Texnologiyalari universiteti kampyuter


Download 218.73 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2023
Hajmi218.73 Kb.
#1083707
  1   2   3
Bog'liq
Ma\'lumotlar tuzilmasi Shoxrux mutaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


KAMPYUTER INJINERINGI FAKULTETI
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fani
Mustaqil ish


Mavzu: Ma’lumot tuzilmalarining umumiy ko‘rinishlari
Topshirdi: 030-20 sirtqi guruh talabasi: To‘rayev Sh.


Qabul qildi: Ganixodjayeva D.
Toshkent 2022
Ma’lumotlar tuzilmalari o’zi nima va nima uchun ular muhim.

Source: lynda.com
Yomon dasturchilar o’zlarining kodlari haqida qayg’urishadi, yaxshi dasturchilar esa ma’lumotlar tuzilmalari va ularning bog’lanishlari haqida bosh qotirishadi.” — Linus Torvalds
III qism. Boshlang’ich ma’lumotlar tuzilmalari. 1-dars
Dasturlashda algoritmlar nima uchun muhimligi va ilk algoritmlarni o’rgangandan so’ng endi eng muhim ma’lumotlar tuzilmalarini o’rganishga o’tsak ham bo’ladi. Lekin, bundan oldin ma’lumotlar tuzilmalari o’zi nimaligi va ularni to’g’ri tanlay olish va to’g’ri ishlata olish nima uchun muhimligiga to’xtalib o’tmoqchiman.
Ma’lumotlar tuzilmalari o’zi nima?

Source: jupitervidya.com
Barcha dastur yoki dasturiy mahsulotning asosida ikkita birlik yotadi: ma’lumotlar va ular ustida qandaydir amallar bajaradigan algoritmlar. Algoritmlar ma’lumotlarni biz yoki dastur uchun foydali bo’lgan axborot ko’rinishiga keltirib beradi. Algoritmlar shu ma’lumotlar ustida amallarni (o’qish, yozish, yangilash, o’chirish) samarali va tez bajara olishi uchun biz shu ma’lumotlarni ma’lum bir strukturaga solgan holda saqlashimiz kerak bo’ladi. Demak shunday qilib,
Ma’lumotlar tuzilmasi — bu ma’lumotlarni samarali o’qish va o’zgartirish imkonini beruvchi, ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning bir formatga solingan shaklidir. (Manba: Wikipidia)
Soddaroq qilib aytganda, ma’lumotlar tuzilmasi — bu ma’lumotlarning ma’lum bir strukturaga solingan, ular o’rtasida ma’lum bir bog’lanishlar yaratilgan va ular ustida ma’lum amallar bajaruvchi funksiyalardan tashkil topgan guruh. Eng sodda ma’lumotlar tuzilmasiga misol qilib massiv (array)ni ko’rsatishimiz mumkin.


Download 218.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling