Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
“GOOGLE DOCS”DA O‘QUV MATERIALLARINI TAYYORLASH
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
“GOOGLE DOCS”DA O‘QUV MATERIALLARINI TAYYORLASH
“Google Docs” yordamida o‘quv materiallarini yarating. O‘quvchilarga materiallardan foydalanish uchun ruxsat (доcтуп) bering. O‘quvchilar o‘quv materiallarni ko‘chirib olish, uning ustida o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlash, bajarilgan topshiriqqa sharh yozish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Bunda o‘quvchi faoliyatini yo‘naltirish ancha qulay. Hujjat (dokument)lar – Google tomonidan taqdim etilgan, imkoniyatlari bo‘yicha MS Worddan deyarli qolishmaydigan, hatto baʼzi jihatlariga ko‘ra undan ham ustun keladigan bepul veb-xizmat. 20 5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA Sekinroq ishlaydi. Ayniqsa, internetning tezligi kamayganda, katta hajmli matnlar bilan sekinroq ishlaydi. Bunday holatda Wordda tezroq ishlash mumkin bo‘lgani holda, Google Docsda to‘xtalishlar kuzatilishi mumkin. Akkauntga bog‘liq bo‘ladi. Barcha hujjatlar sizning hisob qaydnomangizga ulangan bulutda saqlanadi. Agar kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lsangiz – barchasidan mahrum bo‘lasiz! Ishlab chiqaruvchiga bog‘liq bo‘ladi. Agar aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi bo‘yicha bosh nazorat xizmati Googleni bloklashga qaror qilsa, u holda sizning ishingiz nima bo‘ladi? Lekin muammoni hujjatning nusxasini docx formatida saqlash orqali hal qilish mumkin. Internetga bog‘liq bo‘ladi. Tarmoqqa kirishning imkoni bo‘lmasa, u holda siz hech narsani ocha olmaysiz. Bunda faqat keshda saqlanadigan fayllardangina foydalanishingiz mumkin. Umuman olganda, xizmatning bu turi yomon emas. Undan foydalanib ko‘rganlar avvaliga qo‘l siltashdi, keyin esa kutilmaganda Worddan voz kechishdi. Xizmatlar bepul. Albatta, Wordni ham “boshqacha usul bilan” bepul olish mumkin. Ammo tijorat tashkilotlarida bunday qilish mumkin emas, chunki bunday holatda jiddiy jarimaga tortilish mumkin. Hamma narsa bulutda saqlanadi. Agar kompyuter buzilib yoki “qotib” qolsa, maʼlumot butunligicha saqlanib qoladi. MS Word ham bulutli omborlar bilan ishlashi mumkin, ammo Google undan bevosita, avtomatik tarzda foydalanadi. Fayllarni o‘zaro almashishning oddiyligi. Bunda faqat havola yuboriladi, kerakli odam esa hujjatni to‘liq qabul qilib oladi. Bu siz, hamkasblaringiz va mijozlaringiz vaqtini tejaydi. Jamoaviy ishlash imkonini beruvchi uskunalar. Bitta fayl ustida bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchi ishlashi mumkin. Worddan foydalanganda esa buni amalga oshirish biroz qiyin, lekin unda ham amalga oshirish mumkin. Qulay o‘zgarishlar tarixi. Deylik, siz qandaydir muhim narsani o‘chirib yubordingiz, so‘ngra yana 2 bet matn ham yozdingiz. Bunda orqaga qaytish uchun Ctrl + Z tugmachalarini 1000 marta bosish shart emas. Ovoz yordamida matn kiritish. Ko‘zingiz charchadimi? Divanda yonboshlab yotib ishlashni xohlaysizmi? U holda matnni Googlening sunʼiy intellektiga aytib tursangiz bas. U rus tilini juda yaxshi tushunadi, muhimi, hamisha uni o‘rganishda davom etadi. Kross-platformalilik. Google Docs odatiy veb-brauzerga ega har qanday operatsion tizim o‘rnatilgan qurilmada ishlay oladi. AFZALLIKLARI KAMCHILIKLARI |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling