Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


Qon aylanishini to`satdan to„xtashini asosiy sabablari


Download 185.15 Kb.
bet59/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

Qon aylanishini to`satdan to„xtashini asosiy sabablari.
- Aritmiyalar
- Qorinchalar fibrillyasiyasi (80% holatlarda)
- Qorinchalar taxikardiyasi
- Sinus tuguni kuchsizligi sindromi
- YAqqol bradikardiya
- To`liq AV blakada
- O`tkir yurak etishmovchiligi
- Miokard infarkti
- Kardiomiopatiyalar
- O`pka arteriyasi tromboemboliyasi
- O`tkir qon yo`qotishlar
- Mexanik jarohatlar
- CHap qorincha devorining yirtilishi
- Subaraxnoidal qon quyilishi
- Elektrdan jarohatlanish
Boshqa sabablar
- O`tkir zaharlanishlar
- Suv –elektrolit muvozanatining buzilishi
- YUrakning reflektor to`xtashi
- YUrakni diagnostik tekshirish asoratlar
Sepsis
Sepsis – bu organizmning mikroorganizm invaziyasiga tizimli yallig`lanish javob reaksiyasi hisoblanadi.
Epidemiologiya, etiologiya, patog`enez. AQSHda yilida 300000-500000 kishi sepsis bilan kasallanadi, ulardan 100000tasi o`lim bilan tugaydi.Bularning 2/3 kismi statsionarda kuzatiladi. Sepsis bilan og`rigan bemorlarning 30-60% va septik shokka tushgan bemorlarning 60-80% qonini muhitga ekilganda, 75% bemorlarda grammanfiy bakteriyalar, 10-20% bemorlarda grammusbat kokklar va 2-5% zamburug`lar aniqlanadi.
Grammanfiy bakteriemiya rivojlanishi uchun xavfli omillar: qandli diabet, limfoproliferativkasalliklar, jigar sirrozi, kuyish, invaziv muolajalar va neytropeniya. Grammusbat bakteriemiya rivojlanishining xavf omillari: tomir ichi kateterlari va mexanik muolajalar, kuyish va dorilarni vena ichiga yuborish.Sepsis mikrob antigenlariga nisbatan organizmning kompleks reaksiyalari natijasida kelib chikadi: Lipopolisaxaridlar (LPS yoki endotoksinlar), peptog`likan va bir qancha hujayradan tashqari fermentlar va toksinlar. Organizmning javob reaksiyasi leykotsitlar, gumoral omillar (sitokinlar, prostog`landinlar, koagulyasiya omillari) va tomir endoteliysi tomonidan amalga oshiriladi.
Klinik ko`rinishi. Isitma, qaltirash, taxikardiya, taxipnoe, es-hushning buzilishi va gipotenziya. SHu bilan birga septik reaksiyaning asta sekinlik rivojlanishi va yuqoridagi simptomlar bo`lmasligi ham mumkin.Giperventilyasiya, dezorientatsiya va es-hushning buzilishi – sepsisning erta belgilari bo`lib hisoblanadi. Keyinchalik arterial gipotenziya va TITQI sindromi kelib chiqishi mumkin.
Sepsisda teridagi o`zgarishlar:sianoz, periferik to`qimalar ishemik nekrozi,sellyulit,pufakcha,bulla,gemorragik zararlanishlar kuzatiladi.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling