Texnologiyalar va pedagogik mahorat


Download 5.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/188
Sana13.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1769758
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N

Turtki (stim ul) 
— shaxs psixikasi motivlarining shakllanishini 
ta’minlovchi tashqi ta’sir.
Tushuncha 
— atrof-muhitdagi hodisalar, predmetlarning muhim 
xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlami bilish.
157


Faoliyat 
— 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki 
(ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan 
maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi.
Faoliyatning yetakchi turi 
— bola hayotining muayyan davridagi psixik 
rivojlanishini yetarli darajada ta’minlovchi hamda keyingi taraqqiyotiga asos 
bo‘luvchi faoiiyatdir.
Fundamental 
— asosiy, fundamental
Xayrixohlik 
— kishilarga ochiq ko‘ngilli bo‘lish, iltifotli, marhamatli 
bo‘lish.
Shaxs 
— 1) kishilaming ijtimoiy xulqi, insonlar orasida o‘zini tutishini 
aks ettiradigan ruhiy sifatlari majmuini bildiruvchi tushuncha; 2) turli- 
tuman sifatlar tizimidagi kishining ruhiy, ma’naviy mohiyati; 3) ijtimoiy 
mohiyat kasb etgan va o‘z-o‘zini anglash qobiliyatiga ega bo‘lgan kishi.
Shaxs dinflmikasi 
— kishining ontogenetik rivojlanishini o ‘z ichiga olgan 
holda subyektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o‘zgarish jarayoni.
Shaxsiy fazilat 
— shaxs tomonidan o‘zining axloqiy, ruhiy va ishchanlik 
qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o‘rnini anglay olish 
xususiyati.
Etiqod 
— shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning 
haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog‘langan, uning atrof-muhitga 
hamda o‘zining xatti-harakatlariga bo‘lgan subyektiv munosabati.
Evristika 
— ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik qoidalari 
tizimi.
Empirik 
— tajribaga asoslangan.

Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling