Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
USUL VA TEXNOLOGIYALAR
Mazkur usul ilk bor XVII asrda AQSHdagi Garvard universitetining talabalari davrasida qo‘llanilgan. Teologlar talabalarga kundalik hayotdagi konkret vaziyatlarga oid misollarni keltirib, ularni tahlil orqali hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishgan. Bu usul keyinchalik “case study” (ingl. case – vaziyat) deb nomlangan. Bu usul talabalarni fanga qiziqtirish maqsadida, ya‘ni motivatsiya sifatida qo‘llanilgan bo‘lib, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlarda o‘z- o‘zini nazorat qilish uchun samarali foydalanilgan. Misol tariqasida “Kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari” mavzusini olamiz Mavzuni boshlashdan avval o‘qitivchi o‘quvchilarga savol tashlaydi: “Hurmatli o‘quvchilar! Men xususiy bosmaxonamni ochish arafasida turibman, deylik. U yerda men gazeta, jurnal, taklifnomalar, o‘quvchilar uchun daftar va muqovalar chop etmoqchiman. Qani, aytinglar-chi, buning uchun men korxonaga qanday qurilma va texnik vositalarni sotib olishim kerak?”. Shu bilan u muammoni o‘rtaga tashlaydi va o‘quvchilarni guruhlarga bo‘ladi. Har bir guruh o‘z fikrini bayon qiladi. Qizg‘in muhokamalar orqali yechimini topishga harakat qilinadi. Guruhlarni navbatma-navbat tinglab bo‘lgach, o‘qituvchi eng to‘g‘ri variantni belgilagan guruhni aytadi. Guruh fikriga xulosa chiqarib, uni yangi mavzu bilan bog‘laydi. Guruhlar bergan javoblariga ko‘ra baholanadi. Har bir guruh nomidan bir kishi mulohazalarni bayon qiladi. O‘quvchilarning fikr-mulohazalari plakat, video yoki doskada stikerlar yordamida to‘planadi. O‘qituvchi javoblar orasidan eng to‘g‘ri javoblarni tanlab oladi va ularni izohlab beradi. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish usul va texnologiyalari kundan-kunga o‘zgarib borayotganligi o‘qituvchidan ham bu masalaga nafaqat o‘zgacha yondashuv, balki o‘zgacha taktika qo‘llashni talab qilmoqda. Fan bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish juda ko‘p vaqt va mehnat talab etadi. Dars jarayoniga ajratilgan vaqt kompetensiyaviy (malakaviy) yondashuvni talab qiladi. Shu sababli, o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga o‘rgatish bugungi kunning asosiy shioriga aylandi. Darslarda yangi pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi esa qo‘shimcha ma’lumot va bilimlar bilan boyitishga yordam beradi. O‘quvchilarga hayotiy-muammoli masala bayon qilinadi va sinf guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh o‘z yechimini fikr, g‘oya yoki mulohazalar yordamida bildirishlari so‘raladi. Muammoli dars yoki “Case-study” usulini qo‘llash metodikasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling