Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


Download 185.15 Kb.
bet60/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

Oshqozon ichak yo`li tomonidan: ko`ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, oshkozondan qon ketishi va xolestatik sariqlik belgilari kuzatiladi.
Asoratlari: Respirator distress sindrom (`shokli o`pka`) 20-30% sepsis bilan og`rigan bemorlarning kichik qon aylanish doirasida mikrotsirkulyasiyaning buzilishi natijasida kelib chiqadi va o`pkaning diffuz infiltratsiyasi, gipoksemiya bilan birga kechadi.
Diagnostikasi.Sepsisni erta bosqichlarda aniqlash uchun yordam beradigan ishonchli labarator usul yo`q. Klinik belgilari turli darajada yuzaga chiqishi mumkin, ular sepsisga xos bo`lmaydi. Labarator o`zgarishlardan leykotsitoz chapga siljish bilan, trombotsitopeniya, proteinuriya, leykopeniya ham bo`lishi mumkin. YAqqol darajada rivojlangan gemoliz klostridial bakteriemiyada, bezgakda yoki TITQI sindromida kuzatiladi. Giperventilyasiya chaqirgan respirator alkaloz, metabolik atsidoz va gipoksemiyaga almashinishi mumkin. Ko`krak qafasi rentgenografiyasida kattalarning respirator distress sindromi va pnevmoniyani aniqlash mumkin.Aniq diagnoz qon ekmasidan keyin ko`yiladi.
Davolash. Emperik davolash bemor, bemor yotgan statsionar va mahalliy mikrob florasi haqida klinik ma‘lumot asosida olib boriladi. Gemokultura javobi kelguncha grammanfiy va grammusbat bakteriyaga qarshidavolash olib boriladi. Birlamchi infeksiya o`chog`i aniqlanmagan bo`lsa, sefotaksim (v/i 3 g har 6 soatda) yoki seftazidim (v/i 2g har 8 soatda) + gentamitsin yoki tobramitsin ( 1.5 mg/kg v/i har 8 soatda) yuboriladi. Agar bemor vena ichiga in‘eksiyalar olayotgan bo`lsa, doimiy kateter qo`yilgan bo`lsa yoki terida infeksiya o`chog`i mavjud bo`lsa nafsillin (v/i 3g har 6 soatda) yoki vankomitsinni (v/i 15mg/kg har 12 soatda) ham qo`shish kerak. Agar infeksiya o`chogi qorin bo`shlig`ida ekanligiga taxmin qilinsa metronidazol ( v/i 500mg har 6 soatda) yoki klindamitsin (v/i 600mg har 6 soatda) bilan davo`davom ettiriladi.
Yiringli massani to`qimalardan olib tashlash yoki infeksiya mahalliy o`chog`ini drenaj qilish lozim (doimiy vena ichiga yoki siydik pufagiga kateter bo`lishi, yuqori jag` bo`shlig`i, qorin bo`shlig`i, paranefral bo`shliq, kichik chanoq). Gemodinamik buzilishlarni davolash to`qimalarni kislorod bilan ta‘minlanishini me‘yorlashtiradi. AQHni tiklash uchun v/i 1-2soat davomida 1-2 l izotonik eritma quyiladi. Refrakter shok bo`lgan, shuningdek qo`shilib keluvchi yurak va buyrak zararlanishlarida bemor doimiy kuzatib boriladi.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling