Bog’langan ro’yxatlar
Oddiy holda har bir tugun uchun bitta ko’rsatkich qo’llaniladi. Har bir elementda o’zidan keyingi elementni ko’rsatuvchi ko’rsatkich mavjud bo’ladi. Ro’yxat oxiridagi elementning ko’rsatkich maydoni NULL qiymatga ega. Ro’yxatni yo’qotib qo’ymaslik uchun shunday bir o’zgaruvchini ajratib olishimiz zarurki, bu
o’zgaruvchi ro’yxat “boshi”ni saqlab turishi kerak (2-rasm).
2-rasm. Bir bog’lamli ro’yxat.
Ikki bog’lamli ro’yxat
Bir bog’lamli ro’yxatlar bilan ishlashda ba’zi muammolar paydo bo’ladi. Masalan, ro’yxat tugunidan oldin turgan tugunga qaytish imkoni yo’q. Shuning uchun
ro’yxat tuguni uchun xotirada faqat keyingi tugunga ko’rsatkich emas, balki oldingi tugunga qayta ko’rsatkichni ham saqlash mumkin. Ro’yxatga kirish uchun ham ikkita ko’rsatkichni qo’llaymiz, ya’ni ro’yxat boshiga (Head) va ro’yxatning
oxiridan kirish (Tail) ko’rsatkichlaridan foydalanmiz (6-rasm).
6-rasm. Ikki bog’lamli ro’yxat
Chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasi
Def.1.
Agar tuzilmani tashkil etuvchi elementlar qat’iy tartiblanmagan bo’lsa, u holda bunday tuzilmaga chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasi deyiladi.
Chiziqsiz maʼlumotlar tuzilmasida elementlar orasidagi munosabatlar ixtiyoriy boʼlishi mumkin.
Chiziqsiz tuzilmani 3 ta farqli belgisini ajratish mumkin :
Tuzilmani xar bir elementi boshqa ixtiyoriy elementga murojaat qilish mumkin;
Tuzilmani berilgan elementiga mazkur tuzilmaning ixtiyoriy sondagi elementi murojaat qilishi mumkin;
Murojaatlar ogʼirlikga, hamda ierarxik koʼrinishga ega boʼlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |