Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Masalan: Bitta varaqda vazifalar yoziladi (qatordagi juft partalarga nisbatan olinadi). Vazifa har bir qatorning 1-partadagi o‘quvchisiga beriladi. U o‘z vazifalarini bajarib bo‘lgach, keyingi (orqadagi) partaga uzatadi, oxirgi partadagi o‘quvchi vazifani tugatgach, uni zudlik bilan o‘qituvchiga yetkazadi. O‘qituvchi vazifani tekshirib chiqadi. Birinchi bajargan qatorning barcha o‘quvchilariga “5” baho, ikkinchi bo‘lib bajargan qator o‘quvchilariga “4” baho qo‘yadi. Vazifani uchinchi bo‘lib bajargan qator o‘quvchilariga “3” bahoni qo‘yish o‘qituvchi ixtiyoriga qoldiriladi. Vazifani bajara olmagan o‘quvchilarga yana bir bor imkoniyat beriladi. “MyART” – “Mening san’atim” yoki “Mening ijodim” usuli o‘quvchilarning yashirin iqtidorini namoyon qilish va uni rivojlantirishga qaratilgan. Bu usulni MS Word, Paint.Net, Scratch dasturlari bo‘limi yakunida ijodiy ishlar bajarishda qo‘llash mumkin. O‘quvchilar erkin yoki o‘qituvchi belgilagan mavzuda ijod qilishlari va albatta, eng yaxshi ijodlarini maktab ko‘rgazmasida namoyish etib, taqdirlanishlari lozim. “Estafeta” usulini aksariyat hollarda nazariy darslarda, qatorlararo musobaqalarda qo‘llash mumkin. Bu usulda guruh a’zolarida birdamlik, o‘zaro yordam kabi xislatlar shakllanadi. Bu usul o‘quvchilarni tez va aniq harakat qilishiga undaydi. O‘quvchilarga dastur uskunalari yordamida amallar bajarilish ketma-ketligi tushuntiriladi va misollar ko‘rsatiladi. O‘quvchilar qatorlar yoki guruhlarga bo‘linadi. O‘quvchilar bu misollarnig namunalarini bajarib, uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘qituvchi har bir qator yoki guruhga vazifalarni tarqatadi va vaqtni belgilaydi. Vazifani bajarishda hamma o‘quvchi qatnashadi. O‘quvchilarga ijodiy vazifa namunalari yoki ixtiyoriy mavzuda vazifani bajarilish ko‘rsatmasi beriladi. Vazifani bir o‘quvchi bajarib bo‘lishi bilan ikkinchi qo‘lga o‘tadi va oxirgi natija bilan o‘qituvchiga topshiriladi. O‘quvchilar kompyuterda ijod qiladi va stikerlar bilan baholanadi. Ma’lum vaqt ichida bajarilgan vazifalar yig‘ib olinadi va baholanadi. “MyART” usuli “Estafeta” – musobaqa usuli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling