Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Bajarish bo‘yicha yo‘riqnoma. Odatda, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani guruhlarga bo‘linib o‘tilishi sababli, sinfda 15–20 nafar o‘quvchi ishtirok etadi. Har bir o‘quvchi sinfda faol qatnashishi, darsda mas’uliyatni his etishi uchun ularga javob berish imkoniyati yaratiladi. Masalan: “Xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena talablari” mavzusini takrorlashda o‘qituvchi “Qani, bolalar, avvalgi darsda biz qanday qoidalar bilan tanishgan edik?” savoli bilan 1-partada o‘tirgan o‘quvchiga murojaat qiladi. O‘quvchi faqat 1 ta qoidani aytib berishi lozim. 2-qoidani undan keyin o‘tirgan o‘quvchi aytib beradi. Shu ketma-ketlikda har bir o‘quvchi o‘rnidan turib, 1 tadan qoidani aytib berishga o‘rgatiladi. O‘qituvchi avval shart qo‘yadi: aytilgan qoidalar takrorlanmasligi kerak! Agar biror o‘quvchi qoidani takrorlasa yoki aytib bera olmasa, u holda “Ekspress”ning zanjiri uziladi va unga sariq kartochka beriladi. Bu usulda o‘quvchi aytilgan javoblarni diqqat bilan tinglashi va eslab qolishi zarur. Bu usul xotirani mustahkamlaydi va diqqat (eshitish madaniyati)ni rivojlantiradi. O‘qituvchi o‘quvchilardan berilgan savol yoki vazifani birma-bir aytib berishlarini so‘raydi. O‘quvchilar birma-bir javob berishadi. Lekin javob takrorlanmasligi sharti bilan qabul qilinadi. So‘ngra boshqa bir guruhdan javoblarni to‘g‘ri ketma-ketlikda, adashmasdan aytib berish yoki bajarish so‘raladi. To‘g‘ri javobga stikerlar, noto‘g‘ri javobga sariq kartochkalar beriladi. Hozirgi kunda ham bu usul zamonaviy o‘qitish usuliga mosligi va natijaviyligi uchun yanada yangilanib, asosan, kompyuter texnologiyalarini o‘zlashtirish va unda ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishda qo‘llanilib kelmoqda. “Loyiha” usulining mazmunida shunday o‘quv jarayoni ko‘zda tutiladiki, unda ma’lum bir amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda yakka tartibda yoki guruh bilan ishlashda ularga beriladigan mavzuning “Ekspress” usulini qo‘llash metodikasi “Loyiha” usulini qo‘llash metodikasi Bu usulni darsning boshlanishida, uyga berilgan vazifani aniqlash yoki takrorlashda qo‘llash tavsiya etiladi. “Ekspress” tez va ketma-ketlikda javob berish demakdir. Maktablarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda, ayni paytda, ko‘plab pedagogik texnologiyalardan hamda noan’anaviy dars usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bunday usullardan biri 100 yil avval Amerika Qo‘shma Shtatlarida paydo bo‘lgan va ko‘p yillar davomida qo‘llanilib kelayotgan “Loyiha” usulidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling