Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
-dars. KOMPYUTER VA UNING TUZILISHI
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
6-dars. KOMPYUTER VA UNING TUZILISHI
Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi Dars 6 45 5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 6-mavzu.pptx 6-mavzu.avi 6-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Yangi mavzu Sinf doskasida sana, mavzu yozilib, kompyuter yaratuvchilari va kompaniyalar logotiplari rasmlari joylashtiriladi. Daftarga yozib oling! O‘qituvchi: Suratlari doskadan joy olgan insonlar haqida nimalarni bilasiz? Mana bu emblemalar, logotiplar nimani anglatadi? O‘quvchilar javobini solishtirish uchun slaydlar qo‘yiladi. Slaydlardan so‘ng daftarga asosiy tushunchalar yozib olinadi. Kompyuter – axborotlarni katta tezlikda qayta ishlovchi universal avtomatik qurilma. Kompyuter atamasi inglizcha computer – hisoblagich so‘zidan olingan bo‘lib, hisob-kitobni amalga oshiruvchi qurilma ma’nosini bildiradi. Kompyuterning turlari: shaxsiy (personal), stol usti kompyuteri (desktop); monoblok, noutbuk (notebook), bloknot tipidagi shaxsiy kompyuterlar (laptop), planshetli shaxsiy kompyuterlar (tablet); nettop (netbook), cho‘ntak kompyuterlari, organayzerlar (palmtop). Shaxsiy kompyuterlar 4 ta asosiy qurilmadan tashkil topgan: sistema bloki, monitor, klaviatura va sichqoncha. O‘quvchilar kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalar haqida ma’lumot tayyorlab kelgan bo‘lib, shu mavzuda “konferensiya” o‘tkaziladi. Sinf 3 guruhga bo‘linadi va har bir guruh o‘z kompaniyasi haqida taqdimot o‘tkazadi. Mustaqil ish O‘zingizni sinab ko‘ring O‘qituvchi o‘tilgan mavzular bo‘yicha tezkor test savollarini og‘zaki o‘qiydi, o‘quvchilar javoblarni yozib bo‘lgach, o‘qituvchining javobi bilan solishtiradi. 1. Kompyuterning vatani.... Javob: ____________ 2. Birinchi kompyuterlar qachon paydo bo‘lgan? Javob:___________ 46 3. Kompyuter so‘zining ma’nosi.... Javob: __________________ 4. Desktop qanday kompyuter? Javob: ___________________ 5. Shaxsiy kompyuterning nechta asosiy qurilmasi bor? Javob: ___________ 6. Tizimli blok qoplamasiga nima deyiladi? Javob: _____________ Javoblar: (Amerika, XX asrning 70-yillari, hisoblagich, stol usti kompyuteri, 4 ta, keys). 27-bet: 1–3-mashqlarni bajarib kelish. Uy vazifasi Kasbiy maqsad (motivatsiya) . Kompyuterlar inson kundalik hayoti va ish jarayonidagi beqiyos o‘rni haqida tushuncha berish. Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi) . Rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha kompyuterlar haqida yangi ma’lumotlar bilan boyitish. № O‘tiladigan modullar Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar 1 Qo‘shimcha qurilmalarning asosiy vazifalari, xususiyatlari va turlari Kompyuterlarning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini ajratib bera olish. Printer, skaner, modem, plotter, kolonka va boshqa qurilmalar vazifasini aniq bilish va aytib bera olish. 2 Axborotlarni kiritish qurilmalari Qo‘shimcha qurilmalar orasidan qaysi birlari axborotlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qilishini bilish. 3 Axborotlarni chiqarish qurilmalari Qo‘shimcha qurilmalar orasidan qaysi birlari axborotlarni chiqarish uchun xizmat qilishini bilish. 4 Kelajak texnologiyalari Yangi smart texnologiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish. Ta’limiy maqsad Download 4.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling