Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Kasbiy maqsad (motivatsiya). Scratch dasturida qiziqarli mashqlarni bajarish orqali o‘quvchilarda dasturlashga qiziqish uyg’otish. Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi). O‘quvchilarda oldiga qo‘yilgan masala yoki maqsadga erishish, natija olish, o‘z bilimi va kuchini sinab ko‘rish xohishini rivojlantirish. Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi I. Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish Darsning turi amaliy O‘qitishning usul va texnologiyalari suhbat, savol-javob, “Step-by-Step” usuli O‘qitishning shakllari yakka tartibda, qatorlar bilan, guruhlarda ishlash AKT va interfaol vositalar o kompyuter o elektron doska o smart doska o proyektor o televizor o kolonkalar Ko‘rgazmali qurollar va o‘qitish vositalari o darslik o taqdimot o video o rasmlar o plakatlar o tarqatma kartochka-vazifalar o amaliy vazifalar o laboratoriya vazifalari o test varaqalari o so‘rovnoma II. Motivatsiya Dasturlash yoki grafika. Rasmar qanday hosil qilinadi? III. Yangi tushunchalar Dekart koordinatalar sistemasi, PEN (Pero), PenDown, PenUp, Show, Hide. Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 32-mavzu.pptx 32-mavzu.avi 32-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Yangi mavzu Sinf doskasida sana va mavzu yoziladi. O‘qituvchi uy vazifasini tekshirib, baholab chiqadi. O‘tgan mavzu bo‘yicha savollar tahlil qilinadi va yangi mavzuga o‘tiladi. Slayd yordamida mavzu bayon etiladi. Dasturlash tillarida rasm va tasvirlar uskunalar yordamida emas, balki kompyuterga kiritilgan buyruqlar orqali bajariladi. Bunday buyruqlar Scratch dasturi kutubxonasida ham mavjud, ular bilan tanishib o‘tamiz. Daftarga yozib oling! 106 № O‘tiladigan modullar Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar 1 Scratch muhitida ishlash bo‘yicha olingan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga oid ko‘rsatmalar Scratch muhitida bir necha qahramonni harakatga keltirish, musiqa va kostyumlarni almashtirish amallarini bilish. 2 Multfilm yaratish texnologiyasi Multfilm yaratish texnologiyasi haqida tushunchaga ega bo‘lish. 3 Bir necha spraytdan foydalangan holda oddiy dasturlarni yaratish Scratch muhitida bir necha qahramonni sahnada harakatlantirish amallarini bilish. 4 Matn, fon, ovoz va harakatni joylashtirish Spraytlarni matn, ovoz va musiqa sadosi ostida harakarlantirish dasturlarini tuza olish. 5 Multfilm uchun murakkab bo‘lmagan freymlarni bajarish bo‘yicha topshiriqlar Murakkab bo‘lmagan animatsiya va multfilmlar yaratish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. Download 4.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling