Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


Klinik o`lim hayot va biologik o`lim o`rtasidagi davr bo`lib, o`limning qaytishi mumkin bo`lgan bosqichidir


Download 185.15 Kb.
bet55/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

Klinik o`lim hayot va biologik o`lim o`rtasidagi davr bo`lib, o`limning qaytishi mumkin bo`lgan bosqichidir.
Bu holat yurak urishi va nafas olish to`xtagan va tiriklik alomatlari yo`qolgan paytdan boshlab organizm kechirayotgan va bir necha daqiqa davom etuvchi qaytuvchan funksional va struktur o`zgarishlar jarayonidir. Klinik o`lim ro`y berishi bilan modda almashinuvi so`nib boradi, xujayralar destruksiyasi boshlanadi. Qon aylanish to`xtagandan keyin bosh miyadagi O2 zahirasi 10 soniyada, glyukoza va ATF zahirasi esa 5 minut davomida tugaydi va neyronlarning o`limiga olib keladi. SHu bilan birga gipoksiya holati GEB ni o`tkazuvchanlik xususiyatini buzadi, natijada bosh miya hujayralaridan birinchi navbatda kaliy ionlari tashqariga chiqishga, natriy, xlor va kalsiy ionlari esa ichkariga kirishga boshlaydi. Oxirida oqsillar neyronlar ichiga kirib ichkaridagi osmolyarlikni 5-6 martaga oshiradi va bu holat katta miqdordagi suvning hujayra ichiga kirishi va neyronning shishishi bilan tugaydi. Agarda miyada qon aylanishni to`xtashi 5minutdan ortiq davom etsa, bosh miyaning o`limiga olib keladi. Ammo`3-5 min davom etuvchi bosh miya po`stlog`idagi o`zgarishlar qaytuvchan xususiyatga ega bo`lganligi tufayli ham organizmni to`la-to`kis tiriltirish imkoniyati mavjuddir. Inson organizmi uchun klinik o`lim
muddati 3-5 min.dan oshmaydi. Gipotermik sharoitda, masalan, tana harorati 10-8°S bo`lganda, klinik o`lim muddati 2 soatgacha cho`zilishi mumkin. Klinik o`lim izidan vujudga keluvchi biologik o`lim organizmdagi tiklanmas o`zgarishlar jarayonidan iborat bo`ladi va shu sababli organizmni bir butun holda tiriltirish imkoniyati qo`ldan chiqarilgan bo`ladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, klinik o„lim bu bosh miya po„stlog„i hujayralarning qon aylanishi to„xtagandan keyingi yashash vaqti bo`lib hisoblanadi.
Olish jarayoni ketma-ket keluvchi bosqichlar - klinik, ijtimoiy va biologik o„lim davrlariga ajratiladi:
I. organizm faoliyatining so„nib borishi davri. Bu davrda kimyoviy, fizik va elektrikjarayonlarning chuqur izdan chiqish oqibatida funksiyalar namoyon bo`la olmaydi. Bu funksionalfaoliyatsizlik davri bo`lib, klinik `lim holatiga o`tadi va miyada qaytmas o`zgarishlar vujudgakelguncha davom etadi.
II. oraliq yoki ijtimoiy o`lim(surunkali vegetativ holat) davri .Bu holat reanimatsiya o`tkazilib, yurak va nafas faoliyati tiklangan bemorlarda kuzatiladi. Bu davrda bosh miya po`stlog`i faoliyati kuzatilmaydi,chunki bemorning es -hushi bo`lmaydi, faqatgina vegetativ reaksiyalar saqlanib qoladi va u ijtimoiy hayotda ishtirok etmaydi, o`vqat bersa eydi, uxlaydi.Hozirgi vaqtda bunday bemorlarni eshitishi,muloqotga kirishish xoxishi borligi isbotlangan.
III. biologik o„lim - bosh miya va barcha to`qimalardagi tiklanmas funksional va struktur o`zgarishlardan iborat bo`ladi.
Tibbiyot faninining rivojlanishi va uning bugungi kundagi imkoniyatlari klinik o`lim to`g`risidagi tasavvurlarimizni
chuqurlashtiradi. YUrak va o`pka faoliyatining to`xtashidan keyin yuzaga keladigan organizmning o`ziga xos holati - klinik o`lim bu bosh miya po`stloq hujayralarining kislorodsiz va oziq moddalarsiz ya‘niqon aylanishi to`xtagandan keyingi yashash vaqti hisoblanib, tashqi muhit haroratiga bog`liq holda o`rtacha 3-5 minut davom etadi.SHundan kelib chiqib reanimatsiya so`zining tibbiy mazmun mohiyatiga e‘tibor beradigan bo`lsak, qayta tiriltirish bu bosh miya po`stloq hujayralarining faoliyatini ya‘ni ong, es-hushni qayta tiklash degani hisoblanadi. Bu degani, agar o`tkazilgan reanimatsion chora-tadbirlardan keyin bemor hushiga kelmasa u tirilgan hisoblanmayd i. Aynan bosh miya po`stloq funksiyasini tiklash bugungi kundagi reanimatologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi. SHunday qilib reanimatsion chora-tadbirlar faqatgina klinik o`lim holatidagina, ya‘ni 3 -5 minut oralig`ida samarali bo`lishi mumkin.
Demak klinik o`lim bu aynan bosh miya hujayralarining yashash vaqti hisoblanadi. Klinik o`lim holatining reanimatsion chora-tadbirlardan keyingi davomi sotsial o„lim jarayoni bo`lib, bunda ko`pincha reanimatsion chora -tadbirlar kech boshlanishi hisobiga yurak va o`pka faoliyati tiklanishiga qaramasdan bosh miya faoliyati tiklanmaydi.Agarda o`tkazilgan reanimatsion chora tadbirlar (25-30 min davomida) natijasida yurak o`pka faoliyatini ham tiklanmasa bosh miyada qaytmas o`zgarishlar yuzaga keladi va biologik o„lim qayd etiladi.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling