Texnologiyasi


 -§ . Mineral o ‘g‘itlarni saqlash va tashish


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

9 -§ . Mineral o ‘g‘itlarni saqlash va tashish
M ineral o ‘g‘itlar xo'jaliklarning om borlarida alohida-alohida 
saqlanishi, nomlari yozib qo‘yilishi lozim. Omborlar alohida loyiha 
asosida qurilgan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Omborda qoplangan 
ammiakli selitra ustma-ust 8 qatordan ortiq taxlanmasligi kerak. Su- 
perfosfat taxta pol ustida, ammoniy sulfat o ‘g‘iti ham shunday joyda, 
kaliy tuzi uyum - uyum qilib saqlanadi. Mineral o‘g‘itlar saqlanadi- 
gan omborlar doimo quruq bo'lib, vaqti - vaqti bilan shamollatib 
turiladi. Agarda namlik ko'payib ketsa, o ‘g‘itlar bir-biri bilan qorisha- 
di hamda sifati buziladi.
Mineral o ‘g‘itlami alohida - alohida solish o'miga ikki xil o ‘g‘itni 
aralashtirib berish kerak. Masalan, donadorlashtirilib ishlab chiqaril- 
gan superfosfat bilan ammiakli selitrani aralashtirib, yerga tez solish 
mumkin.
0 ‘g‘itlami aralashtirib solishdan aw al, uni yerga qancha miqdorda 
solish kerakligini aniqlab olishimiz lozim. Quyidagi jadvalda bu miq- 
dorlar berilgan.
53


10-§. 0 ‘g‘itni ekinlarga solish
0 ‘simlik urug‘dan unib chiqib, о‘sib, rivojlanib hosil berishi kerak. 
Demak, o‘simliklarning o‘z davrlari boladi, ana shu davrlarda o‘simliklar 
turli o ‘g‘itlarni turli miqdorda talab qiladi. 0 ‘g‘itlar asosan, ekin ekil- 
gunga qadar, qolgan qismi ekinni ekish bilan birga va o‘suv, rivojlanish 
davrlarida beriladi.
0 ‘g‘itlaming ekin ekilgunga qadar yerga solinadigan qismi-asosiy 
o‘g‘itlash deyiladi. Urug‘ ekish bilan birga yerga solinadigan o‘g‘it — ekin 
ekish bilan birga solinadigan o‘g‘it, o‘simlikni o‘sish davrida beriladigan 
o‘g‘itni o‘sish davri o ‘g‘iti deyiladi.
Ekin ekish bilan o ‘g‘itlashda, azotli o ‘g‘itga oz b ‘lsa-da, fosforli 
o‘g‘it berilishi kerak. 0 ‘simlikni o‘sish davrida o ‘g‘itlashda, ayniqsa, 
o‘sish va rivojlanish davrida xilma-xil ozid moddalarga bo‘lgan ehtiyoji 
qondiriladi.
Kuzgi boshoqli g'alla ekinlarhii (kuzgi bug‘doy, arpa) go‘ng va su­
perfosfat bilan o ‘g‘itlash tavsiya qilinadi. Erta bahorga chiqib kuzgi ekin- 
lami fosforli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash yaxshi natija beradi. Kuzgi bug‘doyga 
o'sish davrida mahalliy o‘g‘itlaridan parranda axlatini soUsh zarur. G ‘alla 
tuplay boslilangunga qadar azotli va fosforli o ‘g‘itlar solish kerak.
Sholi o ‘simligiga ham organik, ham mineral o ‘g‘itlar (ayniqsa, 
azot, fosfor) berilganda yaxshi o ‘sib, yuqori hosil beradi. Bunda har 
gektar yerga 15-20 tonnadan chirigan go'ng va 75-100 kg dan azot, 
60-90 kg dan fosfor solish m e’yor hisoblanib, ushbu o ‘g‘it ikkiga 
bo'linib bir qismi sholi tuplay boshlaganda va ikkinclii qismi o'simlik 
yoppasiga tuplanayotganda solinadi.
Don-dukkakli o ‘simliklarga (mosh, loviya, n o ‘xat, soya, nut, 
araxis va boshqalar) fosforli va kaliyli o ‘g‘itlar solinsa, o ‘sishi, rivojlanishi 
tezlashadi va m o‘l hosil tugadi.
Mineral o‘g‘itlar o‘simlikning o ‘sish davrida birinchi marta uchinchi 
juft barg paydo bo'lganda, ikkinchi marta bosh chiqarishi oldidan 
solinadi. Uchinchi juft barg chiqarganda — azotli, fosforli, keyingisida 
fosfor va kaliy o ‘g‘itlari soUnishi kerak. Bunda har galgi o ‘g‘itlashda 
har qaysi o ‘g‘it gektariga 50 kg dan ortmasligi zarur.
Lavlagi ekiladigan yerga kuzgi shudgor oldidan go‘ng va fosfor, 
erta bahorda urug‘ni ekish bilan birga azot va fosforli o‘g‘itlar, gullash 
davrida azot-fosforli va kaliyli o ‘g‘itlar solinadi. Kuzgi shudgor old-
54


idan go‘ng gektariga 15-20 tormadan, fosfor 90-100 kg dan, qator 
orasiga azot 10 kg dan, fosfor 30 kg dan, gullash davrida azot, 
fosfor va kaliy har qaysisidan 75-100 kg dan sarflanadi.
Beda, sebarga va o‘t aralashmalarining har bir gektariga birinchi 
yili 90-100 kg dan fosfor va 30-50 kg dan kaliy solish tavsiya etiladi.
O'g'itlarni saqlash, tashish va yerga solishda ehtiyot bo‘lish talab 
etiladi. 0 ‘g‘itlami isrof qilmaslik kerak. Ayniqsa, o ‘g‘itlagichlaming 
idishlariga mineral o'g'itlarni solishda yerga to'kilmasligiga ahamiyat 
berish kerak.
Nazorat savollari
1. Q'simliklaming vegetatsiya davrida turli o ‘g‘itlarga ehtiyoji qan­
day bo‘ladi?
2. Asosiy o'g'itlash deb nimaga aytiladi?
3. 0 ‘sish davri o ‘g‘iti deganda nimani tushunasiz?
4. Donli ekinlarni, beda, kartoshka o‘simliklarini o‘g‘itlash davr- 
larini so'zlab bering.
5. O'simlikning vegetatsiya davrlari qanday bosqichlardan iborat?

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling