Isterik reaksiyalarda birinchi yordam ko‘rsatish
Xuruj boshlanganda bemor oldida begonalar bo‘lmasligi, yordamko‘rsatuvchi vasvasaga tushmasligi kerak. Tutqanoq vaqtida bemorni ushlab turish lozim, aks holda, o‘zini mayib qilib qo‘yishi mumkin. Bemorlarga katta e’tibor bilan yordam ko‘rsatish kerak, yo‘qsa xuruj cho‘zilishiga olib kelishi mumkin, buni bemorlarning o‘zlari ham tasdiqlaydilar.
O‘tkir psixik hollarda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam choralari.Psixik faoliyatning buzilishi nafaqat mustaqil ruhiyat kasallarida, balki somatik kasalliklarda ham uchraydi. Butun o‘zgarishlarni, buzilishlarni barvaqt aniqlash va yordam berish bemorlarning o‘ziga ham, atrofdagilarga ham katta naf beradi. Amaliyotda gallyutsinator qayg‘urishlar, vasvasa g‘oyalari, affektiv buzilishlar va ong buzilishiga yo‘liqqan bemorlar ko‘p uchraydi.
Gallyutsinator sindrom .Gallyutsinatsiyalar (hallutinotio – yo‘q narsa) – hatto idrok etish yoki idrok etishning aldanishidir. Gallyutsinatsiyalarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular real ob’ektni idrok etmay, se zgi organlari real qitiqlanmay paydo bo‘ladi. Gallyutsinatsiyalarni sezgi organlari bo‘yicha: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilishlar, umumiy sezgi bo‘yicha bo‘lishi qabul qilingan.
Ko‘rish gallyutsinatsiyalarida bemorlar, aniq bir odamni, hayvonlarni, turli-tuman sahnalarni (majlislar, motam maro -simi, tabiiy ofatlar) ko‘rishi mumkin. Ko‘rinayotgan voqealar bemordan ma’lum masofada ko‘rinib, u yaqinlashishi yoki uzoqla-shishi mumkin. Gallyutsinatsiyalar har doim ongi buzilgan bemor-larda kuzatiladi. Bu holatlarga doimo affektiv xavotirlanish, qo‘rqinch, alam yo‘ldosh bo‘lib, bemorlar turli xildagi qonunbu-zarliklarni keltirib chiqaradilar, atrofdagilar uchun ham, o‘zlariuchun ham xavfli vaziyatlar yaratadilar.
Eshitish gallyutsinatsiyalari, ko‘pincha, «ovoz» ham deb ataladi. Bu ovozlar yoki chaqirishlar bemorlarga tanishlari, begonalar, ayollar yoki erkaklar tomonidan, past, baland yoki baqiriq holatida eshitilishi mumkin. Ba’zan bir, ikki va undan ortiq ovoz eshitiladi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemor bilan yoki o‘zaro gaplashish-lari mumkin. So‘zlar ma’nosiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: haqorat, ayblash, ta’qib, hazil, buyruq tarzida va h.k. Bemor bunga qiziqish, hayrat, qo‘rqinch bilan, shu bilan birga, bemor bu tovushning kimga taalluqli ekanligini izlash, himoya, hujum, o‘ziga qarshi harakatlar, ba’zida juda qaltis harakatlar bilan javob beradi (imperativ gallyutsinatsiyalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |