Texnologiyalar vazirligi


Geomarkazlashgan datumlar


Download 451.67 Kb.
bet4/6
Sana25.09.2023
Hajmi451.67 Kb.
#1687711
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muxsiddinova Guli.docx 2.docx geoaxborot

Geomarkazlashgan datumlar





Datum nomi



Yili

Mamlakat/ Tashkilot

a, km (katta yarim oʻq)

b, кm (kichik yarim oʻq)



f (siqilish)

GRS 80

1980

MAGG (IUGG)

6378,137

6356,75231414

298,257222101

WGS84

1984

AQSH

6378,137

6356,75231424518

298,257223563

PZ90

1990

MDH

6378,136

6356,751

298,257839303

IERS96

2003

МСВЗ (IERS)

6378,13649

6356,751

298,25642



Demak, yuqoridagi fikr va mulohazalar asosida datumni referens-ellipsoid emas, balki yerdagi obyektlarning joylashuvini hisoblash jamlanmasi yoki modeli sifatida qarashimiz zarur boʻladi. Bunday datum mutaxassislar tilida gorizontal datum deyiladi. Gorizontal datum turiga qarab yerdagi obyektning joylashuv koordinatasi turlicha boʻladi. Hozirda dunyoda bir necha yuzlab mahalliy datumlar mavjud va ular oʻsha joy uchun qulay boʻlgan tizimlarga referenslanadi. Malumki, dunyo boʻyicha xalqaro hisoblangan datum WGS-84 asosan
GPS tizimi uchun ishlab chiqilgan boʻlib, undan olingan koordinatani mahalliy referens-ellipsoidga asoslangan koordinata sistemasiga moslashtirish zarur, aks holda bir necha metrdan hatto yuzlab metrgacha farq qilishi mumkin. Bunday farqni bartaraf etish uchun koordinata sistemalari transformatsiya qilib oʻzgartiriladi.

Vertikal datum


Vertikal datum berilgan nuqtaning balandlik koordinatasini dengiz sathiga nisbatan oʻlchashda qoʻllaniladi. Vertikal datumlar qoʻllanilish turiga qarab dengiz sathiga nisbatan qoʻllaniladigan su
v sathi, geoidga asoslangan gravimetrik va gorizontal datumlarni hisoblashda qoʻllaniladigan ellipsoidlarga asoslangan geodezik datumlarga boʻlinadi.
Umuman, balandliklar asosan dengiz sathlariga nisbatan olinadi, biroq “dengiz sathi” tushunchasi bir qator omillardan tashkil topgan. Bu omillar jumlasiga dengizning toʻlqinlanib turishi, shamol va oqimlar, atmosfera bosimi, suvning quyilishi, topografiyasi va uning yonidagi togʻlarning gravitatsiyasi kiradi.
Shuning uchun ham yuqoridagi omillarning barchasini jamlab, yagona oʻlchamga kelish va hisoblashlarni amalga oshirish uchun datum tushunchasi qoʻllaniladi. Shunday datumlardan biri, yani yerdagi obyektning balandligini hisoblashda dengiz oʻrta sathi Mean Sea Level (MSL) qoʻllaniladi. MSL datumi parametlarini topishda suv sathining oxirgi 19 yildagi suv koʻtarilishi va oʻzgarish balandliklarining oʻrtacha arifmetigi olinadi. Ushbu hisoblashda yana Quyosh va Oyning gravitatsion tasiri va boshqa tasirlarning oʻrtachasi olinadi.
Vertikal datum ham gorizontal datumga oʻxshab malum bir hudud yoki davlat uchun alohida ishlab chiqiladi. Shuning uchun har bir davlatda alohida vertikal datum ishlab chiqilgan boʻlib, oʻsha hudud uchun asos qilib olingan dengiz, okean sathlariga asoslanadi. Masalan, Buyuk Britaniya uchun vertikal datum hisoblangan Nyuvlin Datumi uchun dengiz sathi Kornvalda joylashgan Nyuvlin dengizining 19151921-yillar orasidagi oʻrtacha dengiz sathi asosida hisoblanadi. Lekin bu sath, avval aytganimizdek, boshqa hududlar uchun nol balandlik hisoblanmaydi va ular turlicha boʻladi.
Demak, yuqoridagi fikrlarni jamlagan holda quyidagi muhim ta’riflarga kelishimiz mumkin:

  • geodezik datum yerdagi nuqtalarning koordinatalarini hisoblash uchun zarur boʻladigan oʻzgarmas birliklar toʻplamidir va u boshqa geodezik oʻlchashlarga asos boʻladi;

  • geodeziya va kartografiya sohasida nuqtaning joylashuvini aniqlashda datum referens nuqta hisoblanadi va koordinatani hisoblash uchun yerning yordamchi modeli sifatida qaraladi;

  • gorizontal datumlar yer yuzidagi nuqtalar oʻrnini kenglik va uzoqlik asosida tasvirlash uchun xizmat qiladi;

  • vertikal datumlar joyning balandliklari va suv osti chuqurliklarni oʻlchash uchun xizmat qiladi.

GATda koordinata sistemalari


Biror nuqtaning boshlangʻich deb qabul qilingan boshqa bir nuqtaga nisbatan joylashgan oʻrnini ifodalovchi miqdorlar shu nuqtaning koordinatasi deyiladi. Fan va texnikaning turli sohalarida xilma-xil koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Geodeziyada asosan geografik koordinata, toʻgʻri burchakli koordinata, qutbiy koordinata sistemasidan foydalaniladi.
Geoaxborot tizimida masalalarni hal qilishda koordinata muhim rol oʻynaydi. Bunday masalalarga mos koordinata sistemasini aniqlash, geografik koordinatadan proyeksiyalangan koordinataga proyeksiyalash, proyeksiyalangan
koordinatalarni boshqa sistemalarga qayta proyeksiyalash kabilar kiradi.
Geoaxborot dasturlarida odatda bir koordinata sistemasidan boshqasiga oʻtkazish uchun zarur boʻladigan parametrlar oldindan kiritilgan boʻladi.
Yer sirtida nuqtalar va obyektlar oʻrnini pozitsiyalash uchun toʻgʻri burchakli (tekislikda ikki oʻlchamli va fazoda uch oʻlchamli) koordinata sistemalaridan foydalaniladi.
Ushbu koordinata sistemalarini quyidagi asosiy xususiyatlari boʻyicha tasniflash mumkin:

  • koordinata boshining joylashishi boʻyicha – geosentrik va toposentrik;

  • koordinata chiziqlari boʻyicha tekislikda toʻgʻri burchakli va fazoda egri chiziqli (sferik – sharda, ellipsoidal – ellipsoidda);

  • vazifasi boʻyicha – Yulduz va Yer koordinata sistemalari.

Yuqorida aytilgan koordinata sistemalaridan koʻp qoʻllaniladigani geosentrik (geodezik) toʻgʻri burchakli fazoviy koordinata sistemalari (ular uch oʻlchamli) va ikki oʻlchamli tizimlardan yassi toʻgʻri burchakli Gauss-Kryuger koordinata sistemalari hisoblanadi.
Geosentrik koordinata sistemasida koordinatalar boshi sifatida umumiy yer ellipsoidi markazi (Yer massasining markazi) qabul qilingan va uning Z
oʻqi Yerning aylanish oʻqi bilan birlashtirilgan. Ushbu sistema yer sirtining katta qismlarida yoki yerning har qanday shakliga bogʻliq geodezik masalalarni hal etishda qoʻllaniladi (masalan, kosmik geodeziyada).
Geografik koordinata sistemasida yer yuzidagi nuqtaning oʻrni uning geografik kengligi va uzoqligi bilan aniqlanadi. Yer yuzidagi nuqtaning geografik koordinatalari aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalarga boʻlinadi.

Download 451.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling