Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet98/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Nazorat savollari
1. Sabzavotchilikning ahamiyatini nimalarda deb bilasiz?
2. Sabzavot ekinlarini sanab bering.
3. Sabzavot mahsulotlari qanday iste’mol qilinadi?
4. M evalaming inson organizmi uchun qanday foydasi bor?
5. Meva mahsulotlari qay tarzda qayta ishlanadi?
6. 0 ‘zbekistonda mevachilikning rivojlanishi qay ahvolda?
46-§. Sabzavot yetishtirish
0 ‘simlikning m e’yorida o ‘sib, rivojlanishiga qulay sharoit yaratish, 
hosilning kasallik va zararkunandalardan nobud b o ‘lishini kamaytirish 
uchun uchastkada ekinlarni har yili almashlab ekish kerak.
— K artoshkani karam , bodring, oshqovoq, patisson, dukkakli 
ekinlar o ‘rniga;
— oq boshli karam va gulkaramni kartoshka, pom idor, poliz ekin- 
laridan so‘ng;
— sabzi karam, ertagi kartoshka, bodring, k o ‘katlardan keyin;
— lavlagini bodring, oshqovoq, patisson, oqboshli karam , pom i­
dor, ertagi kartoshka, dukkakli ekinlardan so‘ng;
piyozni bodring, oq boshli karam, kartoshkadan bo‘shagan yerga;
— poliz ekinlari va bodringni ertachi karam, gulkaram, ildizmeva- 
lilar ham da piyozdan keyin;
— pomidor, baqlajon, qalampimi ertachi oq boshli karam va gul 
karam, bodring va dukkakli ekinlardan so‘ng ekilsa, maqsadga muvofiq 
b o lad i. Ko'katlar karam va bodringdan bo'shagan yerga ekilgani yaxshi.
Ertagi karam ко 'chatini yetishtirish
Urug‘lar zonalarga qarab dekabr oyi boshlanishidan yanvargacha 
issiqxonalarga sepiladi. Janubiy viloyatlarda 10-15-dekabrda, Farg‘ona
1 “ Qishloq xaqiqati” gazetasi va “ 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jum alidan olindi.
155


vodiysida 20-25-dekabrda va shimoliy zonalarda yanvar boshida sepish 
m um kin.
Bitta ram a ostidagi yumshoq, unum dor, nam li tuproq to ‘ldirilgan 
(bir qism tuproqqa ikki qism chirindi va bir qism qum) iliq issiqxona 
oralig'iiii 1-2 sm dan qoldirilgan holda 20 g urug‘ sepiladi. U rug1 5 
m m chuqurlikka ko'miladi. Shundan so'ng, yengilgina tuproq, qum, 
yaxshisi, nam sholi qipig‘i 2,5-3 sm qalinlikda sepilib, issiqxona ra- 
malari o ‘rnatiladi ham da mato yoki poxol bilan o ‘rab q o ‘yiladi. N ihol- 
lar unib chiqqunga qadar issiqxona ichidagi harorat 20-25° b o ‘lishi 
zarur. M aysalar ko‘rinishi bilan harorat 6-10° ga pasaytiriladi, aks 
holda ular issiqda so iad i. Suv bir m arom da beriladi. Agar o'sim lik 
nim jon b o iib o'ssa, bir ramkaga 5-10 g hisobidan ammiakli selitra, 
ketidan toza suv sepiladi. O'sim lik 2-3 ta haqiqiy barg chiqarganda 
siyraklatish kerak. Bunda nihollar oralig'i 5x5 sm bo'ladi. Siyraklatil- 
gan ko'chatlar yana sug'oriladi. K o'chatlar o'zini yaxshi tutib olishi 
uchun ram a usti 2-3 kungacha mato yoki poxol bilan o'rab turiladi. 
Shundan keyin issiqxona ustiga faqat kechasi m ato o'raladi, nihollar 
o 'zini tutib olgach, ular yorug'likka o'rgatiladi.
Issiqxonadagi harorat bulutli kunlarda 10-12°, havo ochiq payt- 
larda esa, 17-20°, havo namligi 70-80% bo'lishi ta ’m inlanadi. H arorat 
issiqxona ramalarini ko'tarib, tushirib qo'ygan holda shamollatish yo'li 
bilan tartibga keltirilib turiladi. Issiq kunlari ram alar olib qo'yiladi.
H ar bir ram a ostidagi ko'chatlarga ikki chelak suv beriladi. Siyrak- 
latishdan so'ng 10-12 kun o'tgach, dalaga o'tqazishdan 10-12 kun 
aw al qo'shim cha oziqlantiriladi. Bir rama issiqxonaga bir chelak o 'g 'it 
aralashmasi (10 1 suvga 5 g ammiakli selitra, 20 grarnm dan superfos- 
fat va kaliy xlor) ketadi. Q o'shim cha oziqdan so'ng suv beriladi. Dalaga 
o'tqazishdan oldin ko'chatlam i tashqi sharoitga moslash-chiniqtirish 
kerak, y a’ni issiqxonalar tez-tez sham ollatiladi yoki ram alar olib 
qo'yiladi.
Ko'chat ekish tuproq-iqlim sharoitga qarab, turlicha o'tkaziladi. Kuzgi 
navlaming ko'chati dalaga oktabrda, ertagilari fevral o'rtasida, o'rtapishar 
navlar aprel o'rtasida, kechki navlar iyun oxirida ko'chiriladi. K o'chatlar 
oralig'i quyidagicha: kuzgi va ertagi navlar uchun qator oralig'i 60 
sm, egatdagi ko'chatlar oralig'i 25-30 sm, o'rtapishar navlar uchun 
q ato r oralig'i 70 sm, k o 'ch at orasi 30 sm, kechki navlar uchun 
qator oralig'i ham , ko'chat oralig'i ham 70 sm qoldiriladi.
156


A walo, egatlar olinadi, so‘ng egat ustidan chuqurchalar qaziladi. 
Chuqurchaga suv quyib, ko'chat o'tqaziladi va tuproq bilan zichlanadi. 
Ekilgach, 3-5 kunda ko'chatning tutgan-tutmaganligini tekshirib ko‘riladi 
va to ‘ldiriladi. 0 ‘suv davrida har bir sug'orish va yomg‘irdan so‘ng karam 
egat yuzini qoplaguncha yumshatilib, biryo‘la begona o ‘tlar yo'qotiladi. 
Bandining uzun-qisqaligiga qarab bir-ikki marta chopiq qilinadi. Ertagi 
karam ni har 4-6 kunda, hammasi bo'lib 14-16 m arta, o'rtapishar 
navlami esa 6-8 kunda, hammasi bo'lib 18-20 marta sug'orish lozim.
O 'g'itlash ikki m arta o'tkaziladi. Birinchisida gektariga 100 kg dan 
azotli (ammiakli selitra) va shuncha superfosfat va 40 kg hisobida kaliy 
xlor beriladi. Ikkinchi o'g'itlashda esa, kaliy m iqdori oshiriladi.
Ertagi karamlar plyonka yopilgan va isitilgan issiqxonalarda o'stirilib, 
aprel oyi oxirlari va may oyi boshlarida karam pishib yetiladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling