Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
TA’LIM KONTENTINI UZATISH IMKONINI BERUVCHI
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
TA’LIM KONTENTINI UZATISH IMKONINI BERUVCHI
XIZMATLAR HAQIDA 19 5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA Classtime servisi matematika o‘qituvchilari uchun qulay bo‘lib, unda raqamli o‘quv materiallarini yaratish, monitoring qilish, o‘z-o‘zini sinash, fikr-mulohazalar almashish imkoniyatlari mavjud. O‘qituvchi interfaol topshiriqlarni ishlab chiqadi, so‘ngra o‘quvchilarga ishlashga ruxsat beradi. Shuningdek, real vaqt rejimida ularning faoliyatini nazorat qilib turishi mumkin. Yuqoridagi vositalardan foydalangan holda o‘qituvchi o‘quvchilarga: – rasm, matn, video va kodlar yaratish; – mustaqil bajarish uchun vazifa (savol-javob, qisqa javob, kengaytirilgan javob, namoyish etish, bir necha javobni to‘g‘ri tanlash, savol-javob “to‘g‘ri-noto‘g‘ri”); – qo‘shimcha savollar (audiojavob, tasnif, ketma-ketlikni belgilash) kabi topshiriqlarni berishi mumkin. Yodingizda bo‘lsin, qo‘shimcha savollar funksiyasi faqat pullik versiyada ishlaydi! Kahoot – viktorinalar uchun qulay servis. Koronavirus pandemiyasi karantini munosabati bilan dastur mualliflari Преимум (pullik) to‘plami funksiyalaridan bepul foydalanishni taklif qilishdi. Ularni albatta sinab ko‘ring. Ijtimoiy tarmoqlar yoki yopiq guruhlar tashkil etish Sinf uchun maxsus Facebook sahifasini yarating. Profil orqali topshiriqlarni joylashtiring. Facebook livedan videolarni hamkorlikda ko‘rish, kommentlar orqali o‘quvchilar fikrini o‘rganish, messenjer orqali esa qayta aloqani amalga oshirish mumkin. Formative o‘quvchilarning ish jarayonini real rejimda kuzatib borish, ularning ishiga real vaqtda izoh berish va o‘qituvchi tomonidan konstruktiv fikrlarni bildirish imkonini beradi. Shu vaqtning o‘zida baholash jarayonini shakllantirish mumkin. Ta’lim platformalari Ushbu platformalar orqali o‘quv jarayonini modellashtirish qulay: o‘quv materiallarini joylashtirsh, fikr-munozaralar almashish, muloqot olib borish, yig‘ish va ularni qayta ishlash imkoniyatlari mavjud. Download 4.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling