Texnologiyalar vazirligi
Download 451.67 Kb.
|
Muxsiddinova Guli.docx 2.docx geoaxborot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Astronomik koordinatalar
- Gauss proyeksiyasi
- T o ʻ g ʻ r i b u rc h
- m as i .
Geodezik koordinatalar. Geodezik koordinata sistemasida biror nuqtaning oʻrnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi sifatida referens-ellipsoid yuzasi, asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul qilinadi. Yer yuzidagi biror nuqtaning oʻrnini aniqlashda shu nuqtadan oʻtkazilgan meridian va parallelning kesishgan nuqtasidan foydalaniladi. Biror
nuqtadan oʻtkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligini, parallel esa geodezik kenglikni bildiradi. Yer ellipsoidining kichik oʻqi orqali boʻylamasiga oʻtkazilgan kesma − meridian tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil boʻlgan chiziq esa geodezik meridian deyiladi. Yer ellipsoidining biror nuqtasidan uning aylanish oʻqiga perpendikular oʻtkazilgan kesma parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil boʻlgan chiziq parallel deb ataladi. Yer ellipsoidi markazidan oʻtkazilgan parallel kesmaga ekvator tekisligi deyiladi. M nuqtaning geodezik kengligi B ekvatordan qutblari tomon 00 dan 900 gacha hisoblanadi, nuqta ekvatordan shimolda boʻlsa, uning geodezik kengligi shimoliy kenglik (+), janubda boʻlsa janubiy kenglik (-) deb ataladi. Geodezik uzunlik L geodezik meridian bilan bosh meridian orasidagi burchak boʻlib, bosh meridiandan boshlab gʻarbga (+) va sharqqa (-) tomon 00 dan 1800 gacha oʻlchanadi. Astronomik koordinatalar. Yer yuzasidagi nuqtalarning astronomik koordinatalarini aniqlashda asosiy yuza qilib geoid, koordinata chiziqlari qilib esa astronomik meridian va parallellar qabul qilinadi. Berilgan nuqtaning astronomik meridiani deganda yerning aylanish oʻqiga parallel qilib oʻtkazilgan tekislikning mazkur nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻi yoʻnalishida yer yuzasi bilan kesishishidan hosil boʻlgan chiziq tushuniladi. Yer yuzidagi biror nuqtaning astronomik meridiani bilan boshlangʻich deb qabul qilingan Grinvich meridiani tekisliklari orasida hosil boʻlgan burchak shu nuqtaning astronomik uzunligi deyilib, λ bilan belgilanadi. Yer yuzidagi biror nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻi bilan ekvator tekisligi orasida hosil boʻlgan burchak shu nuqtaning astronomik kengligi boʻlib, ϕ bilan belgilanadi. Geodezik va astronomik koordinatalar sistemalari bitta umumiy nom bilan geografik koordinata deb yuritiladi. Bunda nuqta koordinatasi astronomik usulda aniqlangan, deb faraz qilinadi. Geografik koordinataning afzalligi yer yuzidagi barcha nuqtalar oʻrnining yagona tizimda aniqlanishidadir. Geografik koordinatalarning sferik (chapda) va dekart (oʻngda) koʻrinishi (Manba: Internet) Gauss-Kryugerning toʻgʻri burchakli koordinata sistemasiKatta hududlar uchun toʻgʻri burchakli koordinataning zonal sistemasidan foydalaniladi. Bunda yer shari Grinvich meridianidan boshlab 60 li 60 ta meridian zonalarga boʻlinadi. Har bir zona oʻrtasidan oʻtgan meridian shu zonaning oʻq meridiani boʻladi. Zonalar raqami Grinvich meridianidan boshlab gʻarbdan sharqqa tomon hisoblanadi. MDH hududiga bu zonalarning 29 tasi (4 dan 32 gacha) toʻgʻri keladi. Yer sharini tekislikda yaxlit tasvirlab boʻlmaganligidan har bir meridian zona alohida-alohida silindr ichiga joylashtirilib, har bir zonaning oʻq meridiani silindrning ichki yuzasiga tegib turadi, deb faraz qilamiz. Soʻngra har bir zonadagi meridian va parallellar silindrning ichki yuzasiga proyeksiyalanadi, biroq bunda burchaklar oʻzgarmasligi, ya’ni burchaklarning qiymati ularning silindr ichki yuzasiga proyeksiyalanish qiymatiga teng boʻlishi shart. Meridian va parallellar proyeksiyalangan silindrni biror yasovchi boʻyicha qirqib, soʻngra yoysak, har bir zonaning oʻq meridiani va ekvator boʻlagi toʻgʻri chiziq tarzida, boshqa barcha meridian va parallellar esa egri chiziq tarzida tasvirlanadi. Shu hosil boʻlgan proyeksiya Gauss proyeksiyasi deb yuritiladi. X – abssissa oʻqi, Y – ordinata oʻqi, XA va YA – A nuqtaning koordinatalari. Toʻgʻri burchakli koordinata sistemasi. Kichik hududlarning planini olishda va katta aniqlik talab qilinmaydigan hisoblarda toʻgʻri burchakli yassi koordinata hamda qutbiy koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Toʻgʻri burchakli yassi koordinata sistemasida nuqtalarning bir-biriga nisbatan oʻrni oʻzaro perpendikular ikki chiziqning kesishgan nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. Oʻzaro perpendikular ikki chiziqcha koordinata oʻqlari, ularning kesishgan nuqtasiga esa koordinata boshi deyiladi. Bu koordinata sistemasi dekart toʻgʻri burchakli yassi koordinata sistemasi deyiladi. Bu sistemada vertikal chiziq – ordinata (Y), gorizontal chiziq – abssissa (X), geodeziyada esa aksincha, vertikal chiziq – abssissa X, gorizontal chiziq – ordinata Y deb qabul qilingan. O – koordinata boshi, X oʻqi – abssissa shimolga yoʻnalgan, Y oʻqi – ordinata sharqqa yoʻnalgan. Download 451.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling