Texnologiyasi


-§. Urug'larni ekish muddatlari va ekish usullari


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

13-§. Urug'larni ekish muddatlari va ekish usullari
Ekish muddatlari. Qishloq xo'jalik ekinlarini o 'z vaqtida va sifatli 
ekilishi m o'l hosil yaratishga asos bo'ladi.
59


Bahorgi ekinlar urug‘i ikki muddatda: erta bahorgi va kechki ba­
horgi tarzda ekiladi.
Erta bahorgi ekinlarning um g‘i 1-5 daraja iliq bo'lganda ham unib 
chiqadi, maysalarini yengil sovuqlar zararlay olmaydi. Bularga bug‘doy, 
arpa, suli, javdar, qand lavlagi, kungaboqar, zig'ir, nut, beda, qizil 
sebarga, ko‘p o ‘rimli raygras va boshqalar kiradi. Bunday ekinlarning 
urug'larini unib chiqishiga namlik yetarh bo‘ladi. Barvaqt unib chiqishi, 
tez o'sishi bilan ushbu ekinlarni qatqaloq zararlay olmaydi. Zararkunan- 
da, turli kasalliklar ham kam ta’sir etadi. Kuchli issiqlar boshlangunga 
qadar pishib yetiladi. Erta bahorgi ekinlarni ekishda kechikishga y o i 
qo‘ymaslik kerak. Bunda hosildorlik kamayib ketadi.
O'zbekistonning lalmikor yerlariga erta bahorgi ekinlarni ekish mud- 
datlari yanvar oyiga va fevral oyining birinchi yarmiga, tog‘ etaklaridagi 
lalmikor yerlarda — fevral oyiga va mart oyining boshlariga to‘g‘ri keladi. 
Sug‘oriladigan yerlarda esa, erta bahorgi ekinlarning urug‘i fevralning 
oxiri va mart oyining birinchi yarmigacha ekilislii kerak.
Kechki bahorgi ekinlarga tariq, makkajo'xori, oq jo ‘xori, sholi, 
kanop, g‘o ‘za, jut, mosh, loviya, kunjut kabi ekinlar kiradi va bu- 
laming urug‘lari 8° haroratga yetgandan so‘nggina unib chiqadi, yan­
gi unib chiqqan maysalar sovuqqa chidamsiz bo'ladi.
Takroriy ekinlar qisqa fursatda pishib yetilishini hisobga olinib
kuzgi bug'doy, аф а o'rniga yoki erta bahorgi ekinlar yig'ishtirib olinib, 
ularning o'rniga ekiladi. Takroriy ekinlardan loviya, nut, oq jo'xori, 
kunjut kabilar 10-15 iyunda: mosh, makkajo'xorini 15-20 iyunda: 
tariq va qand lavlagini 1-5 iyulgacha ekish mumkin. Oq jo'xori va 
makkajo'xori yem uchun bo'lsa, to avgust oyigacha ekila beradi.
Bahori ekinlarni ekish usullari. Bahori ekinlar urug'ini ekishda 
quyidagi talablar qo'yiladi:
— ekilgan urug'lar bir tekis unib chiqishi kerak,
— urug'lami ekishda hamma joyga urug' barobar tushishi kerak, 
bir joy siyrak, bir joy qalin bo'lsa, siyrak joyni begona o 't bosadi, 
o'sish rivojlanishi turlicha bo'lib, hosil kamayadi,
— uaig'lar tuproqning namlik qavatiga ekilishi kerak. Urug' ekil- 
gach, ustki tuprog'i biroz zichlanishi kerak,
— ekilgan urug'laming ustki qismi yumshoq tuproqlar bilan ber- 
kitilishi lozim. Shunday qilinganda, urug'larga nam bilan birga havo 
ham kelib tushadi, natijada ular tezroq unadi,
60


— 
urug'lar bir xil chuqurlikka ko'milishi kerak. Aks holda urug‘ 
tuproqning yuza qatlamida qolsa, namlik yetarli bo'lmagan sharoitda 
urug' unmay qoladi, qushlar yeb ketadi, agar o‘ta chuqur ko'milib 
qolsa, urug'lar unib chiqa olmay qurib ketadi.
Urug'lami ekishda qatorlab, tor qatorlab, qirqma shaxmat usul- 
da, keng qatorlab, uyalab, kvadrat shaklida uyalab , egatlab ekish 
usullari bor.
Qatorlab ekish
— mashinalar bilan bajariladi. Qator oralari kengligi
13-15 sm bo'ladi. Bug'doy, аф а, suli, javdar kabi ekinlar shu usulda 
ekiladi. Bunda qatorlab ekiladigan seyalkaning soshnigi urug'larni egat- 
ning tubiga joylab, ustini yumshoq tuproq bilan ko'mib ketadi. Egat 
tubi biroz zichlanadi, natijada urug' doim nam bilan ta ’minlanadi, 
seyalka urug'lami baravar chuqurlikda ko'madi. Bunday sharoitda 
urug'lar bir tekis unadi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling