Texnologiyalar vazirligi
Geomarkazlashgan datumlar
Download 451.67 Kb.
|
Muxsiddinova Guli.docx 2.docx geoaxborot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vertikal datum
- GATda koordinata sistemalari
Geomarkazlashgan datumlar
Demak, yuqoridagi fikr va mulohazalar asosida datumni referens-ellipsoid emas, balki yerdagi obyektlarning joylashuvini hisoblash jamlanmasi yoki modeli sifatida qarashimiz zarur boʻladi. Bunday datum mutaxassislar tilida gorizontal datum deyiladi. Gorizontal datum turiga qarab yerdagi obyektning joylashuv koordinatasi turlicha boʻladi. Hozirda dunyoda bir necha yuzlab mahalliy datumlar mavjud va ular oʻsha joy uchun qulay boʻlgan tizimlarga referenslanadi. Ma’lumki, dunyo boʻyicha xalqaro hisoblangan datum WGS-84 asosan GPS tizimi uchun ishlab chiqilgan boʻlib, undan olingan koordinatani mahalliy referens-ellipsoidga asoslangan koordinata sistemasiga moslashtirish zarur, aks holda bir necha metrdan hatto yuzlab metrgacha farq qilishi mumkin. Bunday farqni bartaraf etish uchun koordinata sistemalari transformatsiya qilib oʻzgartiriladi. Vertikal datumVertikal datum berilgan nuqtaning balandlik koordinatasini dengiz sathiga nisbatan oʻlchashda qoʻllaniladi. Vertikal datumlar qoʻllanilish turiga qarab dengiz sathiga nisbatan qoʻllaniladigan suv sathi, geoidga asoslangan gravimetrik va gorizontal datumlarni hisoblashda qoʻllaniladigan ellipsoidlarga asoslangan geodezik datumlarga boʻlinadi. Umuman, balandliklar asosan dengiz sathlariga nisbatan olinadi, biroq “dengiz sathi” tushunchasi bir qator omillardan tashkil topgan. Bu omillar jumlasiga dengizning toʻlqinlanib turishi, shamol va oqimlar, atmosfera bosimi, suvning quyilishi, topografiyasi va uning yonidagi togʻlarning gravitatsiyasi kiradi. Vertikal datum ham gorizontal datumga oʻxshab ma’lum bir hudud yoki davlat uchun alohida ishlab chiqiladi. Shuning uchun har bir davlatda alohida vertikal datum ishlab chiqilgan boʻlib, oʻsha hudud uchun asos qilib olingan dengiz, okean sathlariga asoslanadi. Masalan, Buyuk Britaniya uchun vertikal datum hisoblangan Nyuvlin Datumi uchun dengiz sathi Kornvalda joylashgan Nyuvlin dengizining 1915–1921-yillar orasidagi oʻrtacha dengiz sathi asosida hisoblanadi. Lekin bu sath, avval aytganimizdek, boshqa hududlar uchun nol balandlik hisoblanmaydi va ular turlicha boʻladi. Demak, yuqoridagi fikrlarni jamlagan holda quyidagi muhim ta’riflarga kelishimiz mumkin: geodezik datum yerdagi nuqtalarning koordinatalarini hisoblash uchun zarur boʻladigan oʻzgarmas birliklar toʻplamidir va u boshqa geodezik oʻlchashlarga asos boʻladi; geodeziya va kartografiya sohasida nuqtaning joylashuvini aniqlashda datum referens nuqta hisoblanadi va koordinatani hisoblash uchun yerning yordamchi modeli sifatida qaraladi; gorizontal datumlar yer yuzidagi nuqtalar oʻrnini kenglik va uzoqlik asosida tasvirlash uchun xizmat qiladi; vertikal datumlar joyning balandliklari va suv osti chuqurliklarni oʻlchash uchun xizmat qiladi. GATda koordinata sistemalariBiror nuqtaning boshlangʻich deb qabul qilingan boshqa bir nuqtaga nisbatan joylashgan oʻrnini ifodalovchi miqdorlar shu nuqtaning koordinatasi deyiladi. Fan va texnikaning turli sohalarida xilma-xil koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Geodeziyada asosan geografik koordinata, toʻgʻri burchakli koordinata, qutbiy koordinata sistemasidan foydalaniladi. Geoaxborot tizimida masalalarni hal qilishda koordinata muhim rol oʻynaydi. Bunday masalalarga mos koordinata sistemasini aniqlash, geografik koordinatadan proyeksiyalangan koordinataga proyeksiyalash, proyeksiyalangan koordinatalarni boshqa sistemalarga qayta proyeksiyalash kabilar kiradi. Geoaxborot dasturlarida odatda bir koordinata sistemasidan boshqasiga oʻtkazish uchun zarur boʻladigan parametrlar oldindan kiritilgan boʻladi. Yer sirtida nuqtalar va obyektlar oʻrnini pozitsiyalash uchun toʻgʻri burchakli (tekislikda ikki oʻlchamli va fazoda uch oʻlchamli) koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Ushbu koordinata sistemalarini quyidagi asosiy xususiyatlari boʻyicha tasniflash mumkin: koordinata boshining joylashishi boʻyicha – geosentrik va toposentrik; koordinata chiziqlari boʻyicha – tekislikda toʻgʻri burchakli va fazoda egri chiziqli (sferik – sharda, ellipsoidal – ellipsoidda); vazifasi boʻyicha – Yulduz va Yer koordinata sistemalari. Yuqorida aytilgan koordinata sistemalaridan koʻp qoʻllaniladigani geosentrik (geodezik) toʻgʻri burchakli fazoviy koordinata sistemalari (ular uch oʻlchamli) va ikki oʻlchamli tizimlardan yassi toʻgʻri burchakli Gauss-Kryuger koordinata sistemalari hisoblanadi. Geosentrik koordinata sistemasida koordinatalar boshi sifatida umumiy yer ellipsoidi markazi (Yer massasining markazi) qabul qilingan va uning Z oʻqi Yerning aylanish oʻqi bilan birlashtirilgan. Ushbu sistema yer sirtining katta qismlarida yoki yerning har qanday shakliga bogʻliq geodezik masalalarni hal etishda qoʻllaniladi (masalan, kosmik geodeziyada). Geografik koordinata sistemasida yer yuzidagi nuqtaning oʻrni uning geografik kengligi va uzoqligi bilan aniqlanadi. Yer yuzidagi nuqtaning geografik koordinatalari aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalarga boʻlinadi. Download 451.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling