Texnologiyalar va pedagogik mahorat


Download 5.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/188
Sana13.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1769758
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   188
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N

Pedagogik texnika 
— 1) har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik 
ta’sir o ‘tkazishda samarali qo'llash uchun zarur bo‘lgan malaka va 
ko‘nikmalar majmuasi; 2) har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini 
pedagogik jihatdan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar.
Pedagogik texnologiya 
— 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik 
jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani 
yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o‘zaro bog‘langan haiakatlari tizimi;
2) ta’lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to‘plamini qo‘llash bilan 
bog‘liq bo‘lgan pedagogning uzluksiz, o‘zaro shartlangan harakatlari tizimi;
3) pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qatiy 
ilmiy loyihalashtirilgan pedagogik harakat; 4) ta ’lim shakllarini 
optimallashtirishga qaratilgan, texnika hamda inson omillari, uning o‘zaro 
hamkorligi asosida o‘qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo'llash 
hamda belgilashning tizimli metodi.
Pedagogik tizim 
- shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni 
birlashtirgan ta’limning o‘zaro bog‘langan tashkiliy tuzilmasi.
Pedagogik faoliyat 
— ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan 
ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Pedagogik o ‘yin 
— bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pedagogik 
nalijani ko‘zlagan hamda ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi 
faoliyat turi.
Pedagogning kommunikativ madaniyati 
— pedagogning kishilar bilan 
qisqa muddatda muloqot o‘mata olishi hamda ular bilan muloqot o‘matishga 
bo‘lgan doimiy intilishi.
Pedagog nuqtai nazari (pozitsiyasi) 
— pedagogning dunyoga, pedagogik 
voqelikka va pedagogik jarayonga bo‘lgan intellektual va hissiy munosabati.
Pedagogik haqqoniylik 
— o‘qituvchinig obyektivlik mezoni va uning 
ma’naviy tayyoigarlik darajasi.

Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling