Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020


Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/70
Sana05.09.2023
Hajmi4.38 Mb.
#1672913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
1. AN’ANAVIY SHAKLDA DARS BERISH TEXNOLOGIYALARI
An’anaviy usulda darsni tashkil etishning eng muhim jihati – darsning to‘g‘ri tashkil etilishi va dars 
jarayoniga qo‘yiladigan barcha talablar: davomat, uy vazifasini tekshirish, yangi mavzuni o‘tish, uni 
mustahkamlash, mustaqil ishlash, baholash, uy vazifasini berish usullariga rioya qilinishi shart.
Hozirgi kunda o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, dars jarayonini jonlantirish va yaxshi natijalarga 
erishish uchun turli pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish kutilgan natijani bermoqda. 
Ma’lumki, har qanday fanni o‘rgatish va o‘rganish ham nazariy, ham amaliy bilimlarni talab etadi va 
bunda o‘ziga xos turli usullarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Nazariy darslarga tavsiya
etiladigan usullar
Amaliy dasrlarga tavsiya
etiladigan usullar
“Case-usul” – aniq vaziyatlar usuli.
“O‘yla, izla, top” – mustaqil o‘rganish 
usuli.
“Konferensiya” – ilmiy kengash usuli.
“Ekspress” – javob berish usuli.
“Kim chaqqon?” – musobaqa usuli.
“Step by Step” – musobaqa usuli.
“Loyiha” usuli.
“MyART” usuli.
“Estafeta” – musobaqa usuli.
2. ONLAYN SHAKLDA DARS BERISH TEXNOLOGIYALARI
3. BLENDED LEARNING (ARALASH) SHAKLDA
DARS BERISH TEXNOLOGIYALARI
An’anaviy usulda o‘qituvchi asosiy va yagona bilim beruvshi shaxs hisoblansa, onlayn usulda esa 
bilim olishni tashkil etuvchi hamda kuzatuvchi shaxs sifatida keladi. 
Bunda darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga o‘rgatishdan iborat bo‘ladi. 
Onlayn usulda darsni tashkil etishda bir-birini tushunmaslik yoki har xil o‘zaro kelishmovchiliklar 
bo‘lmasligi uchun, o‘qituvchi o‘quvchiga berayotgan barcha vazifani maxsus platformalar orqali 
tashkil etishi va dastlab o‘zi sinab ko‘rgan bo‘lishi lozim. 
Ikkala usulda ham o‘quvchilarda fanga, kasbga qiziqish uyg‘otish maqsadida motivatsiya 
sifatida videodarslar internet saytlarida jamlangan taqdimotlar, videofilmlar orqali o‘tkaziladi 
va albatta har bir bobdan so‘ng loyiha ishlari bajariladi. Loyiha ishlari va kundalik vazifalarni 
kuzatish ularni baholashda yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar yoki quyidagi manbalardan 
foydalaniladi:
Telegram;
Kundalik;
Google Docs. 
Darsni Blended Learning (aralash) usulda o‘tkazish samarali hisoblanib, o‘quvchilarda 
mustaqil bilim olish ko‘nikmasini shakllantirish va dunyoqarashlarini boyitishga xizmat qiladi.
An’anaviy darslarda onlayn platformalardan foydalanish qachon tashkil qilinadi?


8
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 

Download 4.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling