Taqlid qilish
— biror harakat, qiliq, ahd, fikr va hissiyotni takrorlash,
aynan o‘zlashtirish.
Tafakkur
— U inson aqliy faoliyatining oliy shakli bo‘lib, insonlarni
o‘rab olgan dunyodagi o‘zaro bog‘langan narsa va hodisalami bilish jarayonidir.
Shuningdek, u yana muhim hayotiy jarayonlami his qilish va muammolami
hal qilish, ma’lum bo‘lmagan voqea hodisalami qidirish hamda, kelajakni
ko‘ra olish degani hamdir. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida
namoyon bo‘ladi.
Temperament
— 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli
jihatlarini bildiradigan turg‘un individual xususiyatlarining qonuniy
munosabatlari; 2) shaxsning dinamik xususiyatlari: intensivlik, tezlik, temp,
psixik jarayonlar va holatlar ritmi.
Test
— 1) standart shakldagi topshiriqlar bo‘lib, aqliy taraqqiyot,
qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o ‘tkaziladigan sinovdir; 2)
aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalaniladigan tarqatma material, savolnoma;
3) shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat baholarini
oldindan berilgan ba’zi standart — test me’yorlari bilan qiyosiy o ‘iganishga
mo‘ljallangan psixologik tadqiqotlaming standartlashtirilgan metodi.
Testdan o‘tkazish
— ta’lim oluvchining bilim va malakalarini, psixik
rivojlanishi va ijtimoiy tajribasini aniqlash uchun savollar' tizimining
qo‘yilishidir.
Texnologiya
— ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim
tayyor mahsulotlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ashyoning holati,
xususiyati, shaklini o‘zgartirish metodlari to‘plami.
Tizim
- 1) yaxlit ta’limni, uning birligini belgilovchi bir-biri bilan
qonuniy bog'liq aksariyat unsurlar (predmetlar, hodisalar, qarashlar, bilimlar
va boshqalar); 2) qismlaming ma’lum bir bog‘lanishlarda, harakatlarning
o‘ta izchillikda rejali, to‘g‘ri joylashish tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |