8 haftadan kichik bo’lgan bolalarda isitma
Tana haroratining 38°C dan yuqoriga ko’tarilishi virusli yoki bakterial infektsiya borligidan dalolat beradi. Bola hayotining dastlabki ikki oyligida immun tiziming to’liq etilmaganligi bois, bakterial infektsiya paytida septik jarayonning rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi. Ushbu oylikda og’ir virusli infektsiya ham xavflidir. 95% holatlarda isitma sababi virusli infektsiya hisoblanadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda sepsis chaqiruvchi qo’zg’atuvchilar —V guruh streptokokklar, Escherichia coli va Listeria monocytog`enes (ba’zan — Staphylococcus aureus).
Tana haroratining 38°C gacha ko’tarilishi bolaning qizib ketishidan dalolatdir. Bolani echintirish, ba’zida iliq suv bilan 4 marta artish va qushimcha kuchsiz tuzlangan suv ichirish isitma holatini me’yorga olib keladi.
Sepsis rivojlanishi xavfini ko’rsatuvchi anamnez ma’lumotlari:
x Homiladorlik va tug’ruq haqidagi ma’lumot ( yuqumli kasalliklar)
x Onadagi isitma holati, siydik va jinsiy a’zolari infektsiyasi
x Kichik vazn bilan tug’ilish va keyinchalik vazndan orqada qolish
x Infektsiya mavjudligi belgilari ( uyquchanlik, qo’zg’aluvchanlik)
Belgilari
- qo’zg’aluvchanlik
- Uyquchanlik
- Sust so’rish
- Rangparlik
Asosiy fiziologik ko’rsatkichlar:
- Rektal harorat
- Yurak qisqarish soni: taxikardiya- isitma, gipovolemiya va shok hisobiga bo’lishi mumkin
- Nafas soni - taxipnoe isitmada, pnevmoniyada va atsidozda kuzatiladi
- Arterial qon bosim – shuni esda tutish kerakki bolalarda arterial gipotoniya bu shokning kechki belgisi hisoblanadi
Laborator va instrumental tekshiruv
Qon, peshob va orqa miya suyuqligi ekmasi. Peshobni kateter orqali olish zarur. Orka miya suyuqligini tekshirishda uning hujayraviy tarkibi, oqsil miqdori va glyukozaga ahamiyat beriladi. Qon va peshob umumiy tahlili, qonda glyukoza miqdori tekshiriladi. Chaqaloqlarda leykotsitoz doim bo’lmasdan, neytropeniya 500 mkl dan kam bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |