Texnologiyalar vazirligi
Download 451.67 Kb.
|
Muxsiddinova Guli.docx 2.docx geoaxborot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik Axborot Tizimi
Geoaxborot tizimining ta’rifi
Tasavvur qiling, siz 1960-yillarda, hali kompyuter texnologiyalari rivojlanmagan davrda yashayapsiz. Siz ishlayotgan vazirlikka davlat tomonidan mavjud tabiiy resurslar toʻgʻrisida umumiy ma’lumot toʻplash va shu asosda tabiiy resurslarning bugungi va kelajakdagi zaxiralarini aniqlash vazifasi yuklatilgan boʻlsin. Albatta, bunday ulkan miqyosdagi ishni bajarish uchun, avvalambor, ishonchli ma’lumotlar, tajribali mutaxassislar, har xil texnologiyalar va ularni tasvirlash uchun juda koʻp miqdorda qogʻoz mahsulotlari talab etiladi. Bundan tashqari, bu ishni amalga oshirish uchun juda koʻp vaqt kerak boʻladi. Bu ishlarni bir tizimga solish va tahlil qilish uchun esa avtomatlashgan tizim zarur. Bunday tizimning kerakligini his qilgan davlatlardan birinchisi Kanada boʻlib, Kanada atrof-muhitni rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻsha paytda geoaxborot tizimi tushunchasi kiritildi, keyinchalik esa kompyuter texnologiyalari takomillashuvi bilan chambarchas bogʻliq holda geoaxborot tizimini rivojlantirish davom ettirib kelinmoqda. Yuqorida keltirilgan ishni soddalashtirish, mutaxassislar ishtirokini kamaytirish, vaqtdan yutish va albatta kamxarajat sarf qilish uchun bizga zamonaviy kompyuter dasturlari va texnologiyalari yordamida avtomatlashgan tizim – Geografik Axborot Tizimi zarur boʻladi. Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma’lumotlarni yigʻish va qayta ishlash orqali avtomatlashgan raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish, uni kelgusida tahlil qilish va bosmaga chiqarish uchun saqlashdan iborat. Geoaxborot tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarish deb tushunish toʻgʻri emas, chunki ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar tahlil etilib, muhim qarorlar qabul qilishda ham qoʻllaniladi. Bu tizim bizga an’anaviy usulda yaratiladigan jadval ma’lumotlardan farqli ravishda ma’lumotlar soʻrovi, turli qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish imkonini beradi. Geografik axborot tizimi yoki geoaxborot tizimiga olimlar turlicha ta’rif berishgan. Masalan, J.Berri shunday ta’rif beradi: “Geografik axborot tizimi – bu ma’lumotlarni boshqarish, kartografik tasvirlash va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalashgan fazoviy axborot tizimidir”. Bu ta’rif unchalik toʻliq emas, chunki unda inson axborot tizimining muhim bir elementi sifatida koʻrsatilmagan, vaholanki, inson barcha axborot tizimida mutaxassis, kuzatuvchi va tahlilchi sifatida muhim rol oʻynaydi. Demak, insonning bevosita qatnashuvi GATda muhim rol oʻynaydi va quyida K.Chang tomonidan berilgan ta’rifni toʻliq va tushunish uchun osonroq deyishimizga asosimiz bor, ya’ni: “Geografik axborot tizimi – bu geofazoviy ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, izlash, tahlil qilish va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimidir”. Yuqoridagilardan tashqari, Hindiston, Yaponiya, Yevropa hududlari uchun moʻljallangan datum mavjud boʻlib, oʻz navbatida, ular ham turli referens- ellipsoidlarga asoslanadi. Mahalliy va umumjahon datumlari orasidagi farq (Manba: Internet) Yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, mahalliy datum Yerning shakliga ma’lum bir joylarda mos keladi, lekin uning markazi Yerning markazi bilan mos kelmaydi. WGS-84 datumi markazi esa aynan Yerning haqiqiy shaklining markazi bilan mos keladi. Geodezik tizim yoki geodezik ma’lumotlar geodeziya va kartografiyada hamda sun’iy yoʻldoshlar navigatsiya tizimida obyektlarning yerdagi haqiqiy joylashuvini moslash uchun zarur boʻladi. Bunday tizimlarning zarurligi Yer shaklining nomukammal ellipsoid ekanligidan kelib chiqadi. Mutaxassislar orasida Datum tushunchasi ma’lum geodezik tizimni aniqlash uchun qoʻllaniladigan qiymatlar yigʻindisi sifatida qaraladi. Oʻz navbatida, turli hududlar uchun aniq bir moslashgan datumlar qoʻllaniladi. Datumlar orasida koordinatalarning bir-biridan farqlanishi, ya’ni berilgan nuqtaning yer yuzasida turli joylashishi farqi datum siljishi (Datum shift) deb ataladi. Quyidagi rasmda ma’lum bir obyektning turli datumlarda yer yuzasida joylashishi koʻrsatilgan. Turli datumlarning markazlashgan datumga nisbatan siljishi (Manba: Internet) Berilgan ikki datum orasidagi datum siljishi bir joydan boshqa bir joyga nisbatan va bir mamlakat yoki hududga nisbatan oʻzgaradi va bu oʻzgarish Yerning markazi – 0 (nol) dan bir necha yuzlab metrgacha, ba’zida esa kilometrlargacha boʻlishi mumkin. Datumlar Yerning shakliga maksimal yaqinlashish uchun oʻz hududiga qarab turli birliklar va qiymatlarni qoʻllaydi. Quyidagi jadvalda geomarkazlashgan datumlar va ularning qiymatlari berilgan. Download 451.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling