Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


Reanimasiyani farmakologik ta`minlash


Download 185.15 Kb.
bet58/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

Reanimasiyani farmakologik ta`minlash:
1. Adrenalin:
a) asistoliya/pulssiz elektrik faollik holatida har 3-5daqiqada 1 mg dan 10-20ml natriy xlor bilan vena ichiga yuboriladi;
b)qorinchalar fibrillyasiyasida 3-bor defibrillyasiya qilingach natija bo`lmasa,adrenalin 1 mg dozada 10ml natriy xlor bilan har 3-5daqiqada vena ichiga yuboriladi.Adrenalinga alternativ sifatida bir vaqtning o`zida 40 TB dozada vena ichiga vazopressin ham yuborish mumkin.
2. Atropin. Og`ir hollarda bradikardiyani bartaraf etish uchun atropin ineksiyasidan foydalaniladi.Atropin kiritilgach 1-2 daqiqada natija bermasa adrenalin yuborishga ko`rsatma hisoblanadi. 0,5-1 mg atropin vena ichiga, og`ir bradikardiyada 3-5 daqiqadan so`ng 0,04 mg/kg dozada yuboriladi.Atropinni elektromexanik dissosiatsiyada, asistoliyada, qo`llash man etiladi.
3.Amiodaron-antiaritmik preparat bo`lib qorinchalar fibrillyasiyasida 3 -elektroimpuls terapiya samarasi bo`lganda 300 mg dozada yuboriladi. Og`ir holatlarda har bir defibrillyator razryadidan so`ng takroran 150mg yuboriladi. Qon aylanishi tiklangandan so`ng yana 900mg dozada v/i ga 24 soat ichida postreanimasion davrda refibrillyasiya profilaktikasi uchun yuboriladi.
4.Lidokain amiodaron bo`lmaganda 100mg dozada v/i ga yuboriladi. Bolyus terapiya maqsadida 50 mg (har 1 soatda 3 mg/kg dan oshmasligi kerak) v/i ga yuboriladi.
5.Natriy bikarbonat-o`pka-yurak etishmovchiligi yoki qon aylanishi tiklangandan so`ng asossiz qo`llash tavsiya etilmaydi.Natriy bikarbonatning qo`llanilishi uchun ko`rsatmalar:
- 15 minutdan ko`p cho`zilgan reanimsiyada;
-tritsiklik antidepressantlardan zaharlanganda;
- gipokaliemiyada .
6. Kalsiy xlorid-10ml 10% dozada v/i ga (6,8 mmol Ca2+) giperkaliemiya, gipokalsiemiya, kalsiy kanali blokatorlaridan zaharlanganda qo`llaniladi, reanimatsiya vaqtida qo`llanilmaydi.
7. Magniy sulfat qon aylanish to`xtashi gipomagniemiya zaminida kechganda qo`llaniladi. Hozirgi kunda gipokaliemiya, diuretiklar bilan davolash, digoksin qabul qilganda ham qo`llaniladi. Antiaritmik ta‘sir ko`rsatadi, qorinchalar fibrillyasiyasida effektiv. Boshlang`ich doza 2gr 40-50ml 5%li glyukoza eritmasida eritilib 1-2 daqiqada bolyusli yuboriladi. Natija bo`lmaganda 10-15 minutdan keyin takroran yuboriladi.
8. Infuzion terapiya maqsadida tuzli eritmalar (giperglikemiyada) tezkor tomchilar ko`rinishida qo`llaniladi. Qon aylanishi to`xtaganda o`tkaziladigan reanimatsiya vaqtida infuzion terapiya katta ahamiyatga ega. Kristall oidlar, kolloidlar, qon va qon preparatlari qo`llaniladi.
9. Oksigenoterapiya. Gipoksiyani bartaraf etish uchun zudlik bilan yuqori konsentrasiyada (100%) kislorod berish lozim. YUqori konsentrasiyali kislorodni niqob yoki intubasion trubka orqali o`pkaga kiritish gipoksiyani kamaytiradi.
Elektroimpuls terapiya (EIT). Defibrillyasiya-qorinchalar fibrillyasiyasini bartaraf etish. Bunda yurakka katta kuchlanishli elektr razryadi bilan ta‘sir qilinadi. Qorinchalar fibrillyasiyasida har bir yurak miofibrillasi asinxron-ya‘ni uyushmagan holda qisqara boshlaydi (bu jarayon asosida Re-entriy fenomeni yotadi). Elektr razryadi esa miofibrillalarni bir vaqtda depolyarizasiyasini ta‘minlab, bir vaqtda qisqartiradi. Bunda birinchi bo`lib sinus tuguni faoliyati tiklanadi . Bugungi kunda defibrillyasiya maqsadida doimiy tokdan foydalaniladi.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling