Texnologiyalari universiteti 021-18 guruh talabasi N. R. Axmedov «Radioto‘lqinlarning yo‘qotishlar mavjud bo‘lmagan muhitda tarqalishi»
Download 0.68 Mb.
|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mobil aloqa tizimlari antennalari.
- Ko‘p tomonlama ulanish texnologiyalari
- KChAKTU ( FDMA), KVAKTU (TDMA)
- Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan
RRLda ishlatiladigan antennalar. RRL uchun antenna turini tanlash asosan ishchi to‘lqinlar diapazoni, ishchi chastotalar kengigi bog‘liq bo‘ladigan liniyaning sig‘imi, chastotalarning taqsimlanishi (ikki chastotali, to‘rt chastotali) sxemasi orqali aniqlanadi [3].
Odatda kichik sig‘imli liniyalarda ishlatiladigan metrli to‘lqinlar diapazonida ko‘p vibratorli sinfaz antennalar qo‘llaniladi. Detsimetrli to‘lqinlarda, shuningdek kichik sig‘imli liniyalarda bu turdagi antennalar, shuningdek parabolasimon antennalar qo‘llanilishi mumkin. Parabolasimon antennalar o‘rtacha sig‘imli liniyalardagi detsimetrli diapazonda keng qo‘llaniladi. Kichik va o‘rta sig‘imli santimetrli diapazonda asosan parabolasimon antennalar qo‘llaniladi. Santimetrli diapazonda ishlaydigan katta sig‘imli va katta masofali magistral RRLlarda parabolasimon, rupor-parabolasimon, nurlantirgichi chiqarilgan parabolasimon va ikki oynali antennalar qo‘llaniladi. Bitta RRL antennasi bir vaqtda ham uzatish, ham qabul qilish uchun ishlatiladi. Mobil aloqa tizimlari antennalari. Nisbatan uncha katta bo‘lmagan kuchaytirishi, uncha katta bo‘lmagan hajmlari va vazni tufayli shtirli antennalar vaqtinchalik yoki harakatdagi bazaviy stansiyalarda qo‘llaniladi. Zamonaviy sotali tizimlarda statsionar bazaviy stansiyalarda asosan chastotalarning takrorlanishi afzalliklari tufayli sektorli antennalar qo‘llaniladi. Gorizontal tekislikda sektorli YDni, masalan, burchakli reflektorli yarim to‘lqinli vibratordan foydalanish orqali olish mumkin. Sektorli YDni har bir qavatda parallel vibratorlardan antennalar panjarasidan foydalanish orqali ham olish mumkin. Sotali telefoniya texnologiyasida ishlatiladigan ko‘plab nurlantirgichlar shleyfli simmetrik vibrator, spiralli antenna, chorak to‘lqinli shtir va past profilli antennalar hisoblanadi [1]. Ko‘p tomonlama ulanish texnologiyalari Ko‘p tomonlama ulanish tushunchasi bu tizimga ajratilgan chastota-vaqt resurslari doirasida ko‘plab foydalanuvchilarni parallel ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar majmuini ko‘zda tutadi. Har bir abonentni qandaydir fizik kanalga tenglashtirish bilan aytish mumkinki, aniq bir ko‘p tomonlama ulanish texnologiyasi bu kanallar orasida cheklangan chastota-vaqt resursini taqsimlash usuli hisoblanadi. s(t) uning yordamida i-nchi aloqa kanali ishlatiladigan signal bo‘lsin (i = 1,2,…,k, bu yerda k-tizimning to‘liq kanallari soni). Buni matnda sezilarsiz ko‘p nurlilik samarasini inkor qilish va birga bo‘ladigan n(t) shovqinni aditiv hisoblash, fizik tarqalish muhitining chiziqli modelini saqlash bilan qabul qilish tomonida kuzatiladigan tebranishni mos ravishda t-nchi signalni tarqalish trassasida so‘nish va kechikish shaklida tasavvur qilish mumkin. Qabul qilish tomonining vazifasi aniq bir abonentning xabarini ajratishdan iborat, binobarin, tashqi signallar bunda halaqitlar rolida qatnashadi. Ma’lumki, signallar superpozitsiyasining istalgan komponentini qolgan komponentlarning ta’sirini yo‘qotish bilan chiziqli seleksiyalash uchun barcha signallarning chiziqli bog‘liq emasligi zarur va etarli. Chiziqli bog‘liq emas ortogonal signallar o‘zaro halaqitlarsiz oddiy korrelyasion qabullagich orqali bo‘linadi. Kanallar signallarining ortogonalligi chastota yoki vaqt bo‘yicha ajratish yoki to‘g‘ri keladigan kodlash hisobiga ta’minlanishi mumkin. Shunga muvofiq, ko‘p tomonlama ulanish usullarini tasniflash ham o‘rnatilgan. Barcha mobil radioaloqa tizimlari ikkita umumiy katta analog va raqamli toifalarga bo‘linadi. Bunda ularda uchta asosiy ko‘p tomonlama ulanish usullari KChAKTU (FDMA), KVAKTU (TDMA) va KKAKTU (CDMA) ishlatiladi [1,3]. Keyinchalik ko‘p stansiyali ulanishni sotali aloqa tizimlari qo‘llaniladigan ko‘rib chiqamiz Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (KChAKTU). Bu ko‘p tomonlama ulanish texnologiyasi dastlab mumkinligi va ishlatishdagi oddiyligi tufayli analog sotali aloqa tizimlarida ishlatilgan. KChAKTU (FDMA) tizimlari shunday tarzda quriladiki, har bir abonentga aloqa seansi vaqtida oldin aktiv abonentlarga taqdim etilgan kanallardan hech biri bilan mos tushmaydigan, tizimning umumiy Δfr chastotalar diapazoni chegaralarida Δfp polosali chastota kanali ajratiladi. Bunda kanallar signallari spektrlari qoplanib qolinmaydi (1.12a- rasm) va bu bilan ortogonallik sharti bajariladi. 1.12b- rasmdagi Δfr va Tr tomonlarli to‘g‘ri to‘rtburchak tizimning umumiy chastota-vaqt resursini xarakterlaydi. Ko‘rinib turibdiki, KChAKTUda bu umumiy resurs har biri butun mumkin bo‘lgan vaqt resursini va chastota resursining faqat k-nchi qismini egallaydigan k gorizontal yo‘lakchalarga “qirqiladi”. Shunday qilib, chastota bo‘yicha ajratilgan tizimdagi abonentlar kanallari efirdagi radiostansiyalarga o‘shash bo‘ladi. KChAKTU usuli barcha analog SMAT tizimlari, ya’ni birinchi avlod tizimlarida ishlatiladi, binobarin, ular uchun abonentlar kanallarining polosasi kengligi Δfp =10…30 kGsni tashkil etadi. Masalan, AMPS standartida tizimga ajratiladigan chastotalar resursi ikkita BTSdan MSga (to‘g‘ri kanal) ma’lumotlarni uzatish uchun 869…894 MGs diapazon va teskari yo‘nalishda (teskari kanal) ma’lumotlarni uzatish uchun 824…849 MGs diapazoni hisoblanadi. Shunday qilib, chastota bo‘yicha dupleks ajratish 45 MGsni tashkil etadi. Har bir chastotalar kanaliga Δfp, =30 kGs polosa ajratiladi, shunday ekan, himoya intervallarini hisobga olganda ajratilgan diapazon chegaralarida 832 ta kanal joylashadi va 1 dan 799 gacha va 991 dan 1023 gacha nomerlar beriladi. (a) (b) 1.12- rasm. Kanallar signallari spektrlari (a) va abonentlar orasida chastota-vaqt resurslarini taqsimlanishi (b) To‘g‘ri (downlink) va teskari (uplink) kanallar spektral ajratishga ega bo‘lish bilan kanallarni bir-birlariga ta’sir etishini faqat nazariy to‘liq yo‘qotadi. Amalda esa kanallararo (ichki tizimli) halaqitlarning vujudga kelishini qabullagichdagi ajratish filtrlarini noidealligi tufayli oldini olish mumkin emas, buning natijasida bitta kanaldan energiyaning qismi qo‘shni kanalga o‘tib ketadi. Kanallararo halaqitlar ta’sirini kuchsizlantirish mos signallarni manipulyatsiyalash (“polosadan tashqi” nurlanishlarni kamaytirish) va filtrlarni (qo‘shni kanalda so‘ndirishni yaxshilash) tanlash orqali bo‘lishi mumkin. O‘zaro halaqitlar sathini kamaytirishning yana bir usuli chastotalar kanallari orasiga himoya intervallarini kiritish hisoblanadi, bu lekin aloqa uchun ishlatiladigan chastotalar polosasini kamayishiga, ya’ni spektrdan foydalanish samaradorligini kamayishiga olib keladi. Ta’kidlash kerakki, dupleks aloqada, qat’iy aytganda ikkita Δfp polosalar – bittasi to‘g‘ri kanallar uchun, boshqasi teskari kanallar uchun ishlatiladi. KChAKTU (FDMA) tizimining asosiy afzalligi ajratilgan o‘tkazish polosasini abonent orqali to‘liq ishlatilishi hisoblanadi. Kamchiligi esa, ravshanki, bitta abonentga hisoblaganda chastota va energetik resurslardan foydalanishning past samaradorligi hisoblanadi. Bundan tashqari, ta’kidlash kerakki, analog standartlarga halaqitlardan past himoyalanganlik, atrof landshafti, binolarning ta’siri ostida yoki abonentlarning harakatlanishi tufayli signallarning so‘nishi bilan kurashish samarali usullarining yo‘qligi, shuningdek efirda abonentlar kanallari yashirincha eshitilishidan past himoyalanganlik (ko‘pincha ular to‘liq bo‘lmaydi) xos bo‘ladi. Bu yerdan nisbatan yuqori zarur 15 dBgacha signal/shovqin nisbati kelib chiqadi, bu qabullagichning katta quvvatini ishlatilishini va tizimning istalgan radiotelefon kanalini yasalgan UQT-CHM qabullagichda qabul qilish imkoniyatini shartlaydi. Analog tarmoqlardagi qo‘shimcha xizmatlar to‘plami ham raqamli tizimlardagiga qaraganda juda yuqori. FDMA tizimini ishlatadigan ko‘plab analog standartlardan biri NMT va AMPS hisoblanadi. 1.13- rasmda 4 ta abonentlar orasida ajratilgan chastotalar diapazonini taqsimlanishiga misol keltirilgan. Abonentlardan har biriga 30 kGsdan kenglikdagi polosa taqdim etilgan. 1.13- rasm. Ajratilgan chastotalar diapazonini taqsimlanishi Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling