Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

8-§. Mineral o ‘g‘itlar
Tarkibida o'simliklar hayoti uchun zaiur bo'lgan oziq element- 
larini saqlaydigan va tuproq xossalarini yaxshilash xususiyatiga ega 
bo'lgan moddalarga mineral o'g'itlar deyiladi.
48


Barcha o ‘simliklarda mineral o ‘g‘itlarga talab bo‘ladi. Faqat ular 
o‘simliklaming turli davrlarida mineral o ‘g‘itlar bilan ta ’minlanishi 
hisobga olinib, tuproqqa solinganda samarali bo‘ladi. Mineral o ‘g‘itlar, 
asosan azotli, fosforli va kaliyli o ‘g‘itlami tashkil etadi.
Mineral o ‘g‘itlar 
0‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin 
bo‘lgan oddiy va murakkab mineral o‘g‘itlarga bo‘linadi. Oddiy o‘g‘itlar 
deb tarkibida o ‘simliklar uchun zarur bo‘lgan bir xil oziq moddasi 
bor mineral o ‘g‘itlarga aytiladi. Bunga azotli, fosforli, kaliyli o ‘g‘itlar 
kiradi. Murakkab o ‘g‘itlar tarkibida esa, ikki va undan ortiq oziq ele- 
mentlari boMishi mumkin.
Azotli о ‘g'itlar. 0 ‘simliklaming o‘sib, rivojlanishida azotli o‘g‘itlaming 
ahamiyati juda katta. Bu o ‘g‘it o'simlikning oqsil moddasi tarkibiga 
kiradi, oqsil esa hujayraning muhim qismi - protoplazma (shilimshiq)ni 
tashkil qiladi. Azotning muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, u 
xlorofill tarkibiga kirib, fotosintezlanish, vitamin va boshqa organik 
birikmalar hosil qilish kabi hayotiy jarayonlarda qatnashadi va bu 
jarayonlarni tezlashtiradi.
Hozirgi vaqtda azotli o‘g‘itlarga kiruvchi ammiakli selitra, ammoniy 
sulfat, karbamid va boshqalar ko'proq ishlatiladi.
Ammiakli selitra (NH4NO J — tuz holidagi oq yoki sarg'ish kristall 
modda, tarkibida 33-35% azot bor. Suvda yaxshi eriydi, zax yerda 
saqlansa, namiqib, ivib qoladi, quriganda qotib qoladi. Hozir ammiakli 
selitraning d o n ad o r, m ushtlashib qolm aydigan form asi ishlab 
chiqarilyapti, ya’ni u sochilib turadi. Ammiakli selitra o'simliklarga tez 
o'tadi va ta ’sir qiladi. 0 ‘g‘it tarkibidagi ammoniy ioni tuproqda yaxshi 
shimilib, ushlanib qoladi. Nitrat ioni eritmada bo‘lib, sug'orish vaqti- 
da yuvilib ketishi mumkin. Ammiakli selitra O'zbekiston tuproqlarida 
o ‘stiriladigan turli ekinlar uchun ishlatiladi.
Natriy selitrasi (NaNoJ -  tarkibida 16% azot bor, oq rangli kristall 
modda. Natriy selitrasi suvda yaxshi eriydi. 0 ‘simliklar nitrat ionini 
yaxshi o‘zlashtiradi, natriy kationi tuproqda qoladi. Azot harakatchan, 
ortiqcha namlik bo'lsa, tuproqning haydalma qatlamidan yuvilib ketishi 
mumkin.
Ammoniy sulfat (N H 4) 2S 0 4 — Oq yoki kulrang k o ‘rinuvchi, 
mayda kristalli kukundir. Tarkibida 20-21 % azot bor, suvda yaxshi 
eriydi, suvni o ‘ziga kam tortadi, tez m ushtlashm aydi. Ammoniy 
sulfat o ‘simliklar tom onidan yaxshi o ‘zlashtiriladi. Tuproqqa tez
4-184
49


shimilib, uzoq ushlanib turadi. 0 ‘g‘it qilib ishlatish bilan birga 
chigit va sholi urug‘larini ammoniy sulfat bilan dorilanib ekilsa, 
hosili ancha ortadi.
Karbamid [CO(NH2)2j — tarkibida azoti ko‘p, 46 % bo'lib , o ‘ziga 
namlikni kam tortadi, suvda yaxshi eriydi, oq tusli, mayda kristall 
yoki donador modda hisoblanadi. Karbamid o ‘simlikka uzoq muddat 
ta ’sir etadi. Quruq joyda saqlanishi kerak. Shunda o ‘zining donador 
shaklini yo‘qotmaydi.
Suyuq ammiak — tarkibida 82,3% azoti bo‘lib, yuqori konsentratsiyali 
o‘g‘itdir. Rangsiz, suyuq holda, tez buglanadi. Suyuq ammiak 25-30 
atmosferaU bosimda maxsus idishlarda saqlanadi.
Kalsiy selitrasi [ C a ( N 0 J 0 2] -  tarkibida 13-15% azotli bor, oq 
rangli kristall modda bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Kalsiy selitrasini bar- 
cha o ‘simliklar uchun ishlatish mumkin.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling