Texnologiyalar vazirligi


Download 451.67 Kb.
bet6/6
Sana25.09.2023
Hajmi451.67 Kb.
#1687711
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muxsiddinova Guli.docx 2.docx geoaxborot

Qutbiy koordinata sistemasi. Agar toʻgʻri burchakli koordinata sistemasidagi oʻzaro perpendikular X va Y oʻqlar oʻrniga faqat X oʻqi va koordinata boshlanish nuqtasi O olinsa, qutbiy koordinata sistemasi hosil boʻladi.
Biror S nuqtaning qutbiy nuqtaga nisbatan oʻrnini aniqlash uchun bu nuqtani qutbiy nuqta bilan tutashtiruvchi chiziqning uzunligi OS va qutbiy oʻq OX bilan OS chiziq orasidagi burchak oʻlchanadi. Bunda OS chiziq radius vektor, –oriyentirlash burchagi.


Oʻzbekistonda qoʻllaniladigan koordinata sistemalari


Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bir qator tarmoqlari (Oʻzyergeodezkadastr, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, qurilish va transport tashkilotlari hamda boshqalar) amaliy masalalarini yechishda geodezik kenglik, uzunlik va ortometrik balandlikdan iborat boʻlgan koordinata asosi zarur. Ammo hozirgi kunda respublikamizda yer sirtida joylashdan GNSS kosmik tizimi kabi global vaqt-koordinata hisoblash tizimi mavjud emas. Boshqa tomondan esa yer tayanch koordinatalar sistemasi bilan geoidning fizik sirti orasidagi bogʻliqlik yetarlicha aniqlik bilan topilmagan.
Mehnat unumdorligini oshirish va boshlangʻich geodezik malumotlarni
toʻplash bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish maqsadida geodezik asos bilan
ta’minlash usulini ishlab chiqish zarur. Dastavval, loyiha tadqiqot guruhi tomonidan ushbu muammoning birinchi qismi – Kitob-Toshkent tayanch bazisini yaratish masalasi yechilgan edi. Nuqtalarning aniqligini baholash maqsadida yaratilgan dasturiy ta’minot uchun davlat patenti olingan.
Hozirgi kunda Krasovskiy ellipsoidiga asoslangan tayanch geodezik tarmogʻini topogeodezik va geofizik xizmatlar oʻz hisob-kitoblarida ishlatib kelmoqdalar. GNSS tizimi WGS-84 Xalqaro balandlik sistemasiga tayanadi, shuning uchun koordinata va balandlikni suniy yoʻldoshlar yordamida aniqlaydigan qabul qilgichlarning ommaviylashishi natijasida ikki xil koordinatalar sistemasi orasidagi farq muammosi kun tartibiga chiqdi. Boshqa tomondan olganda, Oʻrta Osiyo mintaqasi ham gorizontal, ham vertikal harakatlar uchun faol deformatsiyaga ega hisoblanadi. Vertikal siljishlar esa nafaqat qatlamlararo deformatsiya, balki atmosfera bosimi va yer namligining ta’siri natijasidir.
Ortometrik balandliklarni aniqlash uchun ellipsoid koordinatalardan tashqari gravimetrik maydonning yuqori aniqlikka ega boʻlgan koʻpgarmonikalik matematik modellari ham kerak boʻladi. Bu usulni yanada rivojlantirish uchun loyihada Kitob va Toshkent stansiyalaridan klassik va suniy yoʻldoshlar (GNSS, DORIS) yordamida olingan koordinatalar oʻzgarishi vaqt qatorlaridan foydalanish koʻzda tutilgan. Ionosferada sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar litosferadagi jarayonlarning indikatori ekanligini hisobga olgan holda, loyihada VLF va Super SID asboblari juda past chastotali elektromagnit toʻlqinlar qabul qilgichlari yordamida ionosfera holatini monitoring qilish koʻzda tutilgan. Bu nafaqat punktlarning balandligini topish aniqligini yaxshilash, balki ionosferada sodir boʻlayotgan jarayonlar va mintaqamizning seysmik faolligi oʻrtasidagi korrelatsiyani tadqiq qilish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu loyiha doirasida Astronomiya institutining Maydanak observatoriyasida yana bir GNSS stansiya oʻrnatiladi va u kelajakda xalqaro geodinamik tarmoqqa kiritiladi. Qoʻyilgan masaladan kelib chiqqan holda, loyihaning bir necha asosiy bosqichini sanab oʻtish mumkin
Xulosa

Ushbu loyiha doirasida Astronomiya institutining Maydanak observatoriyasida yana bir GNSS stansiya oʻrnatiladi va u kelajakda xalqaro geodinamik tarmoqqa kiritiladi.


Bu sistemada vertikal chiziq – ordinata (Y), gorizontal chiziq – abssissa (X), geodeziyada esa aksincha, vertikal chiziq – abssissa X, gorizontal chiziq – ordinata Y deb qabul qilingan. O koordinata boshi, X oʻqi abssissa shimolga yoʻnalgan, Y oʻqi – ordinata sharqqa yoʻnalgan. Hozirgi kunda Krasovskiy ellipsoidiga asoslangan tayanch geodezik tarmogʻini topogeodezik va geofizik xizmatlar oʻz hisob-kitoblarida ishlatib kelmoqdalar. GNSS tizimi WGS-84 Xalqaro balandlik sistemasiga tayanadi, shuning uchun koordinata va balandlikni suniy yoʻldoshlar yordamida aniqlaydigan qabul qilgichlarning ommaviylashishi natijasida ikki xil koordinatalar sistemasi orasidagi farq muammosi kun tartibiga chiqdi.


Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi (1998 – yil 30 aprel)

  2. Oʻzbekiston Respublikasining „Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (1993 - yil 28 - dekabr, 1002-XII-son).

  3. Muhammadiyev J .Axborot xavfsizligini huquqiy ta’minlash. http://huquqburch.uz/uz/article/2817/

  4. Bernhardsen T. Geographic Information Systems: An Introduction. John Wiley and Sons. (2002) 435 pages.

  5. Bolstadt P. GIS Fundamentals: A First Text on Geographic Information Systems, 4th edition. (2012) 674 pages.

  6. Chang, Kang-Tsung. Introduction to Geographic Information System (7th edition). McGraw-Hill Education. (2013) 480 pages.

  7. Longley P., Goodchild M., Maguire D., Rhind D. Geographic Information Systems and Science (3rd edition). WileyWilson, J. P. (2011) 539 pages.

  8. Michael N. Demers. Fundamentals of Geographic Information Systems. John Wiley and Sons. (2003) 636 pages.

  9. Samborsky A., Magdiev Kh., Popiv I. Creation of National Geographic Information System for Uzbekistan. Prezentatsiya. Inspire (2010) http://inspire.ec.europa.eu/events/conferences/inspire_2010/presentations/2 49_pdf_presentation.pdf








Download 451.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling