Texnologiyalar va pedagogik mahorat


Download 5.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/188
Sana13.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1769758
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   188
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N

Proektiv malaka 
— malakaning maxsus turi bo‘lib, kutilgan pedagogik 
natijalami konkret ta’lim va tarbiya rejalarida aks ettiradi.
Preskreptiv 
— me’yoriy.
Psixologiya 
— 1) shaxsning obyektiv borliqni faol aks ettirish jarayonini 
o‘rganuvchi fan; 2) ma’lum bir faoliyat turining o ‘zaro shartlangan psixik 
jarayonlar to‘plami; 3) psixika, xarakter xususiyati va ko‘ngil xazinasi.
Ratsionalizasiya 
— metodlarni yoki biror ish harakatni takomillashtirish.
Releksatsiya 
— kuchli hayajon va jismoniy zo‘riqishdan so‘ng yengil 
tortish hamda tinchlanishning umumiy holati.
Retrospektiv 
— o‘tmishga murojat etish.
Refleksiv malaka 
— pedagogga nisbatan qo‘llanadigan nazorat - baholash
155


faoliyati.
Refleksiya 
— takrorlash, aks ettirish, o‘z harakatlari va holatlarini tahlil 
qilish.
Rivojlanishning ehtimollik nazariyasi 
— shaxs psixikasi rivojlanishining 
har bir davrini tasodifiy faktlar yig‘indisiga ko‘ra belgilashga asoslangan 
nazariya bo‘lib, u awalgi rivojlanish davridagi erishilgan sathga nisbatangina 
bog‘liq bo‘ladi.
Rol ijro etish 
— qatnashuvchilarning yakka va guruh bo‘lib turli rollarda 
sahnaga chiqishi, obrazga kirishi.
Ruhiy pedagogik tayyorgarlik 
— pedagogikaning metodologik asoslari va 
kategoriyalarini, shaxsning ijtimoiylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlarini 
hamda ta’lim va tarbiyaning mohiyati, maqsadi va texnologiyalarini bilish.
Sardor 
— guruh a’zolariga lozim bo‘lgan vaziyatlarda sezilarli ta’sir o‘tkaza 
oladigan shu guruhning a’zosi.
Suggestiya 
— uqtirish, to‘la ishonch hosil qilish.
Suhbat — 
kuzatuv chog‘ida yetarli darajada aniq bo‘Imagan zarur axborotni 
olish uchun qo‘llanadigan tadqiqot metodi.

Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling