Texnologiyalari universiteti 021-18 guruh talabasi N. R. Axmedov «Radioto‘lqinlarning yo‘qotishlar mavjud bo‘lmagan muhitda tarqalishi»
Download 0.68 Mb.
|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer sirti va atmosferasi hosil qiladigan halaqitlar.
- Simsiz aloqada antennalar
- sos j
- Izotrop nurlantirgich.
Kosmik halaqitlar. Yerdan tashqi manbalar hosil qiladigan radionurlanishlar kosmik radionurlanishlar, bu nurlanishlar hosil qiladigan halaqitlar esa kosmik halaqitlar deyiladi.
Radionurlanishlarning asosiy manbai unga ko‘plab diskret manbalarning nurlanishlari qo‘shiladigan radionurlanish fonini hosil qiladigan galaktika hisoblanadi. Quvvatli radionurlanishlar asosiy manbalari Quyosh, Yupiter, Saturn, Venera, Oy, Yulduzlar hisoblanadi. Galaktikaning radionurlanishlari barcha yo‘nalishlarda kuzatiladi, lekin ayniqsa uning ekvotrial tekisligida galaktikaning markaziga yo‘nalishda intensiv hisoblanadi. Galaktikadagi halaqitlar 18 ÷ 30 MGs diapazonda eng intensiv hisoblanadi. Bu halaqitlar sathi juda doimiy, lekin yerning aylanishi hisobiga yer sirtining bu nuqtasida halaqitlar sathining sutkalik o‘zgarishi kuzatiladi. Quyosh va planetalarning radionurlanishlari galaktikaning radionurlanishlariga qaraganda ikkinchi darajali ahamiyatga ega, chunki u faqat antenna nurlanish manbaiga yo‘naltirilganida sezilarli halaqitlarni hosil qiladi. Quyoshning nurlanishi spektri murakkab va o‘zgaruvchan. Nurlanish intensivligi Quyoshdagi portlashlar va qo‘zg‘alishlar vaqtida keskin ortadi. Binobarin, bu eng kuchli qisqa to‘lqinlar diapazonida namoyon bo‘ladi. Yer sirti va atmosferasi hosil qiladigan halaqitlar. Yer ham radionurlanishlar manbai hisoblanadi. Yerning radionurlanishlari Yerda joylashgan antennalar yoki Yer bilan aloqada kosmik kemalar antennalarining yo‘naltirilganlik diagrammalari yon yaproqchalari orqali qabul qilinishi mumkin. Yerning issiqlik radionurlanishlaridan tashqari, halaqitlar Yer atmosferasining nurlanishlari orqali hosil qilainadi. Fizikadan ma’lumki, agar gaz qanday chastotada nurlanishni selektiv yutsa, u holda u o‘sha chastotada nurlanishni chiqaradi. Santimetrli to‘lqinlar diapazonida Quyosh nurlanishi kislorod va suvning bug‘lari orqali yutiladi va qayta nurlantiriladi. Atmosfera shovqinlari 1000 ÷ 20000 MGs diapazonda namoyon bo‘ladi. Bu diapazonda u galaktik shovqindan katta bo‘ladi va tashqi shovqinlarning deyarli yagona turi hisoblandi. Simsiz aloqada antennalar Radioto‘lqinlarni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qurilma antenna deyiladi. O‘zgaruvchan tokni o‘tkazadigan har qanday jism elektromagnit to‘lqinlarni nurlantira oladi. Bu nurlanish sezilarli bo‘lishi va amaliy maqsadlarga xizmat qila olishi uchun jismning o‘lchamlari nurlantiriladigan tebranishlarning to‘lqin uzunliklari bilan tenglashtirsa bo‘ladigan bo‘lishi kerak [4]. Kvazistatsionar tizimlarda bunday elementlar, masalan, uzunligi to‘lqin uzunligiga qaraganda kichik bo‘ladigan induktivlik g‘altaklari, kondensatorlar hisoblanadi, ular bo‘ylab tebranishlarning tarqalishini hisobga olmasa ham bo‘ladi (juda qisqa to‘lqinlardan tashqari). Agar bunda energiyaning issiqlik yo‘qotishlari hisobga olinmasa, u holda bunday tizimlarda tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi 90°ni tashkil etadi va bu tizimlar aktiv quvvatni yutmaydi, natijada nurlantirmaydi ham. Agar u yoki bu tizim bo‘ylab tebranishlarning tarqalishi qandaydir vaqt oralig‘iga kechiksa, u holda tizimning uchlarida 900ga qo‘shimcha tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi (sos j) paydo bo‘ladi. sos j noldan farqli bo‘lib qolishi bilan tizim tok manbaidan energiyani iste’mol qiladi va uni nurlantirishga sarflaydi. Uzunligini to‘lqin uzunligi bilan tenglashtirsa bo‘ladigan o‘tkazadigan jism nurlantirish tizimi sifatida qo‘llanilishi eng qulay bo‘ladi. Bu holda tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi ortadi, bunda o‘tkazgichning nurlantirish qobiliyati ortadi. Uzatuvchi antenna generator hosil qiladigan yuqori chastotalar toklari energiyasini elektromagnit to‘lqinlar energiyasiga o‘zgartiradi. Qabul qiluvchi antenna teskari vazifani bajaradi, qabullagichning chiqishida yuqori chastotalar kuchlanishini hosil qiladi. O‘zarolik tamoyiliga asosan istalgan uzatuvchi antenna u qabul qilish antennasi sifatida ishlatilganida konstruktiv jihatdan farqlanishi mumkin bo‘lsada, o‘z asosiy xarakteristikalarini saqlaydi. O‘zarolik tamoyili qabul qilish va uzatish antennalari qaytar xossasiga egaligidan iborat. Har qanday antenna ham qabul qilish, ham uzatish antennasi bo‘lishi mumkin. Antenna radiochastotalar energiyasini qanchalik yaxshi nurlantirsa, u shunchalik uni yaxshi qabul qiladi. Modomiki, uzatish antennalarining nazariyasi va hisoblash usullari oddiy va yaxshi ishlab chiqilgan ekan, u holda istalgan qabul qilish antennasini uzatish antennasi sifatida hisoblash mumkin va o‘zarolik tamoyiliga asosan olingan natijalarni qabul qilish rejimi uchun qo‘llash mumkin. Zamonaviy radioelektron apparaturalar millimetrning ulushlarida o‘n minglab metrlardagi to‘lqin uzunliklari diapazonlarida ishlaydi. Antennalarning konstruktiv o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek ularning xarakteristikalari sezilarli darajada antennalar ishlashi kerak bo‘ladigan to‘lqinlar diapazonlariga bog‘liq bo‘ladi. Vazifasi bo‘yicha antennalar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi: radiouzatish tizimlarining antennalari; radioaloqa stansiyalari (shu jumladan RRL) antennalari; radiolokatsion antennalar; televizion antennalar; radioastronomik antennalar. Bu guruhlardan har biri turli konstruktiv yig‘ilgan antennalarga ega bo‘lishi mumkin. Ishlash tamoyili va konstruktiv bajarilishi bo‘yicha antennalar quiydagilarga bo‘linadi: simli (vibrator) antennalar, ular ayrim hollarda diametrlari to‘lqin uzunligi bilan tenglashtirsa bo‘ladigan ingichka simlar yoki yo‘g‘on quvurlardan (to‘lqin uzunligiga taqqoslaganda) tayyorlanadi; optik turdagi antennalar (metall oyna-reflektorlar va linzalar); akustik turdagi antennalar (metall ruporlar); sirt to‘lqinlari antennalari (dielektrik antennalar, dielektrik qoplamali yoki davriy tuzilmali metall sterjen yoki tekis antennalar); tirqishli (difraksion) antennalar; aylanadigan polyarizatsiyali elektromagnit to‘lqinlarni nurlantiradigan antennalar (spiralli, xochsimon va boshqalar). Ko‘plab antennalarda asosiy nurlantiruvchi elementlar sifatida simmetrik vibratorlar qo‘llaniladi. Izotrop nurlantirgich. Izotrop nurlantirigchi deganda elektromagnit energiyani barcha tomonlarga bir tekis va bir xil nurlantiradigan qurilma tushuniladi. Lekin amalda yo‘naltirilmagan nurlantirgichlar mavjud emas. Har bir uzatish antennasi, hatto eng oddiylari energiyani notekis nurlantiradi va maksimum energiya nurlantiriladigan yo‘nalish doimo mavjud bo‘ladi. Eng oddiy yoki elementar nurlantirgich simning istalgan nuqtasidagi amlitudasi va fazasi bir xil bo‘lgan elektr toki oqib o‘tadigan, to‘lqin uzunligiga qaraganda juda qisqa simdan tashkil topgan elektromagnit elektr vibrator hisoblanadi. Elementar vibratorning amaliy modeli Gers dipoli hisoblanadi. Gers dipoli nurlanishi maydoning tuzilmasi dipolga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri chiziqda yotadigan nuqtada maksimumga ega bo‘ladi. Dipol bo‘ylab maydon nolga teng bo‘ladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling