Texnologiyalari universiteti 021-18 guruh talabasi N. R. Axmedov «Radioto‘lqinlarning yo‘qotishlar mavjud bo‘lmagan muhitda tarqalishi»
Mobil radioaloqa sotali tizimlarining real abonentlar sig‘imi
Download 0.68 Mb.
|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
Mobil radioaloqa sotali tizimlarining real abonentlar sig‘imi. Turli harakatdagi radioaloqa tizimlarini tavsiflashda ularning abonentlar sig‘imi, ya’ni xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar soni noyaqqol tarzda radioaloqa kanllarining soni orqali aniqlanadi. Mutlaqo ravshanki, bu ikki tushunchalar ayniyat hisoblanmaydi. Xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar sonini aloqa kanallari bilan cheklash noratsional hisoblanadi, chunki tizimning abonentlarini bir vaqtda aloqaga chiqishi ehtimolligi odatda kam bo‘ladi. Demak, aloqa kanallari bo‘lganida ayrim hollarda abonentlar ulanishni olmasligi ehtimolligi mavjud bo‘lsada va abonentlar soni kanallar soniga qaraganda qanchalik katta bo‘lsa bu ehtimollik shunchalik katta bo‘lsada, tizim k abonentlardan ortiqqa xizmat ko‘rsata oladi. Bu yerdan bir butun masala kelib chiqadi, uning sharti quyidagi tarzda ta’riflanishi kerak: ulanishga rad etishning berilgan ehtimolligida qayd etilgan aloqa kanallari soniga ega bo‘lgan tizim qancha abonentlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin yoki ulanishga qayd etilgan rad etishlar ehtimolligida berilgan abonentlar soniga xizmat ko‘rsatish uchun tizimda qancha aloqa kanllari bo‘lishi zarur. Qo‘yilgan masalani echish ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi qoidalariga asoslangan. Haqiqatan, mobil radioaloqa o‘z ma’nosi bo‘yicha ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimiga, ya’ni tasodifiy chaqiruvlar oqimili, tasodifiy xizmat ko‘rsatish (aloqa seanasi) davomiyligili oxirgi xizmat ko‘rsatish (aloqa) kanallari sonili tizimlarga misol hisoblanadi.
Tasodifiy chaqiruvlar oqimlarining eng umumiy xarakteristikalari vaqt birligidagi chaqiruvlar soni bilan (masalan, chaqiruvlar/soat) o‘lchanadigan ularni kelishining u o‘rtacha chastotasi va vaqt birliklarida ifodalanadigan aloqa seansining T o‘rtacha davomiyligi hisoblanadi. A = yT ko‘paytma Erlanglarda o‘lchanadigan (teletrafika nazariyasi sohasidagi o‘z ishlari bilan mashhur bo‘lgan daniyalik olim A. K. Erlang sharafiga) o‘rtacha trafikni aniqlaydi. Ta’kidlash kerakki, aloqa kanaliga u va T yuklama xarakteristikalari odatda tizimning uncha katta bo‘lmagan yuklanganlik intervalida, ya’ni tig‘iz paytda baholanadi. t qayd etilgan vaqt mobaynidagi chaqiruvlar soni odatda Puasson taqsimoti - t vaqt ichida k chaqiruvlarning kelishi ehtimolligi orqali tavsiflanadigan diskret tasodifiy kattalik hisoblanadi. t aloqa seansi davomiyligi (bitta kanalning bandligi vaqti) uzluksiz tasodifiy kattalik hisoblanadi, uning ehtimolligi zichligi odatda eksponensial (T-o‘rtacha qiymat) qabul qilinadi. Yangi chaqiruv kelgan momentda bo‘sh kanallarga ega bo‘lmagan tizim o‘zini qanday tutishiga bog‘liq ravishda uning quyidagi modellariga ajratiladi: cheklangan vaqtda kutishli tizim (Erlang A modeli), unga muvofiq bo‘sh kanal bo‘lmaganida chaqiruv navbatga qo‘yiladi va agar T qayd etilgan vaqt tugashi bilan band kanallardan hech biri bo‘shamasa, u bekor qilinadi; rad etishli tizim, ya’ni bo‘sh kanallar bo‘lmaganida kelgan chaqiruvlar bekor qilinadi (Erlang V modeli); kutishli tizim, ya’ni chaqiruvlar navbatga qo‘yiladi va uzoq vaqtda davomida kanalning bo‘shashini kutishi mumkin (Erlang S modeli). Tizimga ulanishga rad etish ehtimolligini aniqlaydigan formulalar mavjud. Lekin ular juda katta va deyarli ishlatilmaydi. Amalda berilgan to‘silishi ehtimolliklarida kanallarli aloqa tizimlari uchun yo‘l qo‘yiladigan yuklamani Erlanglarda hisoblash uchun uning grafik ko‘rinishidagi yoki jadval ko‘rinishidagi berilishi ishlatiladi, ular mos texnik adabiyotlarda keltiriladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling