Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


Bu sanalgan choralar quyidagi tartibda o’tkaziladi


Download 185.15 Kb.
bet54/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

Bu sanalgan choralar quyidagi tartibda o’tkaziladi:
1.Voqea joyi baholanadi va xavfsizlik ta’minlanadi
2.Bemor ahvoli birlamchi baholanadi.
3.Fizikal ko’ruv
4.Anamnez yig’ish
5.Kerakli to’liq yordam ko’rsatish
6.Bemor ahvoli takror baholanadi.
7.Transportirovka qilish va hujjatlarni to’ldirish.
Bemorning mast holati, jarohatning vahimali ko’rinishi, stress holatlari kabi chalg’ituvchi omillarning bo’lishidan qat’iy nazar, tez tibbiy yordam xodimi barcha bosqichlarni o’tashi lozim.
1.Voqea joyini baholash va xavfsizlikni ta’minlash
Voqea joyini baholashda bemor sizning hayotingizga va sog’lig’ingizga xavf solmayotganligiga, shoshilinch yordam ko’rsatish xavfli emasligiga to’liq ishonch hosil qilgan xolda, jarohat mexanizmni o’rganish kerak. Jarohat mexanizmini o’rganish orqali shifoxonagacha bosqichda aniqlash imkoniyati bo’lmagan yashirin jarohatlar xaqida ham qo’shimcha ma’lumotlarni bilib olish mumkin. Bu bosqichda shifokor o’zinning va o’z guruhining xavfsizligini shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan xolda maksimal ta’minlashi, atrofdagilarning xavfsizligini ta’minlashi, guvohlarning yaqinlashishiga chek qo’yishi hamda bemorning o’zi `xavfli` emasligiga ishonch hosil qilishi lozim.
2.Bemor ahvolini birlamchi baholash
-AVSDE bo’yicha baholash yoki hayotiy xavfli holatlarni aniqlash:
A. Nafas yullari o’tkazuvchanligini baholash. Agar nafas yo’llari o’tkazuvchanligi buzilgan bo’lsa, sababini aniqlash va yordam ko’rsatish.
V. Nafasni baholash. Nafas etishmovchiligi bo’lganda sababini aniqlash, zarurat bo’lsa kislorod bilan ta’minlagan xolda YoSUV ga o’tkazish, yoki SUV ni amalga oshirish.
S. Qon aylanishini baholash. Yurak faoliyati buzilganda sababini aniqlash va yordam ko’rsatish.
Yurak to’xtaganda yurakning yopiq massajini boshlash. Ochik qon ketishini aniqlash va to’xtatish.
D. AVPU shkalasi bo’yicha hush darajasini aniqlash. Ushbu shkala bo’yicha baholash ko’rsatkichlariga asoslangan xolda havo`o’tkazuvchi naylarni qo’llash.
E. Butun tananing tezkor fizikal tekshiruvini o’tkazish (bosh, bo’yin, ko’krak qafasi, qorin, chanoq, oyoqlar, qo’llar, zambilga, bel taxtasiga yoki boshqa moslamaga bemorni olishda tananing – orqa tomoni). Hayotiy xavfli holatlar yo’qotilgandan so’ng Glazgo`shkalasi bo’yicha hush darajasini aniqlash va hayotiy ko’rsatkichlar: YuQS, NS, AQB, qorachiqlarning yorug’likka reaktsiyasi ,teri qoplamlarining rangini baholash , butun tananing yo’naltirilgan fizikal tekshiruvi bilan bemor ahvolini ABCDE bo’yicha ikkilamchi qayta baholash o’tkazish.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling