Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
DARS ISHLANMALARI VA METODIK KO‘RSATMALAR
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
DARS ISHLANMALARI VA METODIK KO‘RSATMALAR
1-dars. XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI VA SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARI Kasbiy maqsad (motivatsiya). Kelajakda kompyuterlar bilan bog‘liq kasb egasi bo‘lgach, ish joyini to‘g‘ri tashkil etish, o‘zining va boshqalarning salomatligiga e’tiborli bo‘lish. Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi). O‘quvchilarda jamoa yoki guruh bilan ishlashda o‘zaro hurmat va javobgarlik xislatlarini tarbiyalash. № O‘tiladigan modullar Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar 1 Kompyuter xonasida xavfsizlik qoidalari Informatika xonasida o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablarni bilish va unga qat’iy rioya qilish, qoidalarni aytib berish. 2 Sanitariya va gigiyena talablari Kompyuter xonasida sanitariya-gigiyena qoidalarini buzmaslik va unga rioya qilish, talablarini aytib berish. 3 Kompyuterda ishlash madaniyati Ish jarayoniga xalaqit beradigan omillardan, zararli ma’lumotlardan saqlanish. 4 Ko‘z va badan gimnastikasi Ko‘z va badan mashqlarini yoddan bilish va ularni tez-tez bajarib turish. Ta’limiy maqsad Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi 33 5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA Kim tez va ko‘p qoida aytish. O‘quvchilar darslikdan sanitariya-gigiyena qoidalarini o‘qib, tanishib chiqadilar. O‘qituvchining “Qani, bolalar, kompyuter xonasida qanday sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishimiz kerak ekan?” degan savoliga o‘quvchilar birma-bir qoidalarni aytib beradilar. (3-vazifa) Faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi va qolgan vaqt davomida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan quyidagi ko‘z va badan mashqlarini bajaradilar. Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 1-mavzu.pptx 1-mavzu.avi 1-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Yangi mavzu Sinf doskasida sana, mavzu va “Elektr toki nima?” Uning qanday foydasi va zarari bor?”, “Elektr toki bilan ishlaydigan qanday asboblarni bilasiz?” savollari yoziladi. (1-vazifa) O‘quvchilarning javoblari qabul qilingach, ekranga slayd yoki video qo‘yiladi. Slayd yordamida mavzu bayon etiladi. O‘quvchilar kompyuter xonasida har bir o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtiriladi. Daftarga yozib oling! Namoyish tugagach, har bir o‘quvchi eslab qolgan oltin qoidalarni daftarga yozishga harakat qiladi. Mustaqil ish ) Darslikning 8-betidagi savollarga javob topish va mashqlarni bajarish. (2-vazifa) O‘zingizni sinab ko‘ring 1. To‘g‘ri o‘tirgan holatda ko‘z soqqasini yuqoriga, so‘ngra pastga harakatlantiramiz. 2. Avval soat millari harakati bo‘yicha havoda aylana chizamiz, so‘ngra soat millari harakatiga teskari tomon aylana chizamiz. 3. Ko‘zimiz bilan diagonal chiziqni chizamiz. 4. Havoda ko‘z qarashi bilan kvadrat rasmini chizamiz. 5. Yarim aylanalarning rasmlarini chizamiz. Ko‘z mashqlarini bajarish texnologiyasi 34 18-betdagi, 1–2-mashqlarni bajarish. Uy vazifasi 6. Romb shaklini ko‘z soqqamiz bilan chizib chiqamiz. 7. Havoda S harfining dastlab vertikal, so‘ngra gorizontal holatini chizamiz. Bunday mashqlarning har birini 5–6 marta takrorlash va ular oralig‘ida 10–15 marta kipriklarni tez-tez qoqib turish zarur bo‘ladi. Shuningdek, mashqlarni bajarib bo‘lgandan keyin, ko‘zni yumgan holatda biroz o‘tirish tavsiya qilinadi. Download 4.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling