Shokda kollapsdan farqli fazali kechish xarakterli. SHokning og`irligi va himoya kuchlarining holatidan qat’iy nazar, har bir faza kompensatsi yalangan va dekompensatsiyalangan turlarga bo‘linadi
Shokning birinchi fazasi qisqa bo‘lib, klinikada doim ham aniqlan maydi. Ko‘pincha yaqqol ifodalangan nutq va harakat qo‘zg‘aluvchanli gi, terming rangpariigi paydo bo`liadi. Qon tomir tonusi saqlangan. Ko'p hollarda tarqalgan arteriolospazm, metabolizmmng birdan tezlashishi almashinuv jarayonlarining buziiishi, simpatoadrenal tizim tonusining keskin oshishi hisobidan yuzaga keladi. Kapillyar oqimning pasayishi va shuntlash qon qovushqoqligini oshiradi, kapillyar tizimda qonning sekvestratsiya va qon shakiiy elementlari agregatsiyasiga olib keladi. Shu jarayon gipovolemiyaga va zanjir reaksiyasining ishga tushishiga olib keladi: sekvestratsiyagipovolemiyasekvestratsiyagipoksiya va atsidoz qonning reologik tarkibining va mikrotsirkulyatsiyaning yanada chuqur buzilishiga olib keladi.
Shokning erta simptomlari: puis bosimining 20 mm.sim.ust. dan pasayishi, MVB ning 10 suv.ust. pasayishi, diurez 20 ml/soatigacha pasayishi hisoblanadi. Kapillyar qon tomirlarning kengayishi tomir devori о‘tkazuvchanligining oshishi oqibatida plazma yo‘qotilishiga, hajmiy yetishmovchilik va shu bilan birga yurak funksional faoiiyatining pasayishi oqibatida yurakka venoz qon kelishining kamayishiga, keyinchalik AQH kamayishiga va rivojlanib boruvchi gipotenziyaga olib keladi. Barcha turdagi shoklarda bir qator patog`enetik omillar: yurak zarb haj mining kamayishi, periferik vazokonstriksiya, mikrotsirkulyatsiyaning buziiishi, nafas yetishmovchiligi umumiy hisoblanadi.
Shok holatida katta miqdorda adrenalin ishlab chiqariladi va qonga tashlanadi. Bu o‘z navbatida teri, buyrak va ichak postkapillyarlaridagi sfmkterlarga ta’sir qilib ulami keskin torayishiga olib keladi. Bu organiardagi qon tomir tizimida amalda qon aylanish! to'xtab qoladi, hayotiy muhirn hisoblangan bosh miya, yurak va o‘pkada esa qon aylanishi davom etadi, hattoki kuchayadi. Bunday holat qon aylanishining markazlashuvi deb aytiladi. Organizmning evolyutsion taraqqiyot jarayonidagi qonni qayta taqsimlash hisobidan o'zo‘zini saqlab qolishga qaratilganbu himoya reaksiyasi million yillar davomida yuzaga kelgan bo; lib, organizmdagi bir qism. organlarni qurbon qiiish hisobiga hayotiy muhim organlarni va eng asosiysi hayotni saqiab qolishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |