Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020


-dars. “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI


Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/70
Sana05.09.2023
Hajmi4.38 Mb.
#1672913
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
2-dars. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
FANI HAQIDA

O‘tiladigan modullar
Hosil qilinadigan ko‘nikmalar
1
“Informatika va axborot 
texnologiyalari” fanining kelib 
chiqish tarixi
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining maqsad 
va vazifalarini bilish.
2
“Informatika va axborot 
texnologiyalari” ning 
yo‘nalishlari 
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘rganishda 
yo‘nalishlarni ajrata olish.
3
Tarixiy ma’lumotlar
Kelajak avlodga namuna bo‘la oladigan, fanning 
rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan buyuk insonlar hayoti 
va ijodini bilish.
4
“Informatika va axborot 
texnologiyalari” fanining 
yangi yo‘nalishlari
Rivojlanib borayotgan kasblar haqida ma’lumotga ega 
bo‘lish.
Kasbiy maqsad (motivatsiya)
Informatika va axborot texnologiyalari sohasiga yo‘naltirilgan kasblarda 
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining o‘rni va vazifalari haqida ma’lumot berish. 
Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi)
. Rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi 
yangi ma’lumotlar bilan boyitish. 
Ta’limiy maqsad
Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi
I. Tashkiliy qism
Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish
Darsning turi
nazariy-demonstrativ (ko‘rgazmali)
O‘qitishning usul va 
texnologiyalari
suhbat, savol-javob, disput va “Case-study” usuli
O‘qitishning shakllari
sinf bilan, yakka tartibda, qatorlar bilan ishlash
Dars
2


35
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Yangi mavzu 
Sinf doskasida sana, mavzu va yangi atamalar uchun savollar yoziladi. Har bir qatorga 1 tadan 
savol tashlanadi. Javoblar bahs-munozara shaklida tahlil qilinadi. 
• “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 
• “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining zamonaviy kasblarga bo‘gliqlik darajasini 
tushuntirib bering?
• Buyuk allomalarning asarlari hozirgi davr fan va texnikasi rivojlanishida qanday o‘rin egallaydi?
Demak, yangi mavzudan oldin o‘quvchilarning shu mavzuga oid bilimlari aniqlanib olinadi. 
Yangi mavzu slaydlar yordamida taqdim etiladi. O‘quvchilar, o‘z navbatida, darsni diqqat bilan 
tinglab, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining o‘qitilish maqsadi, uning yo‘nalishlari va 
fanning rivojlanishiga hissa qo‘shgan insonlar haqida tushunchalarni yozib oladilar.
Taqdimot daqiqasi 
Daftarga yozib oling!
Qo‘llaniladigan resurslar
Tarqatma 
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Audiodars
Internet-resurs
2-mavzu.pptx
2-mavzu.avi
2-mavzu.mp3 
http:\www.dr.rtm.uz.
AKT va interfaol vositalar
o kompyuter
o elektron doska
o smart doska
o proyektor
o televizor
o kolonkalar
Ko‘rgazmali qurollar va 
o‘qitish vositalari
o darslik
o taqdimot
o video
o rasmlar
o plakatlar
o tarqatma kartochka-vazifalar
o amaliy vazifalar 
o laboratoriya vazifalari
o test varaqalari
o so‘rovnoma
II. Motivatsiya
Hozirgi kunda eng serdaromad kasb egasini bilasizmi?
III. Yangi tushunchalar
Informatika va axborot texnologiyalari, Computer science, 
Hardware, Software, Brainware, axborot texnologiyalari.
Informatika XX asrning 50-yillarida paydo bo‘lgan. U fransuzcha “informatio” va “avtomatique” 
so‘zlari negizidan kelib chiqqan. 
Informatika
 – kompyuter va kommunikatsion texnologiyalar yordamida axborotlarni katta tezlikda 
izlash, to‘plash, qayta ishlash va uzatish usullarini o‘rgatuvchi fan. Uning o‘rganish yo‘nalishlari:
• Hardware — qattiq qism; 
• Software — yumshoq qism; • Brainware – intellektual qism.


36
O‘quvchi darslikdagi tarixiy ma’lumotlarni o‘qiydi va xulosa qilib, so‘zlab beradi.
Mustaqil ish 
O‘zingizni sinab ko‘ring: Tezkor test.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining kelib chiqishiga hissa qo‘shgan buyuk alloma va 
olimlar:
• Arastu, al-Farobiy, al-Xorazmiy, Vosil Qobulov.
Bolalar! Bilimingizni sinab ko‘ramizmi? Men yangi mavzu bo‘yicha tezkor test savollarini tayyorlab 
keldim. Ularni og‘zaki bayon etaman, Sizlar esa faqat javobini yozib borasizlar. O‘ylash uchun har 
bir javobga faqat 30 soniya vaqt beriladi. Songra javoblarni e’lon qilaman, sizlar esa ularni tekshirib 
olasiz. 
1. “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga qachon asos solingan? Javob: ____________
2. Informatika so‘zi qaysi so‘zlar negizidan olingan? _______________
3. Computer science so‘z birikmasi qanday tarjima qilinadi? __________________
4. HardWare so‘zi qanday ta’minotni bildiradi? ___________________
5. Insonning aqliy mehnati qanday yo‘nalishga kiradi? _____________
O‘qituvchi:
12-betdagi, savol va topshiriqlarni og‘zaki, uy vazifasi mashqlarini yozma ravishda bajarib kelish.
Uy vazifasi

O‘tiladigan modullar
Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar
1
Axborotlarning insoniyat 
taraqqiyotidagi o‘rni
Axborot nima? Axborotlar jamiyatning rivojlanishida 
qanday o‘rin tutadi? degan savollarga anik javob berish.
2
Axborotni qabul qilishda 
inson retseptorlarining 
vazifasi
Inson tomonidan axborotlarni qabul qilishning 5 ta 
usuli (retseptorlar) va ular orqali voqelikni bilish haqida 
ma’lumotlarga ega bo‘lish.
3
Axborotning xususiyatlari 
va turlari: matnli, grafikali, 
ovozli va boshqalar
Inson kabi kompyuterlar ham axborotlarni turlari bo‘yicha 
ajrata olishini, axborotlar ham o‘z xususiyatlariga egaligini 
bilish va ularni tavsiflab berish.

Download 4.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling