S bojxona yuklarini rasmiylashtirish bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “Bojxona” axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish;
S litsenziyalash sohasida interaktiv xizmatlarni ko'rsatuvchi “Litsenziya” axborot tizimi kompleksini yaratish;
•S davlat byudjeti ijrosida ma’lumotlami saqlash, tizimlashtirish, qayta ishlash, yig‘ish uchun “Byudjet” axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish;
^ sog‘liqni saqlash Milliy integrallashgan axborot tizimini yanada rivojlantirish uchun hamda sog‘liqni saqlash sohasida interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “SogTiqni saqlash” axborot tizimi kompleksini yaratish;
S ta’lim sohasida interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “Ta’lim” axborot tizimi kompleksini yaratish;
S kommunal xo‘jalik sohasida interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “Kommunal” axborot tizimi kompleksini yaratish;
S sudlar va notariuslar faoliyati haqida ma’lumotlami saqlash, qayta ishlash, to‘plash bo‘yicha “Adliya-2” axborot tizimi kompleksini yaratish;
•S davlat organlari haqida statistik ma’lumotlami ta’minlash bo‘yicha “Davlat boshqamvi” axborot tizimi kompleksini yaratish;
S nafaqa ta’minoti sohasida interaktiv xizmatlarni ko'rsatuvchi “Nafaqa” axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish;
•f “Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va uning samarali ishlatilishida ishtirok etuvchi Davlat va xo‘jalik boshqamvi, mahalliy xokimiyat organlari xodimlarini АКТ bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida “Elektron hukumat” o‘quv markazini yaratish.
Ko‘rinib turibdiki, 0‘zbekistonda, elektron hukumatni tashkil qilish borasida hukumat darajasida katta e’tibor ko‘rsatilmoqda. 0‘zbekistonda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish maqsadida, maxsus markaz - «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi» hamda, «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi» tashkil qilindi. 0‘zbekistonda elektron hukumat tizimini rivojlantirish va qo'llab quwatlash, uning me’yoriy-huquqiy bazasi, uslubiy va texnologik ta’minoti va tizim uchun mas’ul tashkilotlarning moddiy texnik bazasini mustahkamlashga oid o‘ta muhim ustuvor vazifalar aniq belgilab berildi.
Davlat xokimiyati va tashkilotlarda axborot texnologiyalaridan foydalanishdan maqsad tashkilotlami birgalikda ishlash tezligi va samarasini oshirish, hamda barcha fiiqarolarga xizmat ko‘rsatishni taqdim etishdan iborat. AKTdan foydalanish boshqaruv samaradorligini va milliy raqobatdoshlikni oshirishga olib keladi.
AKTni rivojlantirishning turli omillari mavjud, ulardan bin bu siyosiy-huquqiy faktor hisoblanadi. Bu siyosiy-huquqiy faktor ratsional natijalarga erishish va xulosalar qilish faoliyatini puxta rejalashtirish siyosatidir.
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan 0‘zbekiston elektron hukumat tizimi ham).
G2G (Government to Government) - Davlat - davlatga;
G2C (Government to Citizens) - Davlat fuqarolarga;
G2F (Government to Foreigners) - Davlat xorijliklarga;
G2B (Government to Business) - Davlat biznesga.
Ba’zi davlatlaming elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) - Davlat-Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) - Davlat- uchinchi sektor.
Endi mazkur yo‘nalishlami batafsil tahlil qilsak:
G2G (Government to Government) - Davlat-davlatga - bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi.
G2C (Government to Citizens) - Davlat fuqarolarga - bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o‘zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlaming elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabamomalami olishlari, shuningdek turli xil to‘lovlar bo‘yicha tranzaksiyalami on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
G2F (Government to Foreigners) - Davlat xorijliklarga - bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o‘rtasida, milliy qonunchilik va halqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi.
G2B (Government to Business) - Davlat biznesga - mazkur tizim esa, yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig‘imlari, to‘lovlar va hokazolami on-layn amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko‘zlanadi.
IX bobga doir savollar
Masofaviy ta’limni tashkil qilish usullari.
Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari.
LMS tizimlarining asosiy funksiyalari nimada?
Moodle tizimida o‘quv jarayonini tashkillashtirish qanday amalga oshadi?
Elektron hukumat tizimini joriy etish afzalliklari nimada?
Test savollari
Moodle tizimi nima?
Masofaviy o‘qitish tizimi
Internet bilan ishlaydigan dastur
Ananaviy o‘qitish tizimi
Operatsion tizim
LMS tizimi nima?
Intemetni boshqaruvchi dastur
Multimedia vositasi
Ta’limni boshqarish tizimi
Kitob yaratish tizimi
LMS dasturiy majmualarning nomlari to‘g‘ri ko‘rsatiigan qatorni belgilang?
Windows, Moddle
Aututor, Moodle
PCAD, Moodle
SQL, Access
Elektron hukuinat tizimi qaysi tamoyillar asosida shakllangan?
G2A, G2D, G2H, G2B
G2G, G2R, G2Z, G2V
G2C, G2Q, G2W, G2E
G2G, G2C, G2F, G2B
Do'stlaringiz bilan baham: |