Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
-dars. AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
3-dars. AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Ta’limiy maqsad Dars 3 37 5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA Kasbiy maqsad (motivatsiya). Informatika va axborot texnologiyalari sohasiga yo‘naltirilgan kasblarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining o‘rni va vazifalari haqida ma’lumot berish. Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi). Rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari yo‘nalishini yangi ma’lumotlar bilan boyitish. I. Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish Darsning turi ilmiy-nazariy O‘qitishning usul va texnologiyalari “O‘yla, izla, top!”, “Case-study” usullari O‘qitishning shakllari sinf bilan, yakka tartibda, qatorlar bilan ishlash AKT va interfaol vositalar o kompyuter o elektron doska o smart doska o proyektor o televizor o kolonkalar Ko‘rgazmali qurollar va o‘qitish vositalari o darslik o taqdimot o video o rasmlar o plakatlar o tarqatma kartochka-vazifalar o amaliy vazifalar o laboratoriya vazifalari o test varaqalari o so‘rovnoma II. Motivatsiya Kim tez va katta hajmdagi axborotlarni saqlay oladi, kompyutermi yoki inson? III. Yangi tushunchalar Axborot, inson retseptorlari, axborot turlari, axborot manbalari, axborot sifatlari, axborotli jarayonlar, axborot texnologiyalari. Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 3-mavzu.pptx 3-mavzu.avi 3-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Yangi mavzu O‘qituvchi: Bolalar! Doskada yozilgan har bir atama haqida nimalarni bilasiz? Bu so‘zlarning informatika va axborot texnologiyalari faniga qanday aloqasi bor? O‘quvchilar atamalarga tavsif beradi. So‘ngra o‘quvchilarga shu mavzu bo‘yicha video va slaydlar ko‘rsatiladi. Namoyish tugaganidan keyin o‘qituvchi o‘quvchilarga “Kimlar atamalarni to‘g‘ri tavsiflab bergan edi?” deya savol beradi va o‘quvchilar javobi tinglanadi. To‘g‘ri javob bergan va faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. 4 Axborotni qayta ishlash va axborot ustidagi amallar Axborotlar ustida nafaqat inson, balki kompyuterlar ham turli amallar bajara olishini tushunish. 5 Axborotni saqlovchi vositalar Axborotlarni kompyuterning tashqi xotiralarida saqlash imkoni, axborot hajmi haqida ma’lumotga ega bo‘lish. 38 Daftarga yozib oling! Demak, axborot bu – inson sezgi organlari orqali atrof-muhitdan qabul qilingan turli ma’lumotlar ekan. Kim yoki nima haqidagi ma’lumotlar ham axborot hisoblanadi. Axborotning turlari: matn, rasm, ovoz, musiqa, nur, ranglar, to‘lqinlar, DNK va signallar. Axborot manbalari: xabarlar shaklidagi axborot, bilim shaklidagi axborot, radio va video shaklidagi axborot, gazeta va jurnallar shaklidagi axborot, internet-saytlari shaklidagi axborot, mobil ilovalar shaklidagi axborotlar. Axborot sifatlari: aniq, tushunarli, ishonchli, dolzarb, foydali. Axborotli jarayonlar: izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish, nusxa olish, bloklash, maxfiylashtirish, chop etish. Mustaqil ish O‘quvchilar darslikdan yuqorida yozilgan asosiy tushuncha va atamalarni topib, daftarga ko‘chirib oladilar. (“O‘yla, izla, top!”) O‘zingizni sinab ko‘ring “Case usuli”ni qo‘llash orqali inson va texnika orasida axborotli jarayonlarning o‘xshashlik darajasi aniqlanadi va jadval to‘ldiriladi. O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi va jadvalni to‘ldiradilar. So‘ngra oldilariga qo‘yilgan masalaning yechimini tavsiflab beradi (2–3-ustunda yozilgan javoblar o‘qituvchi uchun), o‘quvchilarga 2 ta ustundagi javoblar yozilmagan jadval chop etiladi va tarqatma material sifatida beriladi. Axborotli jarayonlar Tabiat, inson Texnika, kompyuterlar Qabul qilish, olish Retseptorlar, qo‘l harakatlari, belgilar Kiritish qurilmalari: klaviatura, skaner, kamera, mikrofon… Qayta ishlash Miya, fikrlash, hisoblash Protsessor Saqlash Xotira, kitob, jurnal Elektron xotira vositalari Uzatish Qo‘l harakatlari, mimika, signallar, til Chiqarish qurilmalari: monitor, printer, kolonka 16-betdagi savol va topshiriqlarni og‘zaki, uy vazifasini yozma ravishda bajarib kelish. Uy vazifasi Dars 3 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling