Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
-dars. KOMPYUTERNING QO‘SHIMCHA QURILMALARI
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
7-dars. KOMPYUTERNING QO‘SHIMCHA QURILMALARI
Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 7-mavzu.pptx 7-mavzu.avi 7-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Dars 7 47 5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA I. Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish Darsning turi nazariy O‘qitishning usul va texnologiyalari suhbat, “Loyiha” usuli O‘qitishning shakllari yakka tartibda, qatorlar bilan, sinf bilan ishlash AKT va interfaol vositalar o kompyuter o elektron doska o smart doska o proyektor o televizor o kolonkalar Ko‘rgazmali qurollar va o‘qitish vositalari o darslik o taqdimot o video o rasmlar o plakatlar o tarqatma kartochka-vazifalar o amaliy vazifalar o laboratoriya vazifalari o test varaqalari o so‘rovnoma II. Motivatsiya Kelajakda kompyuterning yana qanday yordamchi qurilmalari yaratilishi mumkin? III. Yangi tushunchalar Printer, skaner, modem, plotter, 3D printerlar, proyektor, virtual ko‘zoynak va virtual shlemlar. Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi Yangi mavzu O‘qituvchi: Bolalar, o‘tgan darsda Sizlar bilan tanishgan kompyuterni tashkil etuvchi 4 ta qurilma nima uchun asosiy deb ataladi? Qo‘shimcha qurilmalar deb qanday qurilmalarga aytiladi? O‘quvchilar javobidan so‘ng yangi mavzuga tayyorlangan taqdimot namoyish qilinadi. O‘quvchilar mavzuni diqqat bilan tinglaydi, taqdimot tugagach, oq‘ituvchi yordamchi qurilmalar aks etib turgan rasmlarni birma-bir ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa ularning nomi va vazifalarini tavfsiflab beradi. To‘g‘ri javob bergan o‘quvchilarga stikerlar beriladi. Daftarga yozib oling! Hozirgi kunda birorta ish yurituvchi yoki biror korxona ish faoliyatini printer, skaner, faks, modem, veb-kamera, kolonka, quloqchin kabi vositalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu qurilma va vositalar kompyuterning asosiy qismlari hisoblanmasa-da, insonlarning kundalik hayotida ularga ehtiyoj juda katta. Ularni vazifasiga ko‘ra: • ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari; • ma’lumotlarni kompyuterga uzatish qurilmalari; • ma’lumotni ham uzatish, ham kiritish qurilmalariga ajratish mumkin. 48 Mustaqil ish O‘zingizni sinab ko‘ring O‘quvchilar kompyuterning mavzuda ko‘rsatilgan yordamchi (qo‘shimcha) qurilmalarini o‘rganib chiqadi va quyidagi jadvalni to‘ldiradi: 31-betdagi smart texnologiyalar haqida berilgan ma’lumotni o‘qib chiqish va so‘zlab berish. Ma’lumotni kiritish qurilmalari Ma’lumotni chiqarish qurilmalari Ma’lumotni ham qabul qiliuvchi, ham uzatuvchi qurilmalar 1. 31-betdagi savol va topshiriqlar (og‘zaki). 2. Uy vazifasi, 1–3-mashqlar (yozma). Uy vazifasi № O‘tiladigan modullar Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar 1 Klaviaturaning vazifasi, tugmachalarning joylashuvi Klaviatura qurilmasining vazifasi, undagi tugmachalarning vazifasiga ko‘ra guruhlarga bo‘linishini bilish va unda ishlash ko‘nikmasini hosil qilish. 2 Kompyuterni tugmachalar yordamida boshqarish usullari Kursor tushunchasi, kursorni boshqarish tugmachalarining joylashishini bilish va yordamchi tugmachalar guruhi bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish. 3 Klaviaturani boshqa tillarga o‘tkazish Klaviaturani maxsus ko‘rsatmalar asosida qo‘shimcha tillarga bog‘lash, skrinshot amalini bajarish ko‘nikmasini hosil qilish. 4 Sichqoncha bilan ishlash ko‘nikmalari Sichqoncha yordamida kursorni matnning ixtiyoriy qismiga o‘rnatish, matnni belgilash, abzasni belgilash amallarini bajarish. Ta’limiy maqsad Download 4.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling