Texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali 730-20 guruh talabasi Mamajonov Raximberdining Ma'lumotlar tuzilmasi va
Download 0.69 Mb.
|
MI MTvaA raximberdi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumot - bu
Maqsadi (ing.: purpose) - turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
Vazifasi (ing.: objective) – talabalarni turli xil ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o’quv jarayonlariga tadbiq etish usullari o’rgatishdan iboratdir. Kurs talabalarni tuzilmalar ko’rinishida ma’lumotlarni gayta ishlash, optimal algoritimlar ishlab chiqish va dasturlash ko’nikmalarini takomillashtirishga yo’naltiradi. Ushbu kurs quyidagi 3 bo’limdan iborat: Ma’lumotlar, tuzilmalar, rekursiya va ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash Standart ma’lumotlar tuzilmalari kutubxonasi bilan ishlash Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish. Ma’lumotlar tuzilmalarini modellashtirish Ma’lumot - bu biror bir ob’ekt, jarayon, hodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir. Berilgan ma’lumot (belgi)lar qanday qiymat qabul qilishiga qarab ma’lumotlarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar dastur tuzish uchun zarur bo’lgan tushunchalar sifatida qaraladi. O’rnatilgan ma’lumotlar tuzilmasi ikkilik miqdor (kodlangan ma’lumot)lar saqlanadigan registrlar va xotira so’zlarini ifodalab beradi. Qurilmani loyihalash uchun ishlab chiqilgan algoritm – bu elektron mantiqiy qurilmalarda qat’iy amalga oshiriladigan qoidalar bo’lib, xotirada saqlangan ma’lumot bajarilishi lozim bo’lgan komanda sifatida bo’ladi. Ma’lumotlarni saqlashKompyuterda eslab qoluvchi qurilmalarni asosiy uchta ko’rinishi mavjud: o’ta tezkor, tezkor va tashqi xotira. Odatda o’ta tezkor xotira registrlardan tashkil topgan bo’ladi. Registrlar ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish va akslantirish uchun qo’llaniladi. Ma’lumotlar turlari, ularni e’lon qilish va tasvirlash tushunchalari Kompyuterda qayta ishlanadigan ma'lumotlar o'z ichiga kundalik turmushda ishlatiladigan barcha axborotlami oladi. Albatta, turli kasb egalari o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma'lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar hisoblanadi. Odatda, har qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma'lumot shakli yetarlidir, chunki foydalaniivchiga yetkazilmoqchi bo'lgan barcha axborot raqamlar yoki so'zlardan iborat bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, axborotlar tizimini yaratuvchilar yana ikkita ma'lumot turi — sanalar va mantiqiy o'zgaruvchilardan xabardor bo'lishi lozim. Ma'lumotlarning turlarini ko'rib chiqamiz. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling