Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S
Download 185.15 Kb.
|
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asistoliya Elektromexanik dissosiatsiya Qorinchalar fibrillyatsiyasi Uyqu arteriyasida tomir urishini aniqlash.
- Qon aylanishning to`satdan to`xtashi
Klinik o„limning belgilari :
- uyqu arteriyasida tomir urishning bo`lmasligi (28-rasm); - bemorni hushidan ketishi yurak to`xtagandan 5 – 10sekund ichida; - bemor rang-ro`yining o`zgarishi, asosan sianoz paydo`bo`lishi; - qisqa muddatli tutqanoq tutishi va uning ketidan barcha reflekslarning so`nishi; - ko`z qorachig`ining kengaya borishi va 30-60 sek ichida; - nafas olish xususiyatlarining o`zgarishi va 30-40 sek o`tgach apnoe ro`y berishi; - elektrokardiografiya kuzatuvida to`g`ri chiziq , fibrillyasiya yoki o`tkazuvchi tizim blokadasi zaminida aritmiya paydo`bo`lishi . Asistoliya Elektromexanik dissosiatsiya Qorinchalar fibrillyatsiyasi Uyqu arteriyasida tomir urishini aniqlash. Klinik o„lim diagnostikasi mezoni uyqu arteriyasida tomir urishining bo„lmasligi hisoblanadi. ABni o`lchash, yurak tonlarini eshitish tavsiya etilmaydi. Klinik o„lim diagnostikasi uchun 5 sekund vaqt ajratiladi. Qon aylanishning to`satdan to`xtashi Klinik o`lim uzoq cho`zilgan terminal holatdagi o`limdan farqli to`satdan yuzaga kelishi mumkin. To`satdan qon aylanishining to`xtashi sabablarini ikki katta guruhga bo`lish mumkin: kardial va ekstrakardial. Kardial sabablar: yurakning ishemik kasalligi (YUIK), o`tkir miokard infarkti; stenokardiya, koronar tomirlar spazmi, turli xarakterli va genezli aritmiyalar; elektrolit disbalansi, yurak klapanlari zararlanishi, infeksion endokardit; miokardi t, kardiomiopatiyalar; yurak tamponadasi; aorta anevrizmasi, o`pka arteriyasi tromboemboliyasi. Ekstrakardial sabablar: nafas yo`llari obstruksiyasi, o`tkir nafas etishmovchiligi, istalgan etiologiyali shok, yurakning reflektor to`xtashi, emboliyalar, dori vositalarining dozasini o`shirib yuborish, elektr tokidan zararlanish, yurakning jarohatlanishi, isib ketish, ekzogen zaharlanish. Qon aylanishining to„satdan to„xtashi mexanizmi. YUrakning qon haydash funksiyasi 0 ga teng bo`lib qoladi yoki organizmni qon bilan ta‘minlab bera olmay qoladi. Qon aylanishining to`satdan to`xtashi klinikasi quyidagicha rivojlanishi mumkin: 1)qorinchalar fibrillyasiyasi yoki qorinchalarning pulssiz, paroksizmal taxikardiyasi; 2)asistoliyalar; 3) EMD (elektromexanik dissosiya). Elektrokardiografiyaning ambulator ko`rsatkichlariga qaraganda 80% holatda to`satdan o`lim vaqtida qorinchalar fibrillyasiyasi va aritmiyasi kuzatiladi. Qorinchalar fibrillyasiyasida EKGda qorincha kompleksi o`rniga turli amplituda va formadagi, chastotasi 1 daqiqada 250-400 ga teng to`lqinlar qayd qilinadi. Amplitudalar to`lqin uzunligiga qarab yirik va mayda amplitudali fibrillyasiyalar farqlanadi. Qon aylanishining to`satdan to`xtashi bradiaritmiya, yurak asistoliyasi bilan ham izohlanadi. YUrak asistoliyasida EKG da to`g`ri chiziq, kam hollarda qorinchalar kompleksi va R tishcha kuzatiladi. Dori preparatlarini kiritish yo„llari: Endotraxeal yo„l. 2010 yil ko`rsatmalariga binoan dori vositalarini endotraxeal yo`l bilan kiritish tavsiya etilmaydi. Tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, adrenalinni endotraxeal yo`l bilan kiritishdan ko`ra, parenteral kiritishda natija 3-10 marta oshadi. SHuni ta‘kidlash kerakki endotraxeal yo`l bilan kiritilgan dori vositalari β-adrenergik ta‘sir ko`rsatib gipotenziya, koronar tomirlarda bosim pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari endotraxeal yo`l bilan kiritilgan katta miqdordagi suyuqlik gaz almashinuvining yomonlashuviga olib keladi. SHu sababli endotraxeal yo`ldan voz kechib dori moddalarini organizmga kiritishning boshqa 2 yo`li taklif etiladi: a) vena ichiga: markaziy yoki periferik venalarga. Eng qulay yo`l markaziy venalarga-o`mrov osti va bo`yinturuq venalariga yuborish bo`lib, bu usul bilan yuborilgan moddani markaziy sirkulyasiyaga etkazish oson hisoblanadi; b) suyak ichiga: dori moddalarini elka yoki katta boldir suyagiga yuborish plazma konsentrasiyasini me‘yorlashtirishni adekvatligini ta‘minlaydi. Ko`proq pediatriya amaliyotida periferik venalarni topishning iloji bo`lmaganda bu usul qo`llaniladi. Mandrenli qalin igna bilan katta boldirning suyak bo`shlig`iga g`adir-budur sohasidan punksiya qilinadi. Download 185.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling