Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


Tonik tirishishlar holati 25–30 sekund davom etadi, so‘ngra klonik tirishishlar bosqichi boshlanadi. Klonik


Download 185.15 Kb.
bet65/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

Tonik tirishishlar holati 25–30 sekund davom etadi, so‘ngra klonik tirishishlar bosqichi boshlanadi.
Klonik bosqich tirishish bilan nafas olishdan boshlanadi, bunda yuz terisining rangi o‘zgaradi (ko‘karish qizarish bilan almashadi). Bosh, ko‘z olmasi, til, qo‘l va oyoqlar muskullarining ritmik tirishishi ortib boradi. Oradan 1,5–2 minut o‘tgach muskullar bo‘shashishi kuzatiladi.
Tutqanoq vaqtida agar bemor yuzi bilan pastga (ko‘lmakka, axlatga yoki yostiqqa) qarab yiqilgan bo‘lsa, u holda bo‘g‘ilib qolishi mumkin.
Tutqanoq fazasining oxirida bemorda chuqur behushlik – komaga o‘xshash holat kuzatiladi, chaqirishlarga va og‘riqlarga javob bermaydi. Ko‘pincha, tutqanoq vaqtida bemorlar ixtiyorsiz ravishda siydik va axlat ajratishlari mumkin. Tutqanoqdan so‘ng bemorlarda retrograd amneziya kuzatiladi. Agar tutqanoq holati ketma-ket kuzatilsa va tutqanoqlar orasida bemor hushiga kelmasa, bunda epileptik holat deyiladi, ya’ni u bemor hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.
Kichik tutqanoq, ya’ni turli xil harakatlar va asab buzilishlarining paydo bo‘lishi qisqa muddat ichida yo‘qoladi, bu holatlar esa tutqanoqqa ekvivalent hisoblanadi. Bunday tutqa-noqlar 2–6 sekund davom etadi.
Kichik tutqanoqning eng keng tarqalgan turi talvasasiz hushdan ketib, o‘ziga kelishi – absansdir. Sirtdan qaraganda tutqanoq shu bilan farqlanadiki, bemor boshlagan ishini to‘xtatadi (shaxmat o‘ynayotgan bo‘lsa qo‘lida shaxmat toshi bilan qotib qoladi, yurganida yo‘l chekinayotgandek hech sababsiz to‘xtab qoladi va h.k.)
Epileptik tutqanog‘i bor bemorlargayordam ko‘rsatish
Yordam ko‘rsatishda tutqanoqning kuchi, xarakteri va bemorning ruhiy holatini hisobga olish kerak. Tutqanoq vaqtida bemorlar jarohatlanmasligini ta’minlash,polga yiqilgan bo‘lsa, boshi ostiga yostiq qo‘yish, qo‘l va oyoqlaridan yengil ushlab turish kerak, aks holda chiqishlar yuz berishi mumkin. Tilini tishlab olmasligi uchun tishlari orasiga metall bo‘lmagan yo‘g‘onroq predmet qo‘yish maqsadga muvofiq. Bemor tilini yutib yubormasligi uchun tilni sochiq bilan ushlab turish kerak yoki boshini yon tomonga burib qo‘yish lozim bo‘ladi. Nafas olishi yaxshi bo‘lishi uchun bo‘ynidagi tugmalarini yechib qo‘yish kerak. Agar bemorligi oldindan aniq bo‘lsa, baxtsiz hodisa yuz bermasligi uchun uni kuzatib yurish zarur. Bemorni cho‘kishdan, yong‘indan, yuqoridan yiqilishdan, harakatdagi mashinalar tagiga tushib qolishdan ehtiyot qilish lozim. Shuning uchun ham epileptik tutqanog‘i bor bemorlarning ish faoliyati cheklanadi, ularga katta suv havzalari oldida, avtomatik mexanizmlar, balandlik, elektr manbalarida ishlash taqiqlanadi. Tutqanog‘i bor bemorlar aurasi aniqlanganda tezda chora-tadbirlar ko‘rish kerak. Ya’ni bemorni yumshoq o‘ringa yotqizib, agar bemor qabul qiladigan dorilar ma’lum bo‘lsa, ularni shoshilinch ishlatish kerak.
Yordam ko‘rsatishda bu bemorlarning agressiv xarakterga ega ekanligini, ta’sirchanligini hisobga olib, atrofdagilardan ajratish va ular bilan bahslashmaslik hamda xushmuomalada bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Isterik reaksiyalar (isterik nevroz)Isterik reaksiyalar ichida harakatning buzilish turlari ko‘p uchraydi. Bu bemorlarda ruhiy travmalardan so‘ng tarqoq va aniq bo‘lmagan harakatlar boshlanadi. Bir tekis silliq harakat qilib boshlarini o‘rab oladilar, odatdan tashqari turish shakllarini namoyon qiladilar, gohida yoysimon egiladilar. Bu kabi tirishishlarda bemorlar koma holatida bo‘lmaydilar, shuning uchun kamdan-kam hollarda jarohat oladilar. Gohida bemorlar bu holatda tovush chiqaradilar, tishlarini g‘ijirlatadilar. Begonalar ishtirokida bu holat ancha cho‘zilishi mumkin, ammo 10 – 12 minutdan oshmaydi. Agar bemorga sovuq suv sepilsa, tirishish to‘xtashi mumkin. Xuruj tugaganidan so‘ng bemorlarda darmonsizlik va bo‘shashishlik kuzatiladi. Motorikaning isterik tipdagi buzilishlarida umumiy yoki mahalliy harakat buzilishlaridan tashqari yana harakatsizlanish yoki tormozlanish turlari kuzatiladi. Tipik misol sifatida psixogen stuporni olishimiz mumkin. Xuddi isterik talvasaga o‘xshab bunda ham bemorni ovuntirish yo‘li bilan asl holatiga qaytarish mumkin. Bemorlar bironta noxush xabarni eshitgach yoki og‘ir holatlarda stupor holatiga tushib, yerga yiqiladi. Lekin yiqilgan vaqtda xuddi hushidagidek o‘zining jarohatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, savollarga javob bermay, og‘ir va shovqinli nafas ola boshlaydi. Keyinroq nafas yuzaki tusga kirib, puls tezlashadi. Bunday bemorlar shu vaqtda xuddi o‘layotgan odam ko‘rinishida bo‘ladi.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling