Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
2-mashq. A) Mening; B) Yurtim; C) O‘zbekiston. 3-mashq. Tenglik hosil bo‘lishi uchun nuqtalar o‘rniga nimalar qo‘yilishi kerak? А) 5 bayt = 40 bit; С) 4 Мbayt = 4096 Kbayt; В) 2 bayt = 16 bit; D) 2048 Кbayt = 2 Мbayt. 4-mashq. Quyidagi jumlaning bit va baytlardagi hajmini aniqlang: Informatika va axborot texnologiyalari fani rivojiga hissa qo‘shgan olimlar А) 75 bayt, 600 bit; B) 54 bayt, 432 bit; С) 11 bayt, 88 bit; D) 35 bayt, 280 bit. 5-mashq. 4096 bayt, 4 Mbayt. 1-mashq. Planshetni bo‘yash usullari. Agar KO‘K, QORA va SARIQ ranglarni tanlasak, u holda ekran, korpus va ruchka ranglarining turli kombinatsiyalarini yaratish mumkin. Bu misollar orqali o‘quvchilarni yaratuvchanlik va dizayn sohasiga qiziqtirish imkoniyati yaratiladi. Kombinatorika ilmining o‘rganilishini hozirgi kunda turli yo‘nalishlarda: ishlab chiqarilayotgan mahsulot, texnik vosita va texnologiyalarda uchratish mumkin. Daftarga yozib oling! Anvar tug‘ilgan kuni munosabati bilan fotoalbom yaratishni rejalashtirdi. Agar fotoapparatda olingan har bir sifatli rasm 100 Kbayt hajmga ega bo‘lsa, u holda 700 Mbayt hajmdagi diskda bunday rasmlardan qanchasini saqlash mumkin? Javob: 7168 ta rasmni. 1. 23-betdagi 4–5 mashqlarni bajarib kelish. 2. Kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalar haqida ma’lumot tayyorlab kelish. Uy vazifasi Mustaqil ish O‘zingizni sinab ko‘ring 1. Axborot o‘lchov birliklarini o‘sib borish tartibida joylashtiring: А) Мbayt, bit, Gbayt, Кbayt, Тbayt (Javob: bit, Kbayt, Mbayt, Gbayt, Tbayt). В) 16 bit, 4 bayt, 2 Кbayt, 8 bit (Javob: 8 bit, 16 bit, 4 bayt, 2 Kbayt). 44 Kasbiy maqsad (motivatsiya) . Kompyuterning inson kundalik hayoti va ish jarayonidagi beqiyos o‘rni haqida tushuncha berish. Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi) . Rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha kompyuterlar haqida yangi ma’lumotlar bilan boyitish. № O‘tiladigan modullar Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar 1 Kompyuter tushunchasi. Zamonaviy kompyuter turlari va arxitekturasi Kompyuter qurilmasiga ta’rif bera olish, kompyuter turlari va ularning arxitekturasini tushunish. Kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalar haqida ma’lumotlarni bilish. 2 Kompyuterning asosiy qurilmalari va sistema blokining tarkibiy qismlari Kompyuterning asosiy qurilmalari, sistema bloki, monitor, klaviatura, sichqoncha haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, ularning ishlash prinsiplarini aytib bera olish. 3 Monitor, klaviatura, sichqonchaning turlari Monitorning vazifasi, turlari, klaviaturaning vazifasi, turlari, sichqonchaning vazifasi, turlari haqida ma’lumotlarni aytib bera olish. 4 Sistema blokining tashkil etuvchilari Sistema blokining tashkil etuvchilari va ularning bajaradigan vazifalarini bilish. I. Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish Darsning turi nazariy O‘qitishning usul va texnologiyalari suhbat, savol-javob, “Konferensiya” usuli O‘qitishning shakllari yakka tartibda; qatorlar bilan; sinf bilan ishlash AKT va interfaol vositalar o kompyuter o elektron doska o smart doska o proyektor o televizor o kolonkalar Ko‘rgazmali qurollar va o‘qitish vositalari o darslik o taqdimot o video o rasmlar o plakatlar o tarqatma kartochka-vazifalar o amaliy vazifalar o laboratoriya vazifalari o test varaqalari o so‘rovnoma II. Motivatsiya Eng serdaromad va talab kuchli bo‘lgan kasblar haqida. III. Yangi tushunchalar Kompyuter, asosiy qurilmalar, vositalar, keys, mikroprotsessor, asosiy plata, xotira, kompyuter arxitekturasi. Ta’limiy maqsad Download 4.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling