Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Ammiakli suv — tarkibida 21% azot bolib, saqlash, tashish va 
tuproqqa solishda tunukali idishlardan foydalaniladi.
AzotU o ‘g‘itlar yaxshi samara beradi.
Fosforli o ‘g ‘itlar
Fosforli o ‘g‘itlar tuproqda bioximik va fiziologik jarayonlarda qat- 
nashadi, azotli o ‘g‘itlar qatorida o ‘simliklar uchun m uhim o ‘g‘it 
hisoblanadi. Fosfor yetishmasa, o'simlik o‘sishdan to ‘xtaydi, gul, shona 
va barglarida turli o'zgarishlar ro‘y berib, ularda jigarrang dog‘lar pay­
do bo'ladi. Fosforli o‘g‘itlar o‘simlikning hosil a’zolarining shakllanishi 
va pishishini tezlashtiradi.
Hozirda paxta, g‘alla va boshqa ekinlarni o‘stirishda fosforli o‘g£itlardan 
oddiy superfosfat, qo‘sh superfosfat, pretsipitat vaboshqalar keng 
qo‘llanilmoqda.
Oddiy superfosfat [ Ca(H2P 0 4)2x H20 ] - oq kulrang, kukun tarki­
bida gips (C a S 0 4x2H20 ) va 14-20% P20 5 moddasi bor. Hozirgi 
oddiy superfosfat donador shakUda ishlab chiqarilmoqda.
Qo ‘sh superfosfat Ca(H2P 0 4)2x2H20 — tarkibida fosfoming (P20 5) 
ko'p bo'lishi (45-50%) bilan oddiy superfosfatdan farq qiladi. Ammo 
gips birikmasi deyarli bo‘lmaydi. Uzoqjoygaolib borish arzongatushadi.
Pretsipitat ( CaH P04 x 2H20 ) -  oq rangli, kukun bo‘lib, tarkibi­
da 38-40% atrofida fosfor bo‘ladi. Suvda yaxshi erimaydi, biroq unda- 
gi fosfomi o ‘simliklar yaxshi o'zlashtiradi. Saqlashda mushtlashmay- 
di, samaraligi yuqori.
50


Fosforli o‘g‘it solishdan olingan qo‘shimcha hosil azotnikidan kam 
bo‘lib, bu hoi tuproq sharoitiga ham bog‘liqdir. Masalan, fosforli 
o ‘g‘itlam i ishlatish hisobiga olinadigan qo‘shimcha hosil bo ‘z tu p ­
roqlarda 2-3, o ‘tloq tuproqlarda 3-5, Vaxsh vodiysining allyuvial tup­
roqli yerida 8-10 sentnemi tashkil etadi. Tuproq tarkibida fosfat ko'payib 
ketsa, fosforli o ‘g‘itning samarasi keskin kamayib ketadi.
Ekish oldidan yerga organik-mineral o ‘g‘it aralashmasi bir tonna 
superfosfatga 3-5 tonna go‘ng hisobida qo‘shilib solinadi. Ekinning o‘suv 
davrida solinadigan organik mineral o ‘g‘itlar aralashmasi va donador 
o ‘g‘it 1-2 tonna superfosfatga bir tonna go‘ng sifatida qo‘shilib solinadi.
Fosfor yosh o‘simliklar uchun juda zarur. Yosh o‘simliklarni fosfor 
bilan ta ’minlash uchun yerga kuzgi haydovdan aw al fosforli o ‘g‘itlar 
solinadi. So'nggi yillarda fosforli o ‘g‘itlami ekish va o‘siinlikni о‘suv 
davrida solish o'zining yaxshi natijalarini beryapti.
Kaliyli o ‘g ‘itlar. Kaliy azot va fosforli o‘g‘itlarga o‘xshab o‘simlik tarkibiga 
kirmaydi. Shu bilan birga, o ‘simlik hayotidagi fiziologik va biokimyoviy 
jarayonlaming borisliida, hujayrani suv bilan ta ’minlashda ahamiyatli. 
Kaliyli o‘g‘itlar o ‘simlik bargida fotosintez jarayonida paydo bo'ladigan 
uglevodlami hosil shoxlariga yetkazib berishda va sifatli paxta tolasi yetish- 
tirishda muliim o ‘rin egallaydi. Shuning uchun ham, g‘o ‘za gullash va 
hosil to ‘plash fazalarida kaliy yetishmasa, ko‘saklar maydalashib keta­
di, barg sathi qisqaradi, hosil sifati pasayadi.
Kaliy xlorid (KCl) — tarkibida 52-62% kaliy oksidi boladi. Osh 
tuziga o ‘xshaydi. Nam ni o ‘ziga tortadi, suvda juda yaxshi eriydi. Tarki­
bida kaliy ko‘pligi uchun boshqa o4g‘itlarga qo‘shib ishlatiladi. Asosan, 
kuzda, yerni haydash oldidan va o;simlikning o ‘suv davrida sohnadi.
Kaliy tuzi. ~  tarkibida 30-40% kaliy oksidi bo‘ladi. Suvda yaxshi 
eriydi. Fushti rangda tovlanuvchi oq kristall m oddadan iborat bo‘ladi. 
Uzoq saqlansa, qorishib ketadi. Kaliy tuzi ham kuzda shudgorlash va 
o'simlikning vegetatsiya davrida beriladi.
Kaliy sulfat (K^SOJ tarkibida 45-50% kaliy oksidi bor. Mayda 
kristallsimon, kulrang kukun. 0 ‘ziga nam tortmaydi, suvda yaxshi 
eriydi. Ayniqsa, sho'rlangan tuproqlarga solinsa, yaxshi bo‘ladi.
Nazorat savollari
1. Mineral o ‘g‘itlarga qanday moddalar kiradi?
2. Mineral o cg‘itlami ahamiyati nimada?
51


3. 0 ‘simlik uchun eng muhim mineral o ‘g‘itlar qaysilari?
4. Azotli, fosforli, kaliyli o ‘g‘itlar o'simlikning o ‘sish va rivojlanishiga 
qanday ta’sir qiladi?
5. Qaysi mineral o ‘g‘itlarning asosiy qismi kuzda, yer haydovi 
oldidan solinadi?
6. Yerga organik va mineral o‘g‘itlarini aralashtirib solish mumkinmi?
7. Qaysi mineral o ‘g‘itlar suvda tez va yaxshi eriydi?
Murakkab o ‘g ‘itlar
Bunday o‘g‘itlarning tarkibida o'simliklar uchun zarur bo ‘lgan 
ikki- uchta va undan ko‘p oziq elementlari bo'ladi.
Ammofos ( N U J f P O J kristall holda, oq, kulrang tusda, tuzsi- 
mon modda. Tarkibi 50% fosfor va 10-12% azotdan iborat. Ammofos 
o‘g‘iti, asosan, kuzda yemi shudgorlash oldidan va o ‘simlikning vege- 
tatsiya davrida qator oralariga solinadi.
Diammofos [ ( NHJ j HPOJ — ko‘rinishi oq rangli, donador boladi. 
Tarkibida 50% fosfor va 18-21% azot bor. Suvda yaxshi eriydi, namni 
o‘ziga kamroq tortadi. Kuzda shudgor oldidan va o'simlikning vege- 
tatsiya davrida solinadi.
Nitrafoska — oq tusli kukunsimon modda bo‘lib, suvda erishi o‘rtacha, 
tarkibida 24% azot va 14% fosfor bo‘ladi. Bunday o‘g‘itni sho‘ri yuvilgan 
yerga bahorda ekish oldidan yoki ekin ekish bilan birga berilishi kerak.
Mikroo‘g ‘itlar — 0 ‘simlik uchun barcha o‘g‘itlar qatori oz miq- 
dorda bo‘r, mx, mis, molibden, marganes va kobalt kabi mikroele- 
mentlar ham zamr. Mikroo‘g‘itlar ham azot, fosfor, kaliy o ‘g‘itlari 
kabi o‘simlik uchun oziq hisoblanadi. 
>
M ikroelementlar yetishmasligidan o ‘simlikning hosili kamayishi 
bilan sifati ham yomonlashadi.
Mikroelementlar o‘simlikning azot, fosfor va kaliyni o ‘zlashtirishiga 
yordam beradi, hosildorlikni 2-5% ga oshiradi. G ‘o‘za va boshqa ekin­
larni o ‘stirishda bo‘r kislotasi, marganets va ammoniy molibdenlar- 
dan foydalaniladi.
Bo ‘r kislotasi gektariga 1-1,5 kg hisobidan chigit ekish yoki birin- 
chi oziqlantirishda asosiy o ‘g‘itlarga aralashtirib solinadi.
Rux sulfati tuzi ammofos yoki mochevinaga aralashtirilib (1-2 
kg\ga), chigit ekish oldidan yoki ekayotganda va g‘o ‘zaning shonalash 
paytida beriladi.
52


Mis ammofos va mochevinaga qo‘shib ishlab chiqarilyapti. U g‘o ‘za 
shonalash boshlagan davrda ishlatilsa, samarali bo‘ladi.
Ammoniy molibdenning sulfat shaklidagi turi eng ko‘p ishlatiladi. 
Gektariga 0 ,5 -lkg (sof holda) hisobida g‘o‘zalar shonalay boshlagan- 
da berish foydalidir.
Marganets sulfat o ‘g‘itini tuproqning, o'simlikning ushbu o ‘g‘itga 
talabi borligini bilib solish kerak. Marganets sulfat gektariga 6-10 kg 
ishlatiladi. Buni g‘o‘za shonalash davrida solinishi kerak.
Mineral o ‘gitlami yerga solishdan maqsad, samarali hosil olishdir.
Nazorat savollari
1. Nima uchun murakkab o ‘g‘itlar deyiladi?
2. Murakkab o ‘g‘itlaming turini ayting.
3. Mikroo‘g‘itlaming o'simlikka ta ’siri bo'ladimi?
4. Mikroo‘g‘itlar yerga qanday usulda solinadi?
5. M ikroo‘g‘itlarning afzalliklari nimada?

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling