalar va pedagogik mahorat


Download 5.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/188
Sana13.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1769758
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   188
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N

Ijtimoiy idrok etish 
— kishilar tomonidan ijtimoiy obyektlaming idrok 
etilishi, tushunilishi va baholanishi.
Izohlash, tushuntirish 
— og‘zaki izoh, yoritilishi lozim bo‘lgan turli 
materiallami izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
Ilmiy muammo (masala) 
— fan orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar.
150


Ilmiy yangilik 
— muayyan davrga nisbatan ma’lum bo‘lmagan va 
pedagogikaga oid adabiyotlarda qayd qilinmagan nazariy, amaliy xulosalar. 
Ta’lim qonuniyatlari, uning tuzilmasi, mexanizmlari mazmuni, tamoyillari 
va texnologiyalari.
Individuallik 
— shaxsning betakror biososiologik xususiyatlari.
Intellekt 
— shaxsning turli faoliyat shakllarini muvaffaqiyat bilan 
o‘zlashtirishini belgilaydigan tug‘ma va o‘zlashma barcha aqliy qobiliyatlar 
majmui.
Ishontira olish 
— axborot oqimining shaxs tomonidan tanqiddan holi, 
erkin ravishda o‘zlashishiga erishishni ko‘zIagan ruhiy ta’sir etish metodi.
Ishonch hosil qilish 
— shaxsning muayyan qoida va talablarini ongli 
ravishda o‘zlashtirish vositasida tarbiyalash metodi. Tegishli ma’lumotlar va 
argumentlarga asoslanib, shaxsning o‘z hukmi hamda xulosalari to‘g‘rffigiga 
ishonchni yuzaga keltirish jarayoni va natijalari.
Ichiqoralik 
— o ‘zgalar iste’dodini ko‘rolm aslik va ularning 
muvafaqqiyatsizligidan quvonish.
Ichki pozitsiya (mavqe) 
— shaxsning kundalik ehtiyoji bilan uzviy 
bog‘liq va haiyotining muayyan davri faoliyatining asosiy mazmuni va 
yo‘nalganligini belgilovchi ijtimoiy ko‘rsatkichlar tizimi.
Istiqbolni belgilash malakasi 
— ijtimoiy bilish jarayonlarini rejalashtirish 
vaboshqarish.
Kalokagatiya 
— go‘zallik, olijanoblik hamda jismoniy va ma’naviy 
boyliklar uyg‘unligi.

Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling