Texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali 730-20 guruh talabasi Mamajonov Raximberdining Ma'lumotlar tuzilmasi va
Download 0.69 Mb.
|
MI MTvaA raximberdi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sonli ma lumotlar.
Belgili ma 'lumotlar. Har qanday belgili ma'lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo — raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan»,
«10+25», ...). Ma'lumotlarni bunday ifodalash eng ko'p tarqalgan. Belgili ma'lumotning qiymati «1055» ga teng bo'lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin. Ko'pgina tizimlarda belgili ma'lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki oichamli jadvallardan, ba'zi tizimlarda belgili ma'lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo'lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud. Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi obyektning biografiyasini o'z ichiga olgan matnli fayl yoki obyektning fotosuratini ko'rsatuv-chi grafik fayl ochish mumkin. Bundan tashqari hozirgi zamon tizimlarida belgili ma'lumot sifatida ixtiyoriy to’zilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) obyektlar saqlanishi mumkin. Sonli ma 'lumotlar. Bunday turdagi ma'lumotlarga faqat sonlar misol bo'ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma'lumotlar faqat o'lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta. Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma'lumotlar (ba'zida bunday ma'lumotlar Bui qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg'on) «0» qiymatlarini qabo`l qiladi. Ulardan tizimda ko'zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror obyektning holatini ko'rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o'chirilgan» (FALSE). Mantiqiy ma'lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligi-ni informatika kursidan yaxshi bilasiz. Oldingi mavzulardan birida o'quvchilar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi telefon ma'lumotnomasi jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha murakkab to’zilishga ega bo'lgan ma'lumotlar ombori bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma'lumotlarga ko'ra ularturli ko'rinishlarda ifodalanishi mumkin. Ma'lumotlami uch xil ko'rinishda ifodalash mumkin: iyerarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli). Bu turlarning har birini alohida ko'rib chiqamiz. Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo'lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko'rib» chiqiladi. lyerarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo'ladi. Kerakli elementni tanlash ma'lum ketma-ketlikda olib boriladi. Ma'lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma'lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi. Ma'lumotlarning iyerarxik modeliga mos holda yaratilgan ma'lu-motlar omboriga ma'lumotlarning iyerarxik ombori deyiladi. Ma'lumotlarning iyerarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotlar omborini boshqarishning iyerarxik tizimi deyiladi. Ma’lumotlar turlari va tasvirlash tushunchalari Hisoblash mashinalari yordamida har qanday masalani yechish ma’lumotlarni xotiraga yozish, xotiradan o’qish va uni qayta ishlashni hisobga olgan holda bajariladi. Nazariy jihatdan ma’lumot noaniqliklarni aniqlovchi vosita sifatida qaraladi. Faraz qilaylik, biror bir tizimning N ta mumkin bo’lgan holati mavjud bo’lsin, har bir holat paydo bo’lishi mustaqil P ehtimolga ega bo’lsin. U holda bu tizimning noaniqligi quyidagi ko’rinishda aniqlanadi: ∑=(P(i)*log2 P(i)) Tizimning noaniqligini o’lchash uchun bit deb ataluvchi maxsus birlik qabul qilingan. Bit hech bo’lmaganda ikkita mumkin bo’lgan holatga bog’liq noaniqlik (yoki ma’lumot)ning o’lchovi hisoblanadi, masalan rost-yolg’on yoki bor-yo’q holatlar. Bit noaniqlik va axborotning o’lchovi sifatida qo’llaniladi, ya’ni olingan axborotlar soni axborotlarni olish natijasida yo’qotilgan noaniqliklar soniga teng. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling